Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

soxta brilliant
ham deyiladi.
Olmos dunyo bo‘yicha asosan Janubiy Afrikadan qazib olinadi. Baholashlarga ko‘ra, 
Yerdagi olmos zaxiralarining 96% gacha qismi aynan Afrika qit’asining eng janubiy qismida 
joylashgan ekan.
Lekin, bu degani o‘sha joylarda olmos oson topilsa kerak degani emas. Afrika 
janubidagi eng boy sanaladigan olmos konlarida ham, 30 grammlik olmos toshchasini topish 
uchun 60 tonnagacha tuproq ishlarini bajarish kerak bo‘ladi. 1955-yilda tarixda birinchi marta, 
AQSHning «General Electric» firmasi laboratoriyalarida olmosni sun’iy tarzda olish uchun 
kerakli bo‘lgan bosim harorat sharoitlarini hosil qila oldi va natijada, tarixda ilk bora olmosni 
sun’iy tayyorlashga muvaffaq bo‘lindi. Kimyoviy nuqtai nazarda ushbu olmosning tabiiy, 
ya’ni, kondan qazib olingan olmosdan hech qanday farqi yo‘q. Shu sababli, bunday olmosni 
«sun’iy» deyishga ham til bormaydi. Lekin, baribir ularni ona tabiat emas, laboratoriya 
yaratgani tufayli, haqiqiy asl olmosdan farq qiluvchi jihatlari ham bor.
Olmos – tabiatdagi eng qattiq modda. Uning shu xususiyatidan texnikada va ishlab 
chiqarishda juda keng foydalaniladi. Chunonchi, metallarni kesish, parmalash va o‘yish 
vazifalarini bajaruvchi asboblar, masalan, sverlo, parma kabilarni tayyorlashda olmos eng 
benazir moddadir. Olmosni mayda kukun holida biror metall disk sirtiga yopishtirib kesuvchi 
disk tayyorlansa, ushbu disk istalgan materialni, jumladan eng qattiq po‘latni ham moydek 
kesadigan bo‘ladi. Kukun olmosni texnikada 
olmos abrazivi
deyiladi. Shuningdek, olmosning 
o‘ziga ham shunday disk olmos bilan ishlov beriladi. Ya’ni, olmosni sayqallash, kesish va shakl 
berish uchun olmosning o‘zidangina foydalanish mumkin. Boshqa modda olmosga o‘tmaydi.
Tabiiyki, eng yaxshi va sof olmoslarni bunday maqsadlarga ishlatilmaydi. Chunki, 
bunday sof asl olmoslar juda qimmat bo‘ladi. Olmosning 20 xil turi mavjud va ulardan faqat 
bitta turi zargarlikda qo‘llaniladigan asl olmos bo‘lib, eng qimmat yuradi. Grafitning olmosga 
aylanish jarayoni butunlay tugamagan, ya’ni, tarkibida qoramtir grafit zarralari ma’lum 
miqdorda qolib ketgan biroz sifatsiz olmoslar yuqorida aytilgandek, texnika va sanoat 


51 
ehtiyojlari uchun yo‘naltiriladi. Bunday olmoslar tarkibida 2% dan 4% gacha qoldiq grafit 
mavjud bo‘ladi. Bunday olmoslarni 
karbonado
, yoki, ba’zan 
bort
ham deyiladi. Zargarlik 
uchun kerakli darajada tiniq va shaffoflikka ega bo‘lmasa-da, lekin, ularda ham olmosning 
qattiqlik darajasi yetarlicha saqlangan bo‘ladi va nisbatan arzon yuradigan bunday olmos 
sanoat va texnikada qo‘llash uchun ayni muddaodir.
O‘simlik tanasi suv ostida chirishi jarayonida undagi uglerodning ma’lum qismi 
vodorod bilan birikma holida uchib chiqib ketadi. Ushbu birikma molekulalari beshta atomdan 
iborat bo‘ladi. Ulardan to‘rttasi vodorod va bittasi uglerod atomi bo‘ladi.
Mazkur birikma kimyo fanida 
metan
deb nomlanadi va u gaz holatida bo‘ladi. Metan 
odatda, suv ostida o‘simliklar chirishi ro‘y beradigan botqoq hududlari ustidagi havo muhitida 
mavjud bo‘ladi va to‘planadi. Shu sababli, uni shuningdek 
botqoq gazi
ham deyiladi.
O‘simliklarning shunday suv ostida chirishi jarayonida hosil bo‘lgan metanning 
hammasi ham havoga chiqib ketmaydi, balki, o‘simlikdan hosil bo‘layotgan ko‘mir ichida 
qolib ketadi. Shu sababli ham, ko‘mir konlarini o‘zlashtirish jarayonida shaxtyorlar yer ostida 
ko‘mir plastlarini maydalayotganda, shaxtalarda metan gazi hosil bo‘lishi va yig‘ilib qolishi 
kuzatiladi. Bu esa juda xatarlidir. Chunki, avvalo metan nafas olish uchun yaroqsiz bo‘lib, 
nafas yetishmovchiligiga olib keladi. Qolaversa, metan – tez alangalanuvchan, yonuvchan va 
havo bilan muayyan nisbatda konsentratsiyalanganida, o‘z-o‘zidan portlash xossasiga ega. 
Shaxtyorlar metanni

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish