10
birikmalarni va birikmalarning aralashmalarini farqlaydilar. Birgina odam tanasining o‘zi
minglab turdagi birikmalardan tashkil topgan.
Biror bir moddani tashkil qiluvchi molekulalarning hammasi faqat bir turdagi
atomlardan tashkil topgan bo‘lsa, materiyaning bunday turi
element
deyiladi. Kimyoda 118 xil
atom mavjudligiga ko‘ra, xuddi shuncha, ya’ni, 118 xil element bor deyiladi.
Ushbu elementlar butun Koinot va undagi jamiki narsalarni tashkil qiluvchi
materiallardir. Ya’ni, ular borliqning moddiy asosini tashkil qiladi. Tabiat bizga ma’lum va
noma’lum barcha moddalarni ana shu 118 xil elementdan yaratgan.
Mazkur 118 xil elementdan ba’zilarini biz juda yaxshi taniymiz va ular bilan
har nafas
muomalada bo‘lamiz. Masalan, kislorod, azot vodorod singarilari shular jumlasidandir. Yana
ayrim elementlar biz uchun juda qadimdan tanish va ulardan turmushda keng foydalanamiz.
Xususan, mis, kumush, oltin, temir singari elementlar shunday elementlar sirasiga kiradi. Yana
shunday elementlar borki, ularni biz kundalik hayotda deyarli uchratmaymiz va ularni o‘z
ko‘zimiz bilan ko‘rish uchun maxsus jihozlangan kimyoviy laboratoriyalarga tashrif buyurish
kerak bo‘ladi. Eng murakkab va nozik elementlarni biz singari oddiy odamlar hech qachon
ko‘rmaymiz va ular faqat professional kimyogarlargagina ma’lumdirlar.
Qo‘lingizdagi kitobda, o‘sha 118 xil elementlarning har biri haqida imkon qadar
mufassal va qiziq holda hikoya qilinadi. So‘z albatta bizga eng yaxshi tanish va tabiatda
nisbatan keng tarqalgan elementlardan boshlanadi.
Avvalboshda, barcha elementlar uchun umumiy tarzdagi ayrim faktlarni aytib o‘tsak.
Elementlarning har biri boshqasidan o‘z
kimyoviy va xossalari, tashqi ko‘rinishi va boshqa
belgilariga ko‘ra keskin farq qiladi. Ulardan biri qora va qattiq bo‘lsa, boshqalari yarqiroq va
yumshoq bo‘ladi; ba’zilari mo‘rt, ayrimlari muayyan sharoitlarda suyuq va hatto gaz holatida
bo‘lishi mumkin; ba’zi elementlar rangsiz va hidsiz, boshqalari rangdor va hidga ega bo‘ladi.
Turli elementlarning atomlari bir-biri bilan o‘zaro va boshqa elementlar bilan birikishda, turli
xil yo‘llardan foydalanadi. Bu esa, ularning kimyoviy xossalari ham keskin farqlanishini
bildiradi.
Kimyogarlar elementlarning ushbu xilma-xilligini qandaydir yo‘l bilan tartibga
keltirishga harakat qilib kelganlar. Muayyan muddat izlanishlardan so‘ng, olimlar
elementlarning o‘zi ham yanada maydaroq zarrachalardan tashkil topishini bilib oldilar.
Atomning tashqi qavati muayyan aniq bir son miqdorini
tashkil qiluvchi juda mayda
zarrachalardan –
elektronlardan
iborat. Har bir alohida tur atomda faqat o‘zigagina xos bo‘lgan
sondagi elektronlar miqdori bo‘ladi. Eng sodda tuzilishga ega atomda faqat bitta elektron
mavjud bo‘ladi. Nisbatan murakkabroq atomlarda elektronlar soni ham ko‘proq, ya’ni, ikkita,
uchta, o‘nta, yigirmata... tarzida ketaveradi va shu son orada biror ketma-ketlikni uzmay, to
118 ga qadar davom etadi. Shu sababli ham, kimyogarlar elementlarni nafaqat nomi bilan,
balki,
atom raqami
bilan ham taniydilar. Me’yoriy sharoitda 23 ta elektronga ega bo‘ladigan
atom, ya’ni, 23 ta elektronga ega elementning atom raqami ham 23 bo‘ladi.
11
Ushbu elektronlar markazda turuvchi atomning atrofi bo‘ylab, qavat-qavat
ko‘rinishdagi,
yoki boshqacha aytganda, pog‘onalar bo‘yicha joylashgan bo‘ladi. Shunday
pog‘onalardan biri elektronlar bilan to‘lib bo‘lgach, navbatdagi elektron keyingi pog‘onadan
joy oladi. Masalan, 3-raqamli element atomga eng yaqin pog‘onada to‘liq sondagi
elektronlarga ega va undan keyingi ikkinchi pog‘onada atiga bir dona elektroni mavjud. 11-
raqamli elementda esa elektronlar bilan to‘lgan ikkita pog‘ona mavjud va uning ham uchinchi
pog‘onasida atiga bitta elektron bo‘ladi. 19-raqamli elementning esa birinchi uchta pog‘onasi
elektronlar bilan to‘liq egallangan va to‘rtinchi pog‘onada bitta elektron mavjud bo‘ladi.
Muayyan elementning kimyoviy xossalari asosan, uning atomidagi eng tashqi elektron qavatda
nechta elektron borligiga bog‘liq bo‘ladi.
3, 11 va 19-raqamli elementlarning bir-biriga o‘xshash jihati shuki, ularning
hammasining atomidagi eng tashqi elektron qavatda atiga bittadan elektron mavjud. Ularning
har uchalasi havoda tez xira tortadigan va oson eriydigan yumshoq metallar sanaladi.
Kimyogarlar elementlarni shunday jadval bo‘ylab tartiblashganki, bir-birga o‘xshash
elektron qavat tuzilishiga ega elementlar bitta ustun bo‘ylab va ba’zan bitta qator bo‘ylab
joylashadi. Elementlarning bu tariqa jadval ko‘rinishida joylashtirilishi
davriy jadval
deyiladi.
Agar siz davriy jadvalga diqqat qaratsangiz, 3, 11 va 19-raqamli elementlar, shuningdek, 37,
55 va 87-raqamli elementlar bitta ustunda joylashganligini ko‘rasiz. 2, 10, 18, 36, 54 va 86-
raqamli elementlar esa boshqa bir ustun bo‘ylab ustma-ust joylashgan. Bir qator bo‘ylab
joylashgan va bir-biriga juda o‘xshaydigan elementlar ketma-ketligiga misol qilib esa, 26-27-
28 raqamli elementlarni, yoki, 57 dan 71-raqamligacha bo‘lgan elementlar qatorini ko‘rsatish
mumkin.
Shu tariqa, davriy jadvaldan foydalanib, siz birdaniga bir necha elementlarning
xossalari haqida umumiy tasavvur hosil qilishingiz mumkin bo‘ladi. Men ham, davriy
jadvaldan foydalangan holda, bitta hikoyaning o‘zida bir necha o‘zaro o‘xshash element haqida
bayon qilib o‘taman.
Keyingi sahifada, o‘sha biz aytgan 118 xil elementning
atom raqamlari va davriylik
qonuniyati asosida joylashtirilgan jadvali keltirilgan. Davriy jadvalning kataklari interaktiv
bo‘lib, ya’ni, agar siz kitobni elektron tarzda mutolaa qilayotgan bo‘lsangiz, katakcha ustiga
bosishingiz bilan, o‘sha katakchada joylashgan element haqidagi hikoyaga o‘tiladi (ya’ni,
katakchada hikoyaga havola yashiringan).
Darvoqe’, ushbu jadval «
Do'stlaringiz bilan baham: