26
Albatta, operator aslida, «Gindenburg»ning qo‘nishini va undan baxtli yo‘lovchilar
tushib
kelishini tasvirga tushirmoqchi edi. Biroq, uning kamerasi insoniyat tarixidagi eng katta
fojialardan birini tarixga muhrladi.
«Gindenburg» fojiasi tasvirlari bir necha oy ichida butun jahonni aylanib chiqdi va
odamlar ongida dirijabllarga bo‘lgan ishonchning uzil-kesil yo‘qqa chiqishiga sabab bo‘ldi.
O‘shandan buyon, jahonning hech bir mamlakatida birorta ham bunaqa katta dirijabl
yasalmagan va dirijabllar yo‘lovchi tashish maqsadlarida qo‘llanilmay qo‘ygan. Havo
parvozlari bilan yo‘lovchi
tashish sohasini esa, to‘laligicha samolyotlar egalladi...
Albatta, yong‘in – juda xatarli va ayovsiz kulfat. Lekin yong‘in - vodoroddan
foydalanishdagi yagona xatar omili emas. Vodorod oz-mozdan havoga, yoki, kislorod muhitiga
chiqib turgan paytda, uning yonishi jarayonini nazorat qilish, hamda,
yonish energiyasidan
kerakli maqsadda foydalanish ham mumkin. Lekin, kislorod va vodorod muayyan aniq
nisbatlar doirasida aralashsa, juda xatarli portlashga kuchli moyil bo‘lgan gaz aralashmasi
yuzaga keladi. Bunday o‘ta xatarli aralashma uchun juda kichik, arzimas uchqun ham, halokatli
vayronkor portlash yuzaga kelishiga kifoya qiladi.
Siz bino va inshootlarda gaz to‘planib qolishi natijasida portlash kelib chiqqan holatlar
haqida, favqulodda vaziyatlar boshqarmasining axborotnomalari, yoki, ogohlantiruv xabarlari
orqali albatta eshitgan bo‘lsangiz kerak. Uyda maishiy foydalaniladigan tabiiy gazning ham
tarkibining asosiy qismi vodorod ekanini inobatga olsak, qarovsiz qoldirilgan, yoki, ochiq qolib
ketgan gaz kranlaridan
tabiiy gazning chiqib, xonaga to‘planishi natijasida, xona havosida
avvaldan mavjud bo‘lgan kislorod bilan aralashma hosil bo‘ladi va u portlashga xavfli, juda
xatarli aralashmaga aylanadi. Bunday hol kuzatilsa, ya'ni, xonaga gaz to‘planib
qolganini
sezsangiz, xonada uchqun chiqarishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatni bajarishdan tiyilish
va zudlik bilan xonani shamollatish chorasini ko‘rish zarur. Bu jarayonda ayniqsa uydagi elektr
jihozlarini, hatto chiroqni ham yoqish (yoniq turgan bo‘lsa o‘chirish ham) mumkin emas!
Chuni, aytilganidek, juda arzimas uchqun ham kuchli portlashga sabab bo‘lishi va ayanchli
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagilarni o‘qib, vodorod faqat salbiy jihatlari bilan mashhur ekan degan fikrga
borish – noto‘g‘ri ish bo‘ladi. Aslida vodorod odamzot uchun nihoyatda foydali bo‘lgan boshqa
xossalari bisyor. Xususan, o‘simlik moyining sifatini oshirishda vodorod juda muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi. Ayniqsa, paxta moyining sifati, unga vodorod bilan ishlov berish bilan
kuchli o‘zgaradi.
Paxta chigitidan olinadigan moy paxta keng ko‘lamda yetishtiriladigan mamlakatlarda,
xususan, O‘zbekistonda ham katta miqdorlarda ishlab chiqariladi. Biroq, paxta moyining hidi
boshqa o‘simlik moylariga qaraganda, aytaylik, zaytun moyiga nisbatan yoqimsizroq bo‘ladi.
Paxta moyi molekulasida ko‘p miqdorda (ellikka yaqin) vodorod atomlari mavjud bo‘ladi.
Lekin, paxta moyi molekulasini vodorod atomlari bilan yanada boyitish imkoni mavjud.
Chunki, paxta moyi molekulasida yana bir necha vodorod atomlarini biriktirib olish uchun
kimyoviy erkin bog‘lar bo‘lib, ushbu bog‘larga tashqarida qo‘shimcha vodorod atomlarini
biriktiriladi. Vodorod bilan boyitilgan (to‘yintirilgan) paxta
moyi molekulasining fizik
27
xossalari ijobiy o‘zgarib, u endi qattiq yog‘ ko‘rinishiga o‘tadi. Bunday oq yog‘ paxta moyining
yoqimsiz hididan qutulgan bo‘ladi va iste’mol uchun yaroqli holga keladi (shuning uchun ham
xalq orasida paxta moyining shuningdek «oq yog‘» deb ham yuritiladi).
Paxta moyini bu tarzda vodorod atomlari bilan to‘yintirish jarayonini mutaxassislar
Do'stlaringiz bilan baham: