32
uy chorva hayvonlari, yoki, ot va mol fermalardagi go‘ng dehqonchilik uchun muhim o‘g‘itlash
manbai hisoblanadi.
Azotli birikmalarning bu tarzda tuproqdan o‘simliklarga, o‘simliklardan hayvonlarga
va hayvonlardan yana tuproqqa qaytish sikl zanjirini fanda
azot va azotli birikmalarning tirik
organizmlardagi aylanishi
deyiladi.
Lekin, tirik organizmlar va tuproq bo‘ylab azotning aylanishini susaytiradigan va oxir
oqibatda bu siklning harakatdan to‘xtab qolishiga sabab bo‘la oladigan ikkita aks omil mavjud.
Birinchisi – yerga solingan go‘ng, yoki, o‘lgan hayvon tanasi chirish jarayonida undagi
azotning katta qismi tuproqqa singishga ulgurmay, shunchaki,
ikki atomli molekula
ko‘rinishida havoga tarqab ketadi; havodagi azotni esa o‘simlik ham, jonivorlar ham o‘z-
o‘zidan yana qayta qabul qila olmaydi. Ikkinchi omil esa – tuproqning yomg‘ir suvlari bilan
yuvilib turishi natijasida nitratlarning ham yuvilib ketishi hamda, oxir-oqibatda, daryo,
dengiz
va okeanlarga ketib qolishi jarayonidir. Agar tuproqdagi azotning bu tarzda yo‘qotilish o‘rni
muttasil qoplanmas ekan, Yerda hayot allaqachon to‘xtagan bo‘lar edi. Lekin, azotli birikmalar
o‘rinma-o‘rin tuproqqa qorishishda davom etmoqda va hayotni ta’minlab turuvchi eng muhim
sikllardan biri – azot aylanish sikli o‘z maromida xatosiz ishlayapti. Tuproqdan
yo‘qotilayotgan azotli birikmalarning o‘rnini to‘ldirishning yagona yo‘li – havodagi azotni
o‘zlashtirishdir. Lekin qanday qilib? Biz o‘simlik va hayvonlar havodagi azotni o‘zlashtira
olmasligini ta’kidlagan edikku? Unda azotli birikmalarni havodan tuproqning o‘zi
o‘zlashtiradimi?
Yo‘q albatta. Tuproq o‘zi havodagi azotni ajratib ola olmaydi.
Bunda unga havoda
chaqnaydigan chaqmoq yordam beradi. Har safar havoda chaqmoq chaqqanida u hosil qilgan
chaqnash chizig‘i bo‘ylab favqulodda yuqori harorat yuzaga keladi va bu harorat ta’sirida o‘sha
yaqin atrofdagi azot molekulalari kislorod bilan birikishga majbur bo‘ladi. Chaqmoq chaqish
energiyasi azotni shunga majbur qiladi. Hosil bo‘lgan azot-kislorod birikmasi yomg‘irlar
tarkibida eriydi va yomg‘ir bilan birgalikda
azot kislotasi
ko‘rinishida yerga tushadi. Azot
kislotasi molekulasi bir atom azot, bir atom vodorod va uch atom kisloroddan iborat bo‘ladi
(HNO
3
). Aynan shu azot kislotasi tuproqqa tushgach, nitratga aylanadi.
Azot kislotasi o‘ta xavfli kislotalar sirasiga kiradi va u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muomala
qilinsa, u teri va ko‘z uchun o‘ta yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U o‘tkir kimyoviy kuyishga
sabab bo‘ladi. Lekin, yog‘ayotgan yomg‘ir tarkibidagi azot kislotasi miqdori shu darajada oz
bo‘ladiki, u deyarli ta’sir qilmaydigan bo‘ladi. Har kuni Yerning turli nuqtalarida u yoki bu
darajada yomg‘irlar yog‘ib o‘tadi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra,
chaqmoqdan keyingi
yomg‘irlar bilan har kuni yerga 250 000 tonna atrofida azot kislotasi kelib tushadi.
Bir qarashda bu juda katta raqamdek ko‘rinadi. Lekin, ushbu miqdorning Yer sirti
bo‘ylab taqsimlanishiga e’tibor qaratsak, aslida bu unchalik ham katta son emasligi
oydinlashadi. Bu miqdor azot va azotli birikmalarning tabiatdagi
aylanish siklini kerakli
tezlikda ta’minlab turish uchun yetarli emas. Unda qanday qilib, tuproq unumdorligiga mos
azot aylanish sikli saqlanib kelmoqda?
33
Bu savolning javobi tuproqda yashaydigan muayyan turdagi bakteriyalar bilan bog‘liq.
Tuproqning eng yuqorigi, sirt qatlamlarida, havodagi azotni biriktira olish qobiliyatiga ega
bakteriyalar mavjud. Aynan ushbu bakteriyalargina tabiatda havodagi erkin azotni o‘ziga
bog‘lash xossasiga egadir. Ular azot atomlarning boshqa element atomlari bilan bog‘lanishiga
xizmat qiladi va shu orqali tuproqni azotli birikmalar bilan to‘yintiradi. Ular hosil qilgan azotli
birikmalarni esa o‘simliklar o‘zlashtiradi.
Bunday bakteriyalar asosan, beda, no‘xat, loviya,
yeryong‘oq singari muayyan turdagi o‘simliklar, ya’ni, dukkaklilar ildiziga yopishgan holda,
uncha katta bo‘lmagan to‘p-to‘da ko‘rinishida yashaydi. Aniqlanishicha, 4000 m
2
maydonga
ega yerda yiliga 18 kg azot bog‘lanar ekan.
Qadimgi Rim zamonasidayoq odamlar avvaliga ushbu o‘simliklar ekib, hosil yig‘ib
olingan yerlarga keyingi yil boshqa ekinlar ekilsa, hosildorlik sezilarli miqdorda keskin
ortishini yaxshi bilishgan.
Haqiqatan ham, tabiatda ushbu azot bog‘lovchi mittigina bakteriyalarning ahamiyati
beqiyos ulkan.
Yuqorida aytilganidek, azot boshqa elementlar bilan unchalik ham yaxshi reaksiyaga
kirishmaydi. Mabodo, azot biror element bilan birikma hosil qilsa ham,
ushbu birikma juda
beqaror tuzilishga ega bo‘ladi va u imkon qadar tez parchalanishga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: