Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

oltingugurt dioksidi
(SO
2
) hosil qiladi. Oltingugurt dioksidi nomidan ham 
ma’lumki, bitta oltingugurt atomi va ikkita kislorod atomidan iborat bo‘ladi. U keskin o‘tkir 
hidli, bo‘g‘uvchi gaz bo‘ladi. Xonani dezinfeksiya qilish uchun oltingugurt qumoqlari 
tutatilganda, xonani albatta oltingugurt dioksidining mazkur o‘tkir noxush hidi qamrab olardi 
va u odamlarga juda yomon ta’sir qilardi. Lekin, o‘sha zamonlarda odamlar shunga chidashga 
majbur edilar. Chunki, ulardan kasallar yotgan xonani zararsizlantirish uchun boshqa 
samaraliroq usul bo‘lmagan. Oltingugurt dioksidi qanchalik sassiq bo‘lmasin, lekin, sof 
holdagi oltingugurt o‘zi hidga ega emas.
Oltingugurt dioksidi odatda oltingugurt yonganda, yoki eriganda hosil bo‘ladi. 
Oltingugurtni har doim ham odamlar o‘zi ataylab yoqishmaydi. Yuqorida, Yer qa’rida 
oltingugurt miqdori anchagina ko‘p ekanini eslab o‘tgandik. O‘sha chuqur yer qatlamlarida 
to‘planib qolgan oltingugurt konlari yaqinida Yer mantiyasining tektonik faolligi yuzaga kelsa, 
ya’ni, vulqonlarning ildiziga yaqin joylarda katta oltingugurt miqdorlari mavjud bo‘lsa, vulqon 
faolligi yuzaga kelgan paytlarda oltingugurt dioksidi yer qa’ridan ham atmosferaga ko‘tarila 
boshlaydi. Masalan, Sitsiliya orolidagi vulqonlar yaqinida oltingugurt dioksidining o‘tkir 
hidini darhol payqash mumkin.
Oltingugurt dioksididan tashqari oltingugurtning yana boshqa ko‘plab birikmalari 
mavjudki, ular ham hidining xushbo‘yligi bilan maqtana olmaydi. Oltingugurtning deyarli 
barcha birikmalari qandaydir sassiq, qo‘lansa hidga ega bo‘ladi, yoki, umuman hidsiz bo‘ladi. 


75 
Ko‘pchilikka yoqmaydigan sarimsoqpiyozning hidi, yoki, oddiy piyozning hidi ham, uning 
tarkibidagi oltingugurt moddasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, xantal va rediskaning hidi 
ham undagi oltingugurt moddasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Qo‘lansa hidli va tarkibida oltingugurt tutadigan moddalar umumiy tarzda 
merkaptanlar
deyiladi. Birinchi jahon urushi paytida tomonlar bir-biriga nisbatan qo‘llagan 
eng zaharli gazlardan biri 
xantal gazi
deb atalgan. Aslida-ku, bu gaz ham emas, balki 
uchuvchan suyuqlik bo‘lib, hidi sarimsoqpiyozning o‘ta qo‘lansa hidiga o‘xshash bo‘lgan. 
Tarix darsliklarida ushbu gazni «iprit» tarzida qayd etiladi. Uning kimyoviy formulasi esa 
C
4
H
8
Cl
2
S shaklida keltiriladi. Ushbu gaz undan nafas olgan odamga o‘ta bo‘g‘uvchi salbiy 
ta’sir ko‘rsatib, ko‘rish organlarini ham zararlagan. Uning suyuq holda teriga kelib tushishidan 
esa, uzoq vaqt qichishib azob beradigan va o‘ta sekin bitadigan yara-shishlar hosil bo‘lgan.
Lekin, ushbu bayon qilinganlar orqali oltingugurt hayot uchun xavfli modda ekan degan 
xulosa chiqarmaslik kerak. Chunki, oltingugurt hayot uchun g‘oyat zarur bo‘lgan vitaminlar 
tarkibida, shuningdek, penitsillinda, sulfanilamid preparatlarida, hamda, maishiy turmushda 
ishlatiladigan bo‘yoq moddalar tarkibida bo‘ladi. Shuningdek, barcha turdagi tirik 
to‘qimalarda albatta oltingugurt birikmalari mavjud bo‘ladi.
Yaxshiyamki, odam organizmida mavjud bo‘ladigan oltingugurt birikmalari hidga ega 
emas. Biroq, muayyan sharoitlarda ular ham hidlanib qolishi hech gap emas. Terida, soch 
tolalarida va qushlarning patida oltingugurt birikmalari ko‘p bo‘ladi. Siz so‘yilgan tovuq, 
o‘rdak, yoki g‘oz patini kuydirib tozalash jarayonini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. O‘sha kuydirish 
jarayonida atrofga tarqaladigan hid aynan patlardagi oltingugurt birikmalaridan taraladi. Soch 
kuyganda ham shunga o‘xshash hid chiqadi va u hid ham sochdagi oltingugurt birikmalari 
tufayli yuzaga keladi.
Tuxum ham tarkiban oltingugurt va uning birikmalariga boy bo‘ladi. Tuxum eskirgani 
sari undagi mazkur oltingugurt birikmalari nisbatan sodda molekulalarga parchalandi. Shu 
jarayonda, tarkibi bir atom oltingugurt va ikki atom vodoroddan iborat 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish