Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

bir atomli gaz
dir. Siz kislorod va vodorod atomlari albatta ikkita-
ikkitadan birikib, 
ikki atomli
molekula hosil qilishini avvalgi boblardan bilib olgansiz. Ozon 
esa 
uch atomli
gaz ekanini ham eslasangiz kerak.
Vodorodning muayyan qismi o‘zidan og‘irroq bo‘lgan boshqa atomlar bilan birikmalar 
tarkibida Yerda qolgan. Shu sababli ham Yerda vodorod geliydan ko‘ra ko‘proq. Geliy esa 
hech qaysi element bilan birikma hosil qilmaydi va shu sababli ham u sayyoramizda deyarli 
qolmagan.
Agar siz davriy jadvalga diqqat bilan razm solsangiz, geliyning 10, 18, 36, 54 va 86 
raqamli elementlar bilan bir guruhdan o‘rin olganini ko‘rasiz. Ushbu elementlarning barchasi 
bir-biri bilan muayyan o‘xshashlikka ega. Ularning o‘zaro o‘xshash bo‘lgan eng asosiy jihati 
shuki, ularning barchasi aynan gazlar bo‘lib, boz ustiga, ular boshqa atomlar bilan deyarli yoki, 


40 
mutlaqo birikmaydi. Ularning barchasi tabiatda bir atomli gaz ko‘rinishida tarqalgan. Ushbu 
gazlar deyarli hech qaysi atom va molekulalar bilan birikma hosil qilmasligiga e’tiboran, ularni 
inert gazlar
deb nomlangan. Ba’zilar uchun esa ularning bunday xossasi xuddi asilzodalarning 
xarakterini eslatadi shekilli, mazkur gazlarga 
asl gazlar
, yoki, 
nodir gazlar
deb ham nom berish 
an’anasi uchrab turadi.
Ushbu gazlarning inertlik xossasi ba’zi holatlarda ularning azotdan ham foydaliroq 
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Azot haqidagi bobda aytilganidek, ba’zi turdagi payvandlash ishlarini 
faqat azot oqimi ostida bajariladi. Lekin, ba’zi turdagi metallarni va qotishmalarni 
payvandlashda metall shu darajada qiziydiki, natijada u kimyoviy faol bo‘lib qolib, hatto azot 
bilan ham birikma hosil qila boshlaydi. Shunday metallarni payvandlash uchun texnikada 
geliydan foydalaniladi. Chunki, geliy hech qanday metall bilan har qanday baland haroratda 
ham birikib qolmaydi. Chunki u – o‘ta inert gazdir.
O‘zining favqulodda yengilligi boisidan geliy havo sharlarida va dirijabllarda 
vodorodning o‘rniga qo‘llanilishi ham mumkin. Albatta, geliy atomi vodorod atomidan ikki 
barobar og‘irroq; shunga qaramay, bu geliyni havo sharini osmonga ko‘tarishi uchun mutlaqo 
to‘sqinlik qilmaydi. Chunki, geliy baribir havodan naq 7 barobar yengildir. Boz ustiga, 
geliyning ko‘tarish kuchi vodorodnikidan atiga 7% kam xolos (ya’ni, geliyning ko‘tarish kuchi, 
vodorodning ko‘tarish kuchining 93% qismini tashkil qiladi).
Geliyning havo shari va dirijabllarda qo‘llanishi uchun vodoroddan o‘ta muhim bir 
afzallik jihati mavjud. Eng avvalo, eng katta afzallik shuki, geliy har qanday sharoit va har 
qanday muhitda ham umuman yonmaydi. Bu esa havo shari, yoki dirijabldagi yong‘in va 
portlash xavfini butunlay istisno qiladi. Ikkinchidan, geliy atomlarning vodorod atomlaridan 
og‘irroq ekani, havo shari matosi, yoki, dirijabl devorlari teshilib qolgan taqdirda ham, undagi 
gazning teshikdan sekinroq chiqib ketishiga omil bo‘ladi. Chunki, yengilgina vodorod gazi 
juda kichik tirqishdan ham juda tez chiqib keta olishi tayin. Geliyning aynan shunday teshikdan 
chiqib ketishi uchun esa ancha ko‘proq vaqt ketadi. Bu esa, favqulodda holat sodir bo‘lgan 
taqdirda, vaziyatni yumshatish uchun nisbatan ko‘proq vaqt zaxirasini taqdim etadi.
Lekin, yuqorida geliyning Yerda juda-juda oz miqdorda ekanini aytgan edik. Unda, 
havo shari va dirijabllarda qo‘llashga yetadigan miqdordagi ko‘p geliyni qayerdan olinadi? 
Albatta, geliy havoda ham juda-juda oz bo‘lsa-da, har holda mavjud. Lekin, havodagi geliy 
miqdori shu darajada ozki, uni deyarli yo‘q deyish ham mumkin. Havodan geliy ajratib olish 
favqulodda qimmatga tushadi.
Geliy odatda gaz va neft konlarida qo‘shimcha mahsulot sifatida katta miqdorda 
olinadi. Yer qa’ridan qazib olinadigan 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish