kriotronlar
deb nom olgan. Lekin,
bunday elektrotexnikaning, ya’ni, kriotronlarning ishlashi uchun albatta suyuq geliy darajasi
zarur.
Geliy suyuqlanadigan darajada nafaqat bu kabi metallar, balki geliyning o‘zi ham
g‘alati xossalarni namoyon qila boshlaydi. 2,2 kelvin darajasida turgan geliyni olimlar alohida
nom bilan, ya’ni, geliy II nomi bilan ataydilar. Geliy II boshqa istalgan moddadan ko‘ra tezroq
jadallik bilan issiqlik o‘tkaza oladi. Shuningdek, bu holatdagi geliy har qanday idish devorlarini
tashkil qilib turgan atom va molekulalar orasidan ham o‘tib keta oladi. Go‘yoki, bunday geliy
yo‘lidagi har qanday to‘siqni ko‘rdim demaydi va unga yo‘lida hech qanday to‘g‘anoq yo‘qdek
taassurot uyg‘onadi. Boz ustiga, stakanga quyilgan suyuq geliy II stakan devorlaridan xuddi
devor yo‘qdek oqib chiqish bilan birgalikda, o‘ta g‘alati tarzda, idish bo‘ylab yuqoriga oqishi
sodir bo‘ladi. Tasavvur qilyapsizmi? Suyuqlik yuqoriga oqsa-ya?! Suyuq geliyning mazkur
xossasi fanda
o‘ta oquvchanlik
deyiladi. Geliyning mazkur g‘ayrioddiy xossalari olimlarni
qattiq qiziqtirib qo‘ygan. Ushbu fenomenni izohlash uchun esa, kimyogarlar va fiziklar bir-
biridan o‘tkir yangi-yangi nazariyalar barpo etishgan edi. Geliyning suyuq holati uchun o‘ta
oquvchanlik va o‘ta o‘tkazuvchanlik hodisalarning nazariy asoslarini buyuk fizik olim Lev
Landau ochib bergan edi. Nazariyada albatta kvant fizikasiga murojaat etilgan.
Geliy guruhiga mansub boshqa inert gazlardan dastlabkisi 1894-yilda ingliz fiziklari
lord Reley hamda, ser Uilyam Ramzay tomonidan kashf qilingan edi. Bu davriy jadvaldagi 18-
raqamli element –
argon
edi. Aslida argonni undan naq bir asr avval Genri Kavendish ham
kashf qilishi mumkin edi. Kavendish elektr toki ta’sirida havodagi azot va kislorodni o‘zaro
birikishga majbur qilmoqchi edi. Shunday tajribalari orqali u havoning arzimas kichik bir qismi
har qanday holatda ham birikma hosil qilmayotganini payqagan edi. Lekin, Kavendish bu
aslida yangi kimyoviy element ekanini xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak.
Oradan yuz yil muddat o‘tib, lord Reley havoda azotdan ham kisloroddan ham og‘irroq
bo‘lgan, lekin, umumiy hajmning juda-juda kichik hajmini egallaydigan, shu sababli, deyarli
sezilarsiz gaz mavjudligini aniqladi. Bu gazni alohida, sof tarzda ajratib olish uchun u va
44
hamkasbi Ramzay birgalikda avvaliga havoni suyultirib, keyin esa, suyuq havoni sinchkovlik
bilan fraksiyalarga ajratib chiqishgan. Shu usul orqali ular argonni kashf qilishgan edi. Ular
mazkur gazga bunday nom qo‘yishganiga sabab, argon ham geliy singari boshqa elementlar
bilan birikma hosil qilmasligi bo‘lgan. Buni olimlar mazkur gazning nofaol ekani, ya’ni,
«
dangasa
», yoki, «
erinchoq
» ekani bilan bog‘lashgan. «
Argon
» nomi yunon tilida aynan shu
ma’nolarni bildiradi (uni shuningdek, «
qaysar
» deb ham tarjima qilish mumkin).
Inert gazlar ichida eng keng tarqalgani bu aynan argondir. U havoning deyarli 1%
qismini tashkil qiladi. Argon juda inert gaz bo‘lgan sababli, uni cho‘g‘lanma lampalarni
to‘ldirishda va metallarni payvandlash ishlarida azot o‘rniga qo‘llanishga o‘tilgan.
XIX-asrning eng so‘nggi yillarida Uilyam Ramzay havodan yana uchta boshqa inert
gazlarni (asl gazlarni) ham kashf qildi. Ulardan birinchisi, davriy jadvaldagi 10-raqamli
element –
neon
bo‘lgan. Ushbu nomni olimning 12-yoshli o‘smir o‘g‘li taklif qilgan bo‘lib,
uning ma’nosi yunon tilida «
yangi
» degani bo‘ladi. 36-raqamli elementni esa olim «
kripton
»
deb nomlagan. Buning ma’nosi ham yunon tilidan olingan bo‘lib, «maxfiy», «yashirin» degan
so‘zlarga to‘g‘ri keladi. 54-raqamli elementni esa Ramzay «notanish» deb nomlagan. Bu
so‘zning yunonchasi «
xenon
» bo‘lib, u davriy jadvaldagi biz bilgan
ksenon
elementidir.
Inert gazning atomi qanchalik murakkab tuzilgan bo‘lsa, uni suyuq holga keltirish
shunga yarasha osonroq bo‘ladi. Neon suyuqlanishi uchun vodorodnikidan biroz yuqori, ya’ni,
mutlaq shkala bo‘yicha 27 daraja harorat kerak bo‘ladi. Argon 87 K daraja suyuqlanadi.
Kripton mutlaq shkala bo‘yicha 120 darajada, ksenon esa 166 darajada suyuqlanadi. Men
davriy jadvaldagi 86-raqamli element haqida bu o‘rinda to‘xtalib o‘tirmayman. U eng
murakkab tuzilishga ega bo‘lgan, boz ustiga radioaktivlik xossasiga ega inert gaz bo‘lib, u
haqidagi hikoya kitob oxirrog‘idan o‘rin olgan.
Argondan boshqa inert gazlar ancha noyob gazlar bo‘lib, ular tabiatda juda kam
uchraydi. Lekin, havoni suyultirish orqali ushbu gazlarni kerakli miqdorda olish mumkin. Bu
gazlarni qo‘llash sohasi unchalik ham keng emas. Lekin, ular qo‘llaniladigan qiziqarli sohalar
mavjud. Masalan, ularni uzun shisha quvurlarga to‘ldirib, keyin ushbu gaz to‘ldirilgan shishaga
elektr zaryadi berilsa, mazkur gazlar ajoyib ranglar bilan tuslanib, rang-barang nur taratadi.
Xususan, neon gazi to‘ldirilgan shunday lampalar yorqin qizil-zarg‘aldoq yog‘du beradi. Siz
neon lampalari
ni albatta ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Bunday lampalarni harflar shaklida egib-
bukib, shu orqali reklama yozuvlari va tunda xaridorlarni o‘ziga jalb qiladigan do‘kon
nomlarini tayyorlashadi. Shisha ichidagi kripton gaziga elektr zaryadi berilsa, u yashil yoki,
binafsharang bilan nur sochadi; ksenondan esa ko‘k va yashil rang taraladi.
Ksenon nisbatan og‘ir gazdir. Uning og‘ir atomlari rentgen nurlarini tutib qolish
imkoniyatiga ega. Bu esa o‘pka kasalliklarini aniqlashda qo‘l keladi. Ksenondan chuqur nafas
olgan holatdagi o‘pkasining rentgen tasviri olingan bemorning nafas olish a’zolari haqida
nisbatan aniqroq tashxis qo‘yish mumkin bo‘ladi. Ichiga ksenon to‘ldirilgan chog‘lanma
lampalarda esa, ichkaridagi ingichka metall sim nisbatan balandroq haroratlarga ham chidamli
bo‘ladi va ko‘proq yorug‘lik beradi.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |