Mavzu: Kõp atomli spirtlar, fenol asosida sintez qilinadigan smolalar



Download 64,4 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi64,4 Kb.
#497207
Bog'liq
Mavzu- Kõp atomli spirtlar, fenol asosida sintez qilinadigan smolalar

Mavzu: Kõp atomli spirtlar, fenol asosida sintez qilinadigan smolalar

Sistematik nomenklaturaga ko‘ra ularga “diol” so‘zi qo‘shib va shu gidroksil guruh qaysi uglerod atomiga turganligini ko‘rsatib aytiladi. Butandiolning oltita izomeri bor: 1. CH2-CH-CH2-CH3 butilenglikol 1,2 –(α izomer) | | OH OH 2. H2C-CH2-CH-CH3 butandiol -1,3 ( β-izomer) | | OH OH 3. CH2- CH2-CH2-CH2 butandiol -1,4(γ-izomer) | | OH OH 4. CH3-CH-CH-CH3 butandiol-2,3 (α-izomer) | | OH OH

5. CH2- CH( CH3)- CH3 2-metilpropandiol-1,2(α-izomer) | | OH OH 6. CH2-CH(CH3)-CH3 2-metilpropandiol-1,3 ( β- izomer) | | OH OH

Glikollar gidroksil guruhlarining joylashishiga qarab α, β,γ holatlarda bo‘ladi. Glikollarning ikkilamchi va uchlamchi birikmalari ham bo‘lishi mumkin. Bunda ikkilamchi va uchlamchi birikmalari ham bo‘lishi mumkin, ikkita gidroksil guruh qo‘shni uglerod atomida joylashgan bo‘ladi. Ular pinakollar deb ataladi. Ayrim hollarda ikki atomli spirtlarni dioksi birikmalar deb ham atashadi. Masalan; dioksietan CH2- CH- CH3 1,2-dioksipropan | | OH OH

Uch atomli spirtlar (gliserinlar yoki triollar). Uch atomli spirtlarda uchta uglerod atomiga uchta gidroksil guruhi birikkan bo‘ladi, ularning umumiy formulasi: CnH2n-1(OH)3 Ular Jeneva nomenklaturasiga ko‘ra triollar deb ataladi, ularning birinchi vakili gliserin yoki propantriol deyiladi. 1,2,3-propantriol CH2-CH-CH2 | | | OH OH OH

Ko‘p atomli spirtlarning olinish usullari. 1.Uglevodorodlarning digalogenli hosilalarini gidrolizlab olinadi: CH2Br-CH2Br +2HOH →CH2(OH)- CH2(OH) + 2HBr Sanoatda etilendan etilenglikol olinadi, buning uchun oldin etilenning digalogenli hosilasi olinadi, keyin u gidrolizlanadi. 2.Epoksidlarga suv biriktirib (gidratlab) olinadi: (misol, etilen oksiddan). CH2- CH2 + HOH →CH2(OH)- CH2(OH) \ / O CH2-CH-CH2 | | | OH OH OH

To‘yinmagan uglevodorodlarga CrO3 katalizatorligida oksidlovchilar vodorod peroksid, kaliy permanganat ta’sir ettirib olinadi (Vagner reaksiyasi): CH2 =CH2 + H2O2 → CH2OH –CH2OH 3CH2 =CH2 + 2KMnO4 →4HOH + 3CH 2OH-CH2OH + 2MnO2+ 2KOH 4.Dikarbon kislotalarning murakkab efirlarini katalizatorlar ishtirokida qaytarib olinadi: CH3-CH2- COO | +4H2 →CH2(OH)-CH2-CH2-CH2(OH) +2CH3OH CH3- CH2- COO

Ko‘p atomli spirtlarning fizik va kimyoviy xossalari. Fizikaviy xossalari. Glikollar rangsiz, hidsiz moddalar bo‘lib, pastki vakillari suyuqliklar, yuqori vakillari esa qattiq kristall moddalardir. Ikki atomli spirtlar (etilenglikol) zaharli bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Bular suvdan og‘ir bo‘lib, bir atomli spirtlarga nisbatan yuqoriroq haroratda qaynaydi. Masalan, etilenglikol Tqay.=197,2°℃ da, etil spirti esa 78,3°C da qaynaydi. Gliserin rangsiz, quyuq suyuqlik bo‘lib shirin ma’zaga ega. U oddiy sharoitda 290°C da qaynaydi, solishtirma og‘irligi d204=1,260 Suv va spirtda yaxshi eriydi, efir va xloroformda erimaydi. Kimyoviy xossalari. Spirtlar kislota va asos xossaga ega emas, shuning uchun ularning suvli eritmalari neytral reaksiyaga ega.Spirtlarning kimyoviy xossasi molekulani tashkil etgan atom va atomlar gruppasining reaksiyaga kirish xususiyatiga bog‘liq. Spirtlar molekulasida reaksiyaga kirishadigan atom va atomlar gruppasini uch gruppaga bo‘lish mumkin: 1. Gidroksil gruppaning vodorod atomi orqali boradigan reaksiyalar. 2. Gidroksil gruppa orqali boradigan reaksiyalar. 3. Radikaldagi vodorod atomlari ishtirokida boradigan reaksiyalar.

Ko‘p atomli spirtlarning izomeriyasi va nomenklaturasi. Molekulasida ikki va undan ortiq gidroksil guruhlari bo‘lgan birikmalar ko‘p atomli spirtlar deyiladi. Ko‘p atomli spirtlarning molekulasidagi gidroksil guruhlar turli uglerod atomiga bog‘langan bo‘ladi. Agar bir uglerod atomiga bir necha gidroksil guruh birikkan bo‘lsa, ular barqaror emas, u holda undan suv molekulasi ajralib chiqishi natijasida aldegid, keton va kislotalar hosil bo‘ladi. Ikki atomli spirtlar (glikollar yoki diollar). Bular har bir uglerod atomiga bittadan gidroksil guruh saqlagan birikmalardir

Glikollar bir atomli spirtlarga xos barcha reaksiyalarga kirishadi. Glikollar bitta gidroksil guruhi hisobiga yoki ikkala gidroksil guruhi hisobiga reaksiyalarga kirishadi.Glikollarda kislotalik xossasi bir atomli spirtlarga nisbatan kuchliroq ifodalangan. Ular shuning uchun ham og‘ir metallarning gidroksidlari bilan reaksiyaga kirishib rangli kompleks birikmalar hosil qiladi. Bu ular uchun sifat reaksiyadir.

3.Galogenli birikmalarni hosil bo‘lishi: CH2OH – CH2OH + HCl →CH2OH – CH2Cl +HOH CH2OH –CH2Cl +HCl →CH2Cl-CH2Cl + HOH CH2OH –CH2OH + 2PCl5 →CH2Cl –CH2Cl + 2POCl3 + 2HCl 4.Oddiy efirlarning hosil bo‘lishi: CH2OH – CH2OH + 2C2H5OH → CH2(OC2H5) –CH2(OC2H5) + 2HOH

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 64,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish