Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

bariy sulfat
ko‘rinishidagi birikmasi bu – o‘sha barit mineralining 
aynan o‘zidir. Uning molekulasida bir dona bariy va bir dona oltingugurt atomiga birikkan 
to‘rtta kislorod atomi mavjud bo‘ladi. Bariy sulfat suvda juda yomon eriydi va bu borada u 
kalsiy karbonatni ham ortda qoldiradi. Bariy birikmalari esa faqat eritma holida odamga ziyon 
yetkazadi. Chuki, faqat erigan moddalargina ichaklar orqali organizmga o‘tib keta oladi. Bariy 
sulfati erimaydigan modda bo‘lgani uchun ham, u oshqozon va ichaklar orqali erkin o‘tib keta 
oladi va bunda tanaga zahmat yetmaydi.
Xo‘sh, unda, bariy sulfatning davolash uchun nima ahamiyati bor deb qiziqayapsizmi? 
Javobi juda jo‘n. Bilasizki, vrachlar tana a’zolariga tashxis qo‘yishda rentgen nurlaridan ham 
keng foydalanishadi. Rentgen nurlari nisbatan katta atom raqamiga ega bo‘lgan elementlar 
orqali o‘ta olmaydi. Masalan, asosan kalsiy (atom raqami 20) va fosfor (atom raqami 15) 
elementlaridan iborat suyaklardan rentgen nurlari o‘tmaydi. Lekin tananing yumshoq 
to‘qimalari, xususan, et, mushaklar, ichaklar va paylar asosan vodorod (atom raqami «atiga» 
1), uglerod (atom raqami 6), azot (atom raqami 7), hamda, kislorod (atom raqami 8) 
elementlaridan tarkib topgan. Shu sababli ham, rentgen nurlari tananing mushaklar, teri, qon 
va boshqa a’zolaridan oson o‘tib ketadi. Aynan shu sababli ham rentgen tasvirida faqat suyak 
va tishlarni oson ko‘rish mumkin. Travmatolog vrach esa rentgen tasvirini tahlil qilish orqali, 
suyakning singan yoki chiqqan joyini aniqlashi, stomatolog esa, tishlardagi kovak va darz 
ketgan joylarni belgilashi mumkin.
Biroq, aytganimizdek, rentgen nurlari bilan tananing yumshoq qismlarini, ayniqsa, ichi 
bo‘shliq-g‘ovak bo‘ladigan ichaklar sistemasini tashxislab bo‘lmaydi. Haqiqatan ham, 
vrachlarga ichaklar faoliyatini baholash ancha qiyin. Oshqozonniku, endoskop singari kamerali 
kuzatuv vositalari bilan ko‘rish mumkin, qonni esa laboratoriya tahlillaridan o‘tkazish oson. 
Lekin ichaklar faoliyatini baholashda bunchalik sodda usul mavjud emas...
Shu sababli ham, vrachlar ichaklarni ko‘rish uchun bemorga atayin 
bariyli qorishma
berishadi. Bu qorishma odatda, bariy sulfatining sut yoki, shunga o‘xshash modda bilan 
aralashmasi bo‘ladi. Bunda sut shunchaki, odamga sal bo‘lsa-da, o‘zi ichayotgan moddani 
mazaliroq ko‘rinishi uchun qo‘shiladi. Chunki, bariy sulfatning o‘zi o‘ta be’maza modda 


127 
bo‘lib, unga ko‘pchilikning ta’bi tortmaydi. Bariy sulfatni sutga qo‘shib yutib yuborilgach
uning oshqozon-ichak sistemasi bo‘ylab bamaylixotir harakati boshlanadi. U ichaklar bo‘ylab 
asta-sekin, oz-ozdan yurib boradi. Bariyning atom raqami 56 ekanini yuqorida aytdik. Rentgen 
nurlari bariydan o‘ta olmaydi. Shu sababli, vrachlar ichakning bariy sulfat turgan joyini rentgen 
tasvirini olib, shu orqali ichakka tashxis qo‘yish imkoniga ega bo‘lishadi.
Qadimgi zamonlardan beri insoniyatga yaxshi tanish bo‘lgan qimmatbaho toshlardan 
biri – 
berill
toshidir. Uning ko‘k va yashil tusli turlari ham ancha qimmat baholanadi. 
Akvamarin
– berillining ko‘k turi bo‘lsa, 
zumrad
toshi esa uning yashil ko‘rinishi bo‘ladi.
1798-yilda farang kimyogari Nikolya Lui Voklen berill toshidan o‘zi 
glyutsin
deb 
nomlagan birikmani ajratib olishga erishdi. Glyutsin yunonchada «shirin» degan ma’noni 
beradi. Sababi, glyutsin orqali olingan ayrim birikmalarning ta’mi shirin bo‘ladi. 1828-yilda 
esa kimyogarlar Fridrix Veller hamda, Antuan Byussi birgalikda, berill va glyutsin tarkibidan 
yangi bir kimyoviy element ajratib olishganini ma’lum qilishdi. Ushbu elementga fan 
berilliy
nomi berilgan. Nom berill minerali nomidan kelib chiqqanini allaqachon fahmlagan bo‘lsangiz 
kerak. Keyinchalik, element nomi bilan mineral nomi o‘rtasida chalkashliklar kelib chiqishini 
oldini olish uchun, berill mineralini 
berilliy alyumosilikati
deb nomlana boshlangan. Glyutsin 
esa endilikda 
berilliy oksidi
degan ilmiy nom olgan. U haqiqatan ham aslida berilliyning 
oksididir.
Berilliy atom raqami 4 bo‘lgan, ya’ni, davriy jadvalda to‘rtinchi katakni egallagan 
elementdir. Magniy va alyuminiy singari, berilliy ham ochiq havoda o‘ziga yupqa oksid qatlam 
hosil qilib oladi. Ishqoriy-yer metallari ichida berilliy eng mustahkami va shu bilan birga eng 
past faollikka egasi hisoblanadi. Ushbu guruh elementlari ichida berilliy alyuminiyga eng ko‘p 
o‘xshaydigan metall bo‘ladi.
Berilliyning atom raqami 4 bo‘lgani uchun, undan rentgen nurlari osongina o‘tib ketadi. 
Shu sababli ham rentgen trubkalarida ushbu element «oyna» sifatida ishlatiladi. Ya’ni rentgen 
nur trubkalari aynan berilliydan tayyorlanadi va undan chiqishda, kerakli yo‘nalishga 
yo‘naltiriladi.
Endi-endi kashf qilingan paytlarda berilliy hali xalq xo‘jaligida va texnikada juda keng 
qo‘llanish sohasiga ega bo‘lsa kerak degan umidli taxminlar bor edi. Lekin, hammasi aksincha 
bo‘lib chiqdi. Xo‘sh, nega? Chunki, berilliy odam uchun ko‘rinmas dushman ekani ancha kech 
ma’lum bo‘ldi. Avvaliga berilliyni ultrabinafsha nurlari ta’sirida yuzaga keladigan 
fluoressensiya (boshqacha aytganda, lyuminessensiya) hodisasiga asoslanib ishlovchi 
fluoressent lampalar ichida keng qo‘llana boshlangan edi. Bunday lampalar jamoat joylarida, 
xususan, umumiy ovqatlanish maskanlarida, hamda, idoralarda bezak sifatida, dizayn tarkibida 
qo‘llanilgan. Bunday lampa ko‘proq yorug‘lik berish bilan birga, kam energiya iste’mol qilib, 
o‘zidan kamroq issiqlik ajratib chiqargan. Lekin, aytganimizdek, ichida berilliy bo‘lgan 
bunday lampalar aslida ko‘rinmas qotil ekan. Sababi, agar bunday lampa sinib qolsa, uning 
shishasini ushlagan odam terisida bitmaydigan yaralar paydo bo‘lar, mabodo, bunday 
lampaning shisha siniqlaridan biror joyni kesib olgan odamni esa kesgan joyim bitmasdan, 
uzoq azob berardi. Singan lampa ichidan chiqqan havodan nafas olib qo‘ygan odam esa 


128 
tuzalmas o‘pka kasalligiga chalinardi. Barcha bunday fojialarning sababi lampa ichidagi 
berilliy elementi tufayli ekanini aniqlashgunicha, ko‘plab odamlar bundan juvonmarg bo‘lib 
ketib ulgurdi. Ha, afsuski, berilliy shunday ko‘rinmas qotil bo‘lib chiqdi. U o‘zi zaharlagan 
odamni uzoq qiynab, oxiri baribir o‘limga mahkum qilar ekan...
O‘sha-o‘sha, insoniyat berilliydan voz kechgan. 


129 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish