Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

adsorbsiyalash
xossasiga ega bo‘ladi. Ya’ni, pistako‘mir kukuni sirtiga o‘sha 
molekulalar mustahkam yopishib o‘rnab qoladi. Odatda, molekula o‘zi qanchalik yirik bo‘lsa, 
pistako‘mir kukuniga u shunchalik qattiq yopishadi. Bunday pistako‘mir kukunini shuningdek 
faollashtirilgan ko‘mir
(yoki, 
boyitilgan ko‘mir
) ham deyiladi.
Faollashtirilgan ko‘mirni shuningdek, moddalarni rangsizlantirish uchun ham 
qo‘llaniladi. Masalan, shakarni tozalash jarayonining so‘nggi bosqichida, undagi qo‘ng‘ir 
tusdagi aralashmalar yo‘q qilinadi. Bunday aralashmalarning molekulasi shakar molekulasidan 
ko‘ra kattaroq o‘lchamga ega bo‘ladi. Shakarli siropga faollashtirilgan ko‘mir qo‘shilsa, 
aralashmalarning molekulasi ko‘mir zarralariga yopisha boshlaydi; shakarning o‘z 


48 
molekulalari esa bu jarayonda ishtirok etmaydi. Keyin esa, faollashtirilgan ko‘mirni chiqarib 
tashlanadi va siropni bug‘latiladi. Natijada, sof va oppoq shakar o‘zi qoladi. Shu tariqa, 
qo‘ng‘ir siropga qora ko‘mir qo‘shish orqali, yakunda biz oppoq modda olmoqdamiz.
Faollashtirilgan ko‘mir shuningdek gaz niqoblari, ya’ni, protivogazlarda ham 
ishlatiladi. Bunda, protivogazning filtr qutisi shunday faollashtirilgan ko‘mir bilan to‘ldiriladi. 
U orqali nafas olinganda esa, havo o‘pkaga yetib borishdan avval ko‘mir kukunlari orqali 
o‘tadi. Faollashtirilgan ko‘mir orqali o‘tayotgan havo tarkibidagi azot va kislorod molekulalari 
to‘siqqa uchramay, ravon o‘tib ketadi. Zaharli gazlarning yirik molekulalari esa faollashtirilgan 
ko‘mir zarralariga yopishib qolib, quti ichida tutilib qoladi.
Kukunsimon uglerodni shuningdek 
qurum
ham deyiladi va undan ajralib chiquvchi 
qora rangni turli bo‘yoq moddalar, masalan, tush va printer uchun siyoh-kukuni ishlab 
chiqarishda qo‘llaniladi. Shuningdek, qurum rezinaning mustahkamligini orttirish uchun ham 
qo‘shiladi. Shu sababli ham avtomobil shinalari qop-qora rangda bo‘ladi. 
Toshko‘mirda va pistako‘mirda uglerod atomlari betartib joylashgan bo‘ladi. Atomlari 
bu tarzda betartib joylashadigan qattiq moddalarni 
amorf moddalar
deyiladi. Bu so‘z yunoncha 
«
morf
» - ya’ni, «shakl» so‘ziga qo‘shilgan «
a-
» old qo‘shimchasi orqali yasalgan bo‘lib, ushbu 
old qo‘shimcha yunon grammatikasida so‘zga nisbatan inkor ma’nosini bag‘ishlaydi. Ya’ni, 
amorf degani shaklsiz degani bo‘ladi. Tarkibidagi atomlari batartib, to‘g‘ri qator va ustunlar 
bo‘ylab bir tekis joylashgan qattiq jismlarni fanda 
kristall moddalar
deyiladi. 
Grafit
– ugleroddan tarkib topgan kristall moddadir. Grafit konlari yer osti qazilma 
qatlamlarida joylashgan bo‘ladi. Shuningdek, grafitni ko‘mirda tayyorlash ham mumkin. 
Ko‘mirni muayyan sharoit ostida qizdirib, shu bilan birga undan elektr toki o‘tkazilsa, amorf 
modda shaklidagi ko‘mirning uglerod atomlari asta-sekinlik bilan to‘g‘ri tartib bo‘yicha 
saflana boshlaydi va jarayon yakunida u kristallanib, grafitga aylanadi.
Grafit ham ko‘mirning bir turi bo‘lgani uchun, u ham yonishi va yaxshigina issiqlik 
berishi mumkin. Lekin, oddiy ko‘mirdan farqli o‘laroq, grafit ancha yuqori haroratda, ya’ni, 
700 ℃ da yonadi. Bundan past haroratda grafit anchagina inert va xavfsiz modda bo‘lib, undan 
turli maqsadlarda qo‘rqmay foydalanish mumkin.
Grafit atomlari to‘g‘ri chiziqli qatlamlar shaklida joylashgan bo‘ladi. Ushbu qatlamlar 
bo‘laklanishga va parchalanishga moyil bo‘ladi. Shu sababli ham grafit oson uqalanadi. 
Uqalanib ketgan grafit kukunga aylanadi va uning zarralari bir-birining ustida oson sirpanib, 
silliq harakat qiladi. Shu sababli, kukun grafitni moylash materiali sifatida ham qo‘llanadigan 
o‘rinlar mavjud. Ya’ni, ikkita qattiq jism bir-biriga nisbatan aylanib, o‘zaro ishqalanadigan 
harakat qiladigan bo‘lsa, ular orasiga kukunsimon grafit solinsa, u ishqalanishni keskin 
pasaytiradi va qattiq moddalarning yedirilishini oldini oladi. Agar, o‘zaro ishqalanib 
harakatlanadigan jismlar sirtini grafit bilan qoplansa, ular o‘zi ham sirpanuvchan bo‘lib qoladi.
Grafit oson maydalangani sababli, u qog‘oz sirti bo‘ylab ishqalanganda, qog‘ozda 
o‘zidan iz qoldiradi. Bu iz, qog‘oz bo‘ylab ishqalangan grafit kristallidan uqalanib chiqqan 
zarralar tufayli hosil bo‘ladi. Biz yozuv-chizuvda tez-tez ishlatadigan oddiy qalamning ichida 


49 
ham aynan grafit bo‘ladi. O‘zi grafit so‘zi ham yunonchada «yozmoq» ma’nosini beruvchi 
so‘zdan olingan. Faqat qalam ichidagi grafit sof grafit emas, balki, maxsus loy bilan 
aralashtirilgan grafit bo‘ladi. Ushbu loy grafitni sal mustahkamroq qiladi va o‘z-o‘zidan 
uqalanib ketishini oldini oladi.
Grafitda uglerod atomlari to‘g‘ri chiziq bo‘ylab batartib joylashgani bilan, ularning 
orasidagi o‘zaro masofasi ancha yiroq bo‘ladi va shu sababli, grafit baribir anchagina mo‘rt 
modda hisoblanadi. Lekin, grafit konlari chuqur yer qatlamlarida million yillar mobaynida 
ulkan bosim va yuqori harorat ostida qolib ketsa, grafitdagi uglerod atomlari bir-biriga nisbatan 
yanada va yanada yaqinlashib boradi. Natijada, uglerodning grafitdan keyingi ikkinchi kristall 
shakli hosil bo‘ladi. Ushbu o‘zgacha kristall shaklli uglerod ham xuddi grafit singari sof 
ugleroddan tarkib topish bilan birga, atomlarning yanada yaqin va yanada batartib joylashuvi 
evaziga mutlaqo o‘zgacha xossalarga ega bo‘lib qoladi. Ya’ni, masalan, grafitning rangi 
qoramtir va strukturasi qatlam-qatlam bo‘lsa, yangi kristall shakdagi uglerod umuman rangsiz, 
ya’ni, shaffof bo‘ladi. Yuqorida grafit sirpanchiq modda bo‘lgani uchun, moylash materiali 
sifatida qo‘llanishi mumkinligini aytgan edik. Lekin, uglerodning biz aytayotgan yangi kristall 
shaklini bu maqsadda qo‘llash mutlaqo yaramaydi. Chunki, u dunyodagi eng qattiq modda 
bo‘lib, agar uning kukunini o‘zaro ishqalanib aylanuvchi ikkita jism orasiga tashlansa, o‘sha 
jismlar pachoqlanib, rasvo bo‘ladi. Grafit elektr tokini o‘tkazadigan modda sanaladi va shu 
sababli, oddiy batareykalarda grafit sterjenlar qo‘llaniladi. Lekin, biz aytayotgan uglerodning 
yangi kristall shakli elektr tokini o‘tkazmaydi. Grafit tabiatda ham keng tarqalgan va u juda 
arzon hom-ashyo bo‘lib, qalam tayyorlashda ishlatiladi. Qalamning qanchalik arzon buyum 
ekanini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Uglerodning grafitdan keyingi kristall shakli esa tabiatda juda 
kam uchraydigan noyob modda sanaladi va u qimmatbaho ziynat buyumlari qatorida, 
taqinchoqlar va boshqa zargarlik mahsulotlari uchun ishlatiladi. Chunki u o‘z sifatini 
yo‘qotmaydigan qimmat ashyo sanaladi. Biz 
olmos
haqida gapirayotganimizni payqagan 
bo‘lsangiz kerak. Ha, agar avval bundan bexabar bo‘lgan bo‘lsangiz, hayratda qolganingiz 
tabiiy. Olmos, grafit va oddiy ko‘mir aslida bitta kimyoviy element – uglerodning turli 
shakllaridir! Ularda atomlarning joylashuv tartibi farq qiladi xolos. Agar olmos ham kuchli 
qizdirilsa, u ham ko‘mir singari baribir yonib ketadi. Lekin, qimmat ashyo sanaladigan olmosni 
yoqishga hammaning ham jur’ati yetmaydi.
Olmos va grafit – uglerodning allotropik shakllari sanaladi. Xuddi ozon – kislorodning 
allotropik shakli bo‘lgan kabi.
Siz prizma yorug‘lik nurlarini tarkibiy qismlarga ajratishini va natijada, nur kamalak 
ranglarida jilvalanib, tarqoq holda namoyon bo‘lishini bilsangiz kerak albatta. Bunday 
bo‘lishiga sabab, prizma shishasi o‘ziga burchak ostida kelib tushayotgan yorug‘lik nuri 
tarkibidagi ranglarni turli burchak ostida sindiradi va yo‘naltiradi. Natijada, yorug‘lik 
tarkibidagi ranglar prizmaning turli qismlaridan alohida-alohida holda chiqib keladi va tushgan 
joyda kamalak jilvasini namoyon qiladi.
Har qanday shaffof moddalar xuddi shisha prizma singari, yorug‘likni u yoki bu 
darajada sindiradi. Havoda, atmosferaning yuqori qatlamlarida turgan mayda suv zarralari, 
yoki, yomg‘ir tomchi zarralari ham yorug‘likni sindira oladi. Chunki, toza suv singari ular ham 


50 
shaffof moddalardir. Aynan shu sababli, agar yomg‘irdan keyin darhol Quyosh chiqsa, biz 
osmonda kamalakni kuzatamiz.
Shunday shaffof moddaning o‘zi qanchalik tiniq va musaffo bo‘lsa, u yorug‘likni 
shunchalik yaxshi sindira oladi. Yorug‘lik shaffof modda orqali qanchalik kuchli sinsa, undan 
hosil bo‘lgan ranglar jilvasi ham yanada xilma-xil va rangdor bo‘ladi. Bunday shaffof moddalar 
ichida ham olmosning sindirish ko‘rsatkichi oddiy shishadan ham, suvdan ham bir necha marta 
kuchlidir. Shu sababli, zargar qo‘lida to‘g‘ri ishlov berilgan olmos yorug‘lik nurlariga tutilsa, 
u xilma-xil rangin jilvalar bilan o‘ta chiroyli tovlanadi. Sof qirmizi qizil rang, toza musaffo 
yam-yashil rang hamda, beg‘ubor tiniq moviy ranglar jilosi ketma-ket tovlanib, kishi aqlini 
shoshirib qo‘yadigan fusunkor manzara hosil qiladi. Olmos brilliant shaklida ishlov berilgan 
shisha ham shunga o‘xshash jilvalanishi mumkin; lekin uning jilvasi baribir olmoschalik 
bo‘lmaydi va uning ranglari biroz xiraroq bo‘ladi. Olmos jilvasini takrorlash uchun ishlab 
chiqarilgan bunday shisha immitatsiyani 
straz
deyiladi. Strazni yanada yarqiroq qilish uchun 
uning turli tomonlariga ichki tarafdan kerakli metall qatlamlaridan iborat yupqa qatlam hosil 
qilinadi. Bunday strazni 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish