Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

dau-metall
nomli qotishma, yoki, 
30% magniy va 70% alyuminiydan iborat 
magnaliy
qotishmasi shular jumlasidandir.
Magniyning jahon miqyosida keng ishlab chiqarishga o‘tilishiga kuchli turtki bergan 
jarayon bu – aviasozlikning taraqqiy etishi bo‘lgan. Chunki, samolyot konstruksiyasida uning 
pishiq va mustahkamligi, shu bilan birga, yengil bo‘lishi eng katta ahamiyatli jihat sanaladi. 
Samolyot ishlab chiqarishda magniy keng qo‘llanila boshlashi tufayli, XX-asrning 30-40 yillari 
orasida jahon magniy ishlab chiqarish ko‘lami yiliga 20 ming tonnadan birdaniga yiliga 200 
ming tonnaga, ya’ni, deyarli o‘n barobar ortgan edi.
Xayriyatki, shunchalik katta iste’mol darajasiga muvofiq, ona tabiat Yerimizda magniy 
zahirasi bo‘yicha birmuncha saxiylik qilgan. Yer qobig‘idagi magniy ulushi taxminan 2,5% 
atrofida bo‘lib, Yerning ichki qatlamlarida esa ushbu element yanada ko‘proqdir.
Alyuminiy haqidagi maqolada aytilganidek, ulkan granit plitalar odatda kremniy va 
alyuminiy silikatidan iborat bo‘ladi. Yer qobig‘idagi shunday granit plitalar ostida va okeanlar 
tubida odatda 
magniy silikatdan
iborat 
bazalt
qatlamlari joylashgan bo‘ladi. Shu sababli ham, 
qit’alar qa’rini tasniflashda olimlar 
sial qatlami
va 
sima
qatlami 
degan terminlardan 
foydalanishadi. Sial qatlami tushunchasi «silikat» va «alyuminiy» so‘zlarining birinchi 
bo‘g‘inlaridan olingan bo‘lsa, sima qatlami so‘zi esa, sezganingizdek, silikat va magniy 
so‘zlarining dastlabki bo‘g‘inlaridan yasalgan. Yer qobig‘ining eng yuqori qatlamlarida, 
xususan, tog‘ tizmalarida magniyning 
magniy karbonat
birikmasi kalsiy karbonat bilan 
birikkan holda ko‘p uchraydi. Ushbu birikmani fan tilida 
dolomit
deyildi.
Yer qobig‘idan tashqari, butun boshli sayyora tarkibida ham magniy eng ko‘p tarqalgan 
elementlar sirasiga kiradi. Yer sayyorasining umumiy massasining taxminan 8,5% qismi aynan 
magniy xossasiga to‘g‘ri keladi. Ayrim geologlar esa, Yer massasidagi magniy ulushi 17% 


123 
gacha bo‘lishi mumkin degan fikrni ham ilgari surishadi. Umuman olganda, sayyoramizda 
magniydan ham ko‘p metall faqat temir bo‘lishi mumkin xolos.
Magniy silikatning ommaga yaxshi tanish bo‘lgan turlari bu – asbest va talkdir. 
Asbest
– yuqori haroratga bardoshli material sifatida yaxshi ma’lum. Asl holatda asbest mineral 
ko‘rinishidagi modda bo‘lib, undan maxsus asbest ip yigirsa bo‘ladi va bu ipdan esa birmuncha 
dag‘al bo‘lsa-da, harholda yetarlicha mustahkamlikka ega bo‘lgan asbest mato to‘qish 
mumkin. Bunday matodan tikilgan kiyim-bosh esa yonmaydi va yuqori haroratga ancha vaqt 
bardosh berib, tanaga issiqlik ta’sirini o‘tkazmay tura oladi. Qaynoq bug‘, yoki issiq suv 
o‘tadigan quvurlarni, shuningdek, pechka mo‘rilarini ham shu sababli asbestdan tayyorlangan 
quvur vositasida ta’minlashadi. O‘tga chidamli qoplamalar, olovbardosh plitkalar va 
izolyatsiyalarni ham aynan asbestdan yasashadi. 
Talk
esa yumshoq va mayin modda bo‘lib, 
kundalik turmushda uni kukunsimon ko‘rinishda ko‘p ishlatiladi. Talkning yirik bo‘laklari 
argillit
deyiladi.
Yer qobig‘ida magniy shunchalik ko‘p bo‘lgani bilan, lekin uni yerdan qazib olishdan 
ko‘ra dengiz suvidan ajratib olish qulayroqdir. Dengiz suvida ko‘p miqdorda erigan qattiq 
moddalardan biri 
magniy xloridi
bo‘lib, garchi, bu modda dengiz suvidagi natriy xlorididan 
deyarli 5 barobar kam bo‘lsa-da, shunga qaramay. 1 km
3
dengiz suvidan 15 million tonna 
magniy xlorid olish mumkinligi fakti sizga bu haqida yetarli tasavvur beradi deb o‘ylayman. 
Dunyo okeanidagi suv miqdori esa 250 million km
3
deb baholanadi. Bu degani, biz magniyni 
dengizdan olishda davom etsak, hali beri magniysiz qolmaymiz demakdir. Haqiqatan ham, 
metallar ichida faqat magniy metallini dengizdan olish, uni kondan qazib olishdan ko‘ra 
iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo‘lib, undan tashqari, dengizdan olinadigan boshqa yagona 
metall – brom sanaladi.
Ba’zan, magniy xloridi oddiy osh tuzi tarkibidagi aralashma tarzida ham uchraydi. 
Ozuqa tarkibida ushbu moddani iste’mol qilib yuborilsa bundan odamga ziyon yetmaydi. 
Lekin, ushbu modda boshqacharoq muammo keltirib chiqarishi mumkin. Magniy xloridi ham, 
xuddi kalsiy xloridi singari havodagi namlikni o‘ziga tortish xossasiga ega. Shu sababli, 
tarkibida magniy xlorid bo‘lgan tuz nam tortib qolishi hech gap emas. Bunday tuz esa qumoq-
qumoq bo‘lib qoladi va qiyin maydalanadi. Albatta, bu unchalik ham katta muammo emas. 
Lekin, ayrim uy bekalarining ta’bini xira qilishi turgan gap. Shu sababli, tuz qadoqlovchi 
korxonalarda tuzni magniy xlorididan avvaldan tozalab keyin qadoqlash yo‘lga qo‘yilmoqda.
Magniy xloridining shuningdek kaliy xloridi bilan ham birikmasi ma’lum. Bunday 
birikmani 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish