71
Xlor, ftor va brom qatoridagi yana bir galogen –
yod
elementidir.
U davriy jadvalda 53-raqam ostida joylashgan. Yod qo‘ng‘ir qoramtir-
kulrang modda bo‘lib, 185 ℃ da bug‘lanadi va natijada chiroyli
binafsharang gaz ko‘rinishiga o‘tadi. Element nomi ham uning aynan
shu holatdagi rangidan kelib chiqqan. Ya’ni,
yunonlar binafsharangni
ioeides
deb nomlashgan.
Galogenlar ichida yod eng past faollikka ega elementdir. Lekin,
u bakteriyalarni o‘ldirishda eng yaxshi vositalardan biridir. Shu sababli ham vrachlar ochiq
yaralarga yod eritmasi surtishni tavsiya qilishadi. Yodning o‘zi suvda qiyin eriydi. Shu sababli
ham, tibbiyotda qo‘llaniladigan yod suv va spirt aralashmasida eritiladi. Eritmani siz o‘zingiz
ham ko‘p marta ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Bu qo‘ng‘ir-jigarrang tusdagi suyuqlik bo‘lib, unda
odatda 7% miqdorda yod mavjud bo‘ladi.
Yod eritmasi ochiq yaraga surtilganda tez bug‘lanadi va yaraning yiringlab ketishini
oldini oladi. Ya’ni, yod-
antiseptik
moddadir. Lekin, yara ustidan bint bog‘lab qo‘yilsa, undagi
yodning uchib ketishi qiyinlashadi. Bu esa, yara atrofidagi terining kimyoviy kuyishini keltirib
chiqarishi mumkin. Shu sababli ham, yod surtilgan yaralarni bint bilan bog‘lamaslik kerak.
Agar bog‘lamasa bo‘lmaydigan yara bo‘lsa, unga yod emas, balki, boshqa, nisbatan
yumshoqroq antiseptik qo‘llash lozim.
Yodoform
ham antiseptik modda bo‘lib, uning molekulasida bit atom kremniy, bir atom
vodorod va uch atom yod mavjud bo‘ladi. Nomidan ham va
tuzilishidan ham siz uning
xloroform bilan o‘xshashligini sezgan bo‘lsangiz kerak. Yodoform sariq rangli kukun shaklida
bo‘ladi va u ham, yaralarni zararsizlantirish uchun yara ustiga sepiladi. Vrach kabinetidagi
o‘ziga xos turadigan hid odatda aynan shu yodoform hidi bo‘ladi.
Yod shuningdek salomatlik uchun ham muhim element sanaladi. Odam organizmida
ham juda-juda oz miqdorda bo‘lsa-da, har holda yod mavjud. O‘rta yoshli odam organizmida
taxminan 0,05 gramm yod bo‘ladi. Ushbu miqdorining asosiy qismi, kekirdakdan yuqoriroqda,
bo‘yin va jag‘ tutashgan joyda joylashadigan
qalqonsimon bez
da yig‘ilgan bo‘ladi. Ushbu bez
organizmdagi ovqat hazm bo‘lish jarayonlarini va energiya ajralib chiqishi jarayonini nazorat
qiladi. Bunda qalqonsimon bez muayyan turkum yodli birikmalardan – yodotironinlardan
foydalanadi. Agar organizmda yod
yetishmovchiligi yuzaga kelsa, qalqonsimon bez shishib
ketadi va tomoq va jag‘ aralash
buqoq
hosil bo‘ladi.
Siz agar, organizmga yod shu darajada oz miqdorda kerak bo‘lsa, unda yod
yetishmovchiligi unchalik ham jiddiy xavf tug‘dirmasa kerak degan xayolga borgan bo‘lsangiz
kerak. Lekin, organizmga ushbu juda oz miqdordagi yod ham juda-juda zarur. Tabiatda esa
yod ancha kamyob element sanaladi. Ba’zi joylarda yod mahalliy sharoitda (masalan, tuproqda
yoki suvda) umuman yo‘q. Natijada, o‘sha joylarda yashovchi aholi, o‘simliklar va hayvonlar
organizmda yodga bo‘lgan talab muntazam qondirilmay qoladi. Aynan shunday hudud
aholisida buqoq kasalligi ko‘proq uchraydi.
Buning oldini olish uchun esa, aholi kundalik iste’mol qiladigan mahsulotlar tarkibiga
oz-oz miqdordan yod qo‘shish orqali muammoni hal qilish mumkin. Ba’zi mamlakatlarda
72
yodni ichimlik suviga oz miqdorda qo‘shish orqali bu masalani hal qilishgan bo‘lsa, boshqa
mamlakatlarda yod osh tuzi tarkibiga qo‘shib sotiladi. Umuman olganda, osh tuzini yodlash va
yodlangan tuzni iste’mol qilish yaxshiroq samara berishi kuzatilgan.
Dengiz suvidagi yod miqdori undagi brom miqdoridan ham kamroq. 4000 m
3
dengiz
suvidan atiga 30 gramm yod olish mumkin.
Shu sababli, dengiz suvidan yod ajratib olish
favqulodda qimmatga tushadi. Lekin, yod baribir asosan dengizdan olinadi. Bunda, suvning
o‘zidan emas, balki, dengizda yashovchi organizmlar tanasida to‘planadigan yodga e’tibor
qaratiladi. Yod ayniqsa dengiz suvo‘tlari tanasida ko‘p to‘planadi. Masalan, laminariya nomli
suvo‘tini terib, uni quritilsa, undan yaxshigina miqdorda yod olish mumkin. 1 tonna
laminariyadan 6 kg atrofida yod olsa bo‘ladi. Bu yod olishning eng maqbul usuli sanaladi.
Yodni aynan shunga o‘xshash suvo‘tlarining kimyoviy tarkibini o‘rganish jarayonida
kashf qilingan. Bu ishni 1811-yilda farang kimyogari Bernar Kurtua amalga oshirgan edi.
Dengiz sohillarida yashovchi aholining quruqlik ichkarisida yashovchi aholiga nisbatan
kamroq buqoq bo‘lishi avvaldan kuzatilgan edi. Buning sababi ham yod bilan bog‘liq ekanini
olimlar ancha keyin fahmlashgan. Ma’lum bo‘lishicha, dengiz sohili yaqinida shamollar va
dengiz suvi ta’sirida mahalliy tuproq yodga boy bo‘lib qolar ekan. Natijada bunday tuproqda
o‘sgan o‘simliklar o‘ziga kerakli yodni o‘zlashtirib, tanasida ham yod to‘plashi ma’lum
bo‘lgan. Bunday o‘simliklardan oziqlangan boshqa hayvonlar ham yodga bo‘lgan
ehtiyojni
oson qondira oladi. Mahalliy aholi esa, avvalo dengiz mahsulotlarini – baliq, qisqichbaqa va
ho kazolarni ko‘p iste’mol qilgani uchun, qolaversa, yodga to‘yingan o‘simliklarni ham
iste’mol qilgani uchun, organizmdagi yodga bo‘lgan talabni bemalol oson qondira oladi.
Boshqa galogenlar haqidagi hikoyalarda aytilganidek, yodni ham qurib bitgan dengizlar
o‘rnidan qazib olish mumkin. Xususan, Chilidagi qurigan dengiz o‘rnida nitratlar olingan
joydan yod ham ko‘p miqdorda olingan. Shuningdek, neft quduqlari atrofida to‘planib
qoladigan gurunt suvlari tarkibidan ham odatda yod topiladi.
Yodning azot bilan birikmasi ko‘rinishidagi
azot triyodid
moddasi eng qiziqarli va shu
bilan birga, eng xavfli moddalardan sanaladi. Azot triyodid molekulasi bir dona azot atomiga
uchta yod atomi bog‘langan ko‘rinishda bo‘ladi. U eng oson portlovchi moddalar sirasiga
kiradi. Qoramtir-qo‘ng‘ir rangdagi ushbu moddaga arzimagan mexanik ta’sir ko‘rsatilsa,
masalan, soch tolasi bilan tegib ketilsa ham, u qattiq gumburlagan ovoz bilan kuchli portlaydi.