Koinotning qurilish ashyolari


III-BOB: AZOT – JONSIZ ELEMENT



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

III-BOB: AZOT – JONSIZ ELEMENT 
Kislorod 
haqidagi 
bobda 
ushbu 
elementning havodagi ulushi 1/5 miqdorda 
ekanini aytgan edik. Havodagi o‘sha qolgan 4/5 
qism ulushni, ya’ni, deyarli 78% qismini azot 
gazi tashkil qiladi. Ushbu element davriy 
jadvalda 7-raqam bilan o‘rin olgan.
XVIII-asrda kimyogarlar kislorodni 
kashf etishganidan keyin, ular havoda yana bir 
boshqa gaz ham mavjudligini fahmlashgan. 
Ushbu gaz yonishga yordam bermasdi va 
oksidlanish jarayonlarida ishtirok etmas edi. 
Yopiq idish ichida yoqib qo‘yilgan sham, 
ichkaridagi havoning taxminan 1/5 qismini 
sarflab, keyin esa o‘chib qolardi.
Chunki, o‘sha hajmning 1/5 qismini egallagan kislorod tugab bitgach, qolgan gaz 
shamning yonishiga ko‘maklasha olmagan. O‘sha gaz shuningdek hayot uchun (to‘g‘rirog‘i 
nafas olish uchun) ham keraksiz gaz ekani ayon bo‘lgan. Chunki, xuddi sham singari, yopiq 
idishga qamab qo‘yilgan sichqon, u joyda kislorod tugashi bilan o‘lib qolardi. Vaholanki, hali 
idish ichidagi havoning 75% dan ziyod qismi ishlatilmagan bo‘lardi.
Ushbu, hayot uchun kerkasiz gazni 1772-yilda shved kimyogari Karl Sheele «aynigan 
havo» deb atagan. Lavuazye esa unga biz tanigan nomni, ya’ni, «azot» nomini qo‘yib bergan. 
Ushbu nom yunon tilida «
a-
» old qo‘shimchasidan keyin kelgan «
zote
» o‘zak so‘zidan 
yasalgan. Yunon tili qoidalariga ko‘ra, «
a-
» old qo‘shimchasi o‘zidan keyin kelgan so‘zga 
inkor ma’nosini beradi. «
Zote
» so‘zi esa yunonlarda «tiriklik», «hayot» va «jon» ma’nolarini 
bergan. Shunga ko‘ra, «azot» termini «jonsiz» deb tarjima qilinsa o‘rinli bo‘ladi. Bunda 
Lavuazye ushbu elementning nafas olish uchun kerkasiz bo‘lganiga ishora qilgan va uni tiriklik 
uchun keraksiz modda deb o‘ylagan.
Biroq, ta’kidlash joizki, elementning «azot» nomi faqat farang tilida, hamda, kimyo 
farang tili orqali ommalashgan rus tilida shunday o‘rnashib qolgan. O‘zbek tiliga esa ushbu 
atama rus tilidan kirib kelgani sababli, bizda ham shu nom saqlanib qolgan. Davriy jadvaldagi 
7-raqamli element dunyoning aksar mamlakatlarida, xususan, ingliz tili hukmron bo‘lgan 
davlatlarda «
nitrogen
» deb nomlanadi. Ushbu nomning ma’nosi «selitra tug‘diruvchi» degani 
bo‘lib, haqiqatan ham selitra moddasi tarkibida ko‘p miqdorda azot atomlari mavjud bo‘ladi.
Azot zaharli emas. Biz har nafas olganimizda va chiqarganimizda havodan katta 
miqdorda azotni yutamiz va qayta chiqaramiz. Shu sababli, odatiy sharoitlarda u bizga ziyon 
yetkazmaydi. Sof azotdan iborat muhitda esa odam uzoqqa bormay jon beradi. Lekin, bu 
shunchaki, kislorod yetishmasligi tufayli sodir bo‘ladi va azotning o‘zi tanani zaharlamaydi. 
Vodorod ham xuddi shunday. U ham nafas olishga yaroqsiz, lekin o‘zi zaharli emas.


30 
Azot faqat bir holatda odamga zarar yetkazishi mumkin. Azot suvda va yog‘ 
kislotalarda kam miqdorda eriydi. (Kislorod va vodorod bilan ham shu holat sodir bo‘ladi). 
Tanamizga o‘pka orqali kirib kelayotgan azotning bir qismi qonda va to‘qimalarda eriydi. Bu 
– oddiy holat va undan tanamizga zarracha ham zarar yo‘q.
Lekin, azot katta bosim ostida berilayotgan bo‘lsa, u qonda va to‘qimalarda ko‘proq 
yig‘ilib qola boshlaydi. Bunday holat odatda g‘avvoslar rosa chuqur suv ostida ishlayotganida, 
shuningdek, daryo va ko‘llar tubida tunnel qazish ishlarida ishlayotganda yuzaga keladi. Lekin, 
gaz hali erigan holatda bo‘lgan paytda u xatarli emas.
Lekin, bunday sharoitda ishlayotgan odam, keskin ravishda birdaniga suv tubidan 
yuqoriga chiqa boshlasa, bosim ham tezkor o‘zgara boshlaydi. Qon va to‘qimalardagi erib 
to‘plangan ortiqcha azot esa bunday keskin bosim me’yorlashishiga birdaniga moslasha 
olmaydi. Shunda, o‘sha erigan azot shiddat bilan yana gaz holatiga qayta boshlaydi va bog‘im 
va mushaklarda o‘ta kuchli og‘riq keltirib chiqaradi. Bu og‘riq nihoyatda qattiq bo‘lishi bilan 
birga, hayot uchun o‘ta xatarli hamdir. Dengiz ostiga sho‘ng‘ib tubdan marjon va marvaridlar 
olib chiqadigan, yoki baliq ovlaydigan odamlar ko‘pincha shunday holatga tushib jon beradi. 
Sohil bo‘yi odamlari mazkur holatni «

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish