Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

Farengeyt shkalasi
dan foydalaniladi. Dunyoning deyarli boshqa 
hamma mamlakatlarida 
Selsiy shkalasi
qo‘llaniladi. Selsiy shkalasiga ko‘ra, muzning erishi 
(yoki suvning muzlashi) – nol daraja (0 ℃) va suvning qaynashi yuz daraja (100 ℃) deb 
belgilanadi. Bu shkalaga ko‘ra, xona harorati o‘rtacha 20-25 ℃ bo‘lsa, odam tanasi harorati 
esa 36,6 ℃ bo‘ladi.
Selsiy shkalasining bir darajasi Farengeyt shkalasining bir darajasidan 1,8 marta katta 
bo‘ladi. Butun dunyoda, hatto AQSHda ham olimlar faqat selsiy shkalasidan foydalanishadi.
Siz yaxshi bilasizki, barcha moddalar tarkibidagi molekulalar to‘xtovsiz harakatda
aytaylik, vibratsiya holatida bo‘ladi. Harorat qanchalik baland bo‘lsa, demak, molekulalarning 
harakati ham shunchalik tezkor bo‘ladi. Harorat past bo‘lsa, demak, molekulalar shunga 
muvofiq sekinroq va sust harakatlanayotgan bo‘ladi. Lekin, shunday harorat darajasi bo‘lishi 
mumkinki, unda har qanday modda tarkibidagi har qanday molekulalar ham harakatdan 
to‘xtashi mumkin. Shunday darajada past harorat bo‘lishi mumkinmi?
Albatta, nazariy jihatdan bu imkonli narsa. Har qanday molekula ham o‘z harakatini 
to‘xtatadigan harorat darajasini ilm-fanda 
mutlaq nol
daraja deyiladi. Bu tabiatda bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan eng past harorat darajasidir. Selsiy shkalasi bo‘yicha oladigan bo‘lsak, mutlaq 
nol daraja bu - ‒273,15 ℃ darajaga to‘g‘ri keladi. Ushbu shkala 
mutlaq harorat shkalasi
deyiladi. Uni shuningdek, mazkur sohaning eng birinchi va asosiy tadqiqotchisi bo‘lgan ingliz 
fizigi lord Kelvin sharafiga, 
kelvin shkalasi
ham deyiladi. Kelvin shkalasida ham, ya’ni, mutlaq 
shkaladagi darajalar ham selsiy shkalasidagi darajalar bilan teng. Mutlaq shkala bo‘yicha 
muzning erish harorati 273 darajani tashkil qilsa, suvning qaynashi 373 darajada sodir bo‘ladi. 
Xona harorati 298 daraja, tana harorati esa 309,6 daraja bo‘ladi.
Geliy atomlari boshqa element atomlariga ham, o‘zi singari geliy atomlariga nisbatan 
ham shu darajada loqaydki, geliy gazini suyuq holatga o‘tkazish uchun ularni harakatdan 
butunlay to‘xtatadigan darajada favqulodda past harorat talab etiladi. Insoniyatga ma’lum 
moddalar ichida eng qiyin suyuqlanadigan, ya’ni, suyuq holatga o‘tkazish eng mushkul bo‘lgan 
modda aynan geliy sanaladi. Masalan, har qanday molekulyar harakat to‘xtaydigan darajani 
mutlaq shkalaning nol darajasi deb olsak, mutlaq shkala bo‘yicha kislorod 90 darajada 
suyuqlanishi ma’lum bo‘ladi. Azot yana ham past haroratda suyuqlanadi va uning suyuq 
holatga o‘tishi uchun kelvin shkalasi bo‘yicha 78 daraja kerak bo‘ladi. Vodorod bilan esa bu 
ish yanada murakkab. Uning suyuqlanishi uchun favqulodda past, ya’ni, 20 daraja kelvin kerak 
bo‘ladi. Lekin, geliy undan ham qaysar. Geliyning suyuqlanishi uchun mutlaq noldan atiga 4 
daraja yuqori harorat shart! Ya’ni, geliy mutlaq shkala bo‘yicha 4 daraja sharoit hosil 
qilingandagina suyuqlanadi. Uning qattiq holatga o‘tishi esa mutlaq noldan atiga 1 daraja 
haroratda sodir bo‘ladi. Boz ustiga, buning uchun favqulodda katta bosim ham kerak bo‘ladi.
Agar, geliyni suyuq holatga o‘tkazishni uddalasangiz, u bilan juda-juda g‘alati narsalar 
sodir bo‘layotganini ko‘rasiz. Geliy suyuqlanadigan haroratda simob va qo‘rg‘oshin singari 
metallar o‘zining elektr tokiga qarshilik qilish xossasidan butunlay mosuvo bo‘ladi. Shunday 
sharoitda, ularga berilgan elektr toki, ular orqali hech qanday qarshiliksiz, beto‘xtov 


43 
harakatlanishi mumkin. Lo‘nda qilib aytganda, geliy suyuqlanadigan haroratda ushbu 
metallarda 
o‘ta o‘tkazuvchanlik
xossasi paydo bo‘ladi. Lekin, o‘ta o‘tkazgichlarga keragidan 
ziyod tok berib yuborilsa, ular o‘zining mazkur xossasini yo‘qotadi. 
Elektr muhandislari va fiziklar tomonidan, geliy suyuqlanadigan haroratda ishlashi 
uchun maxsus o‘tkazgich simlar tayyorlangan. Ularning qalinligi odam soch tolasi ingichkaligi 
darajasida bo‘lib, mazkur simlar suyuq geliy haroratida o‘ta o‘tkazuvchanlik effektini o‘chirib 
va yoqib turishi mumkin. Bunday maxsus simlar texnikada 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish