55
Xamirturush ham xuddi shunday ta’sir ko‘rsatadi. Aslida xamirturush mikroskopik
o‘simliklardan iborat desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. U qorilgan xamir ichida un tarkibidan
o‘tgan kraxmalga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu ta’sirlashish jarayonida ham xamir ichida karbonat
angidrid gazi hosil bo‘ladi va natijada u ko‘piradi. Xamirturushda ko‘pitilgan xamirdan
tayyorlangan non va boshqa pishiriqlarda ham ayni shu sababdan g‘ovaklar mavjud bo‘ladi.
Ushbu g‘ovaklar ham aynan o‘sha karbonat angidrid gazining faoliyati tufaylidir.
Uglerod nisbatan kam hajmdagi havo muhitida yonsa, uning har bir uglerod atomiga
ikkitadan kislorod atomi topilavermaydi va natijada, uglerod atomi faqat bitta kislorod atomi
bilan
birikish bilan cheklanib, bitta uglerod va bitta kislorod atomlaridan iborat
is gazi
molekulasi, ya’ni,
uglerod oksidi
hosil qiladi. Ushbu gaz ham karbonat angidrid bilan o‘zaro
o‘xshash bo‘lib, lekin, ushbu ikki gaz orasida o‘ta muhim bo‘lgan ikkita farq mavjud.
Birinchidan: uglerod oksidi ikkinchi kislorod atomini o‘ziga biriktira oladi; ya’ni, u
kislorod bilan birikish jarayonida yonadi. Karbonat angidrid esa imkoniyati boricha kislorodga
ega bo‘lib ulgurgan bo‘ladi va u yonmaydi;
yuqorida u aksincha, o‘t o‘chirish uchun ham
qo‘llanishini aytib o‘tdik.
Ikkinchidan: is gazi karbonat angidridga nisbatan xavfliroq. Ya’ni, u zaharli gaz
sanaladi. Havo muhitida 1/8 ulushda is gazi yuzaga kelgan sharoit odam uchun o‘ta xatarli
bo‘lib, bunday havodan yarim soat nafas olish o‘limga olib keladi. Havoda 1/1000 ulushda is
gazi mavjud bo‘lgan sharoitda nafas olgan odamda bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi kuzatiladi.
Uglerod oksidining zaharli ekanligi sababi, uning qon tarkibidagi qizil qon tanachalarini, ya’ni,
gemoglobinni o‘ziga biriktirib olish xossasidir. Gemoglobinning tana uchun ahamiyati esa
favqulodda muhimdir. O‘pkaga kirgan havodan kislorodni biriktirib olib butun tana bo‘ylab
tarqatish vazifasini aynan gemoglobin bajaradi. Agar is gazi o‘pkaga kirib kelsa, gemoglobin
kislorod o‘rniga aynan is gazi molekulalarini biriktirib tana bo‘ylab tashiy boshlaydi. Natijada,
organizmda kislorod yetishmasligi boshlanadi va tanada nafas siqa boshlaydi. Bo‘g‘ilish va
diqqinafas holsizlik yuzaga keladi. O‘simliklarga, bakteriyalarga
va qoni boshqacha rangda
bo‘lgan jonivorlarga is gazi ta’sir qilmaydi.
Is gazining xatarli darajasini keskin ortishiga XX-asrda yuz bergan fan-texnika va
sanoat inqilobi ham sabab bo‘ldi. Hozirgi zamon industrial-texnologik sivilizatsiyamizning
yirik ishlab chiqarish korxonalari har kuni havoga minglab m
3
miqdorda
is gazi chiqarib
tashlamoqda. Xususan, bu jarayonda ko‘chalarimizni to‘ldirib yurgan minglab sondagi
avtomobillarning ham ma’lum miqdordagi salmoqli ulushi bor. Avtomobil dvigatelida
yonayotgan benzin yoki metan gazi dvigatelda to‘liq 100% yonmaydi va avtomobil tutuni
tarkibida, is gazi shaklida havoga chiqib ketadi. Ochiq havoda is gazi molekulalari havoning
o‘zidagi kislorod
atomlari bilan uchrashib, ulardan o‘ziga biriktirib olishga kirishadi va
natijada, nisbatan xavfsiz bo‘lgan karbonat angidrid gazi hosil bo‘ladi. Lekin, baribir is gazi
butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi va u borgan sari yig‘ilib borib, o‘zi turgan havo muhitini
aynitadi va undan nafas olgan odamlarga va jonivorlarga yomon ta’sir qiladi.