Birinchi va ikkinchi signal sistemalari. - Birinchi va ikkinchi signal sistemalari.
Birinchi va ikkinchi signal sistemasi. - 1.Signal sistemasi haqida tushuncha.
- 2. Signal sistemaning rivojlanish etapi.
- 3. Ikkita signal sistemaning bogliqligi.
- 4. Ikkinchi signal sistemaning buzilishi.
- Oliy nerv faoliyati to’g’risidagi talimot ikkinchi signal tizimining faoliyat ko’rsatish qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatini berdi. Asosan bu qonuniyatlarning ikkala signallar tizimi uchun bir ekanligi ko’rsatildi. Bolalarda tovush yoki yorug’lik shartli signaliga, masalan, qo’ngiroq tovushiga yoki qizil lampa yoqilishiga shartli refleks hosil qilinganidan so’ng, qo’ngiroq yoki qizil lampa so’zlarining o’zi (avval shartsiz tasirotlar bilan biron marta ham mustaxkamlanmagan bo’lsada) shartli refleksni paydo qiladi.
- Gap shundaki, tajribalardan ancha oldin, bolaning tili chiqayotgan vaqtida miya po’stlog’idagi nutq markazi va turli jismlardan keladigan signallarni qabul qiluvchi markazlar o’rtasida mustaxkam bog’lanishlar hosil bo’lgan. Shular tufayli, nutq markazlari vaqtinchalik aloqalarning yuzaga chiqishida ishtirok etadi. Yuqorida keltirilgan tajribalarda elektiv yoyilish hodisasini ko’ramiz. Bu hodisa qo’zg’alishning birinchi signal tizimi markazlaridan ikkinchi signal tizimi markazlariga va aksincha, ikkinchi signal tizimi markazlaridan birinchi signal tizimi markazlariga yoyilishidan iborat.
- Odam so’zni bitta tovush yoki tovushlar majmuasi (tovush signali) sifatida emas, balki ma’lum mazmun sifatida qabul qiladi, so’zning manosini idrok etadi. Masalan, «alanga» s o’ziga shartli refleks vujudga keltirilgan. Agar shartli refleksni paydo qilish vaqtida «alanga» o’rniga uning sinonimi «olov» s o’zi ishlatilsa, bu so’z ham ijobiy natija beradi.
- Tahsil olish jarayonida o’quv va yo’z uv markazlari va miya po’stlog’ining boshqa markazlari o’rtasida ham aloqa o’rnatiladi. Shu tufayli, qo’ng’iroq tovushiga shartli refleks vujudga keltirilgandan keyin, odamga «qo’ng’iroq» so’zi yozilgan qo’go’z ko’rsatilsa, shartli reflector reaksiya paydo bo’ladi.
- Birinchi va ikkinchi signal tizimlarini bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Odamning barcha tuygulari, idroki, tasavvuri so’z bilan ifodalanadi. Binobarin, birinchi signal tizimida tashqi dunyodagi jism va hodisalar paydo qilgan qo’zg’alish ikkinchi signal tizimiga o’tkaziladi. Birinchi signal tizimini ikkinchi signal tizimi bilan bog’lanmagan xolda faollik ko’rsatishini faqat tili chiqmagan bolalardagina kuzatish mumkin. Xar qanday o’qish-o’qitish, xar qanday ijodiy faoliyat ikkinchi signal tizimini taraqqiy ettiradi, takomillashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |