olovli gaz
» deb nomlagan
edi.
Oradan bir yildan ziyod vaqt o‘tib farang kimyogari Antuan Lavuaze ushbu gazga
«kislorod» nomini biriktirdi. U yunonchadagi «kislota tug‘diruvchi» degan so‘zdan ushbu
atamani yasagan edi. Lavuaze kislorod barcha kislotalar tarkibida albatta mavjud bo‘ladi va
kislotalarni aynan kislorod hosil qiladi deb o‘ylagan. Shuningdek u, ta’mi nordon bo‘lgan
narsalarni ham hammasi kislorod bilan bog‘liq deb hisoblagan. Lavuaze qattiq yanglishgandi.
Kislotalarning tarkibida umuman kislorod bo‘lmasligi ham mumkin. Nordon ta’m esa umuman
kislorod bilan bog‘liq emas. Shunga qaramay, mazkur elementga Lavuaze bergan nom
yashovchan bo‘lib chiqdi va saqlanib qoldi.
Turli moddalarni qizdirish orqali ular tarkibidan kislorod ajratib olish usuli – to‘g‘ri
usul. Lekin, bu usul unchalik ham samarali emas. Chunki, bunda olinadigan kislorod miqdori
oz ancha bo‘ladi. Kislorodni ko‘p miqdorlarda olish uchun
havoni suyultirish
usulidan
foydalaniladi.
Havoni kerakli darajaga sovitilsa, u suyuqlikka aylanadi. Xuddi suv bug‘ga
aylangandek, suyuq havoni qaynatilsa, u ham yana bizga tanish oddiy gaz holatidagi havoga
aylanadi.
Havoda turli xil molekulalar mavjud. Lekin, umumiy havo hajmining 1/5 qismidan sal
ziyodrog‘ini (aniqrog‘i, 21% qismini) kislorod tashkil qiladi. Qolgan 4/5 qism esa asosan
azotdan tashkil topgan bo‘ladi. Suyuq kislorod juda past haroratlar qaynaydi va gazga aylana
boshlaydi. Lekin, suyuq azotning qaynashi va gazga aylanishi uchun undan ham past harorat
kerak bo‘ladi. Agar, ushbu ikki element aralashmasidan iborat bo‘lgan suyuq havoni sekin-
astalik bilan qizdirilsa, azot birinchi bo‘lib isib, bug‘lanib chiqib ketadi. Natijada, idishda faqat
suyuq kislorod qoladi.
Azot va kislorodning qaynash haroratlari har xil ekanligi tufayli biz suyuq havoni
fraksiyalarga taqsimlash
, ya’ni,
havoni ajratish
imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Ya’ni, biz havoni
kislorod va azot fraksiyalariga ajratamiz. Ushbu fraksiyaning har ikkalasi ham ishlab chiqarish,
19
va tibbiyot uchun muhim ashyolar sanaladi. Ularni ballonlarga qamab, iste’molchiga yetkazib
berish, yoki, quvurlar orqali uzatish mumkin.
Kislorodning tibbiyotda qo‘llanishi faqat bemorlarga sun’iy nafas berish amaliyoti
bilan cheklanmaydi. U shuningdek, anesteziya preparatlari bilan kombinatsion qo‘llash orqali
bemorni xushsizlantirish uchun ham ishlatiladi. O‘pka orqali anesteziya olayotgan bemor
kislorod bilan aralashma holatidagi efir yoki boshqa preparatdan nafas oladi.
Sanoatda esa, kislorodni yoqilg‘i gazlarga maxsus qo‘shib alanga hosil qilish orqali,
olov kuchini orttiriladi. Shundagina gazosvarka vositasida po‘latni kesish va payvandlash
mumkin bo‘ladi.
Suyultirib siqilgan kislorod esa zamonaviy reaktiv snaryadlarda va raketalarda yoqilg‘i
yonish texnologiyasi tarkibida qo‘llanadi.
Yuqorida aytilganidek, kislorod molekulasi ikkita atomdan iborat bo‘ladi. Lekin bu
kislorodning yagona shakli emas. Tabiatda shuningdek, kislorodning uchta atomdan iborat
molekulasi ham uchraydi. Uch atomli kislorod ham ikki atomli singari, o‘sha-o‘sha
kislorodning o‘zi. Faqat uning reaksiyalarda o‘zini tutishi va kimyoviy faolligi biroz
boshqacha. Uning boshqacha ekanligidan, kimyogarlar uch atomli kislorod uchun butunlay
boshqa nom ham o‘ylab topishgan. Uning nomi
ozon
deyiladi.
Yon atrofimizdagi oddiy havo tarkibida ozon deyarli yo‘q. U atmosferaning faqat eng
yuqori qatlamlaridagina uchraydi. Biroq, siz uni na tog‘lar tepasida va baland parvoz qilgan
havo sharida uchratmaysiz. Agar uchratganingiz taqdirda ham ozon sizga umuman yoqmagan
bo‘lardi. Chunki, uning oddiy kisloroddan farq qiluvchi juda o‘tkir yoqimsiz hidi bor.
Shuningdek, ozon birmuncha zararli (zaharli) gaz hamdir.
Ozon
nomining o‘zi ham uning o‘sha
o‘tkir hidi evaziga kelib chiqqan. Yunonchada «
ozone
» so‘zi «hidlanaman» degan ma’noni
beradi.
Ikki atomli kislorodga uchinchi atomi biriktirish unchalik ham oson ish emas. Uchinchi
atomi qo‘shib qo‘yish uchun uni majburlash kerak. Buning uchun esa muayyan miqdorda
energiya kerak bo‘ladi. Bunday energiyani yuqori kuchlanishli elektr orqali olish mumkin.
Bunda, muayyan elektr asboblar yaqinidagi havodagi kislorodning ayrim qismi ozonga
aylanadi. Uning hosil bo‘lganligi havoda keskin o‘tkir hid paydo bo‘lganidan seziladi. Ozon
hosil qilish uchun kerakli energiyani shuningdek, ultrabinafsha nurlanish orqali ham berish
mumkin. Quyosh nurlari tarkibida ultrabinafsha nurlar yetarlicha bo‘ladi. Quyosh nurlari
Koinotdan Yer atmosferasiga kirib kelar ekan, uning eng yuqori qatlamlaridagi havodagi
kislorodni ozonga aylantira oladigan energiyaga ega ultrabinafsha nurlar olib keladi. Shu
sababli ham, ozon atmosferaning eng yuqori qatlamlarida hosil bo‘ladi. Odatda, dengiz
sathidan taxminan 24 km balandlikdagi atmosfera qatlamlarida shunday ozon miqdori ko‘p
bo‘ladi. Shu sababli ham, asosan ozondan tashkil topgan ushbu qatlam
ozon qatlami
deyiladi.
Ozon qatlami butun atmosfera qalinligiga nisbatan olganda juda yupqa bo‘lib, u Quyoshdan
kelayotgan ultrabinafsha nurlarini tutib qolishdek muhim vazifani bajaradi va shu orqali, Yer
sirtini ushbu zararli nurlanishlardan himoya qiladi. Agar ozon qatlami bo‘lmasa, Quyoshdan
20
Yer yuzasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelgan ultrabinafsha nurlari hayot uchun xatarli bo‘lgan
bo‘lardi.
Shu sababli, ozon qatlami sayyoramizdagi hayot uchun juda katta ahamiyatga egadir.
Yuqorida aytilganidek, ikki atomli kislorod molekulasiga uchinchi atomni qo‘shib qo‘yish
ancha qiyin. Lekin, o‘sha uchinchi atomni qayta chiqib ketishi juda osondir. Shu sababli, ozon
juda osonlik bilan oddiy kislorodga aylanadi. Ya’ni, u juda beqaror gazdir. Bunda, ozondan
xalos bo‘lgan bir dona kislorod atomi yana boshqa biror narsa bilan darhol birikish yo‘lini izlay
boshlaydi. Shu tariqa, ozon oddiy kisloroddan ko‘ra osonroq kimyoviy reaksiyalarga kirishadi.
Ozon oddiy kisloroddan ko‘ra faolroqdir. O‘z vaqtida, reaktiv dvigatellarda suyuq kisloroddan
ko‘ra suyuq ozonni qo‘llash borasida ham g‘oyalar bo‘lgan edi. Biroq, ozonning beqarorligi
tufayli ushbu g‘oya amalda o‘z yechimini topa olmadi.
Ozondan texnikada oqartiruvchi reagent sifatida ham qo‘llaniladi. Muayyan
moddalarning rangi ozon ta’sirida o‘chib ketishi mumkin. Shunday moddalarga ozon bilan
ta’sir qilinsa, ular oqarib, tozalanadi. Shuningdek, ozon yaxshigina dezodorant, ya’ni,
hidsizlantiruvchi vosita ham bo‘la oladi.
Ozondan yana ichimlik suvi tarmog‘ini va suvining o‘zini tozalashda ham keng
foydalaniladi. Bunda, muayyan miqdordagi ozon havo bilan aralashtirilgan holda quvurga
yuboriladi. Uning ta’sirida bakteriyalar o‘ladi va kimyoviy chiqindilar parchalanadi. Barcha
ish bitgach, ozonning o‘zi yana xavfsiz kislorodga aylanib ketadi va izsiz yo‘qoladi.
Aynan bir xil elementning ikki yoki undan ortiq turli shakllarda mavjud bo‘lishini ilm-
fanda
allotropiya
deyiladi. Ozon bu kislorodning allotropik shaklidir. Ozon kisloroddan
shuningdek rangi bilan ham farq qiladi. U xiyol moviy rangga ega. Suyuq ozon esa qora rangga
yaqin bo‘lgan o‘ta to‘q ko‘k rangda bo‘ladi.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |