gidrogenlash
jarayoni deb ataydilar.
Vodorodning yoqilg‘i xossalarini albatta kimyogarlar eng birinchi bo‘lib aniqlashgan.
Vodorodni 1766-yilda ingliz kimyogari Genri Kavendish tomonidan kashf qilingan va
o‘rganilgan. Kavendish o‘zi kashf qilgan ushbu elementni
yonuvchi havo
deb nomlagan.
Elementning zamonaviy nomini esa, oradan bir necha yillar o‘tib, mashhur farang kimyogari
Antuan Lavuazye tomonidan berilgan. Lavuazye Kavendish kashf qilgan elementga lotincha
Hydrogenum
, ya'ni, «
suv tug‘diruvchi
» degan nomni biriktirgan.
Lavuazye biriktirgan mazkur nom, haqiqatan ham element tabiatiga mos va xos
bo‘lgan, juda to‘g‘ri tanlangan nomdir. Chunki, vodorodning yonish jarayonida suv hosil
bo‘ladi. Kimyo laboratoriyalarida vodorod alangasi ustida shisha probirka tutib turgan holda,
probirka ichida suv tomchilari hosil bo‘lishini namoyish qilish tajribasi ko‘p takrorlanadi.
Aslida ham shunday, vodorod haqiqatan ham suv tug‘diradi. Siz bilan biz ko‘rgan va
ko‘rmagan barcha suv miqdori – dengizlar, ko‘llar, daryolar, ummonlar, buloqlar va hatto
yomg‘ir suvlari ko‘lmaklaridagi suv ham, shuningdek, qor, muz ko‘rinishidagi qattiq suv ham,
hamda, bug‘ ko‘rinishidagi gazsimon suv ham – barcha-barchasi – ikki atom vodorod va bir
atom kisloroddan iboratdir.
Yer sayyorasi tabiati uchun, hamda, undagi hayot uchun suv shu darajada o‘ta
favqulodda katta ahamiyatga egaki, suvsiz na odamlar va na umuman jonli tabiat mavjud bo‘la
olmas edi. Haqiqatan ham, suv juda ajoyib va hayratlanarli moddadir. U haqida katta-katta
jildli kitoblar bitish mumkin (bunday kitoblar allaqachon yozilgan ham
). Suvning
ahamiyatini tasavvur qilish uchun birgina faktga murojaat qilish kifoya: odam tanasining ham
60% dan ziyod qismini suv tashkil qiladi. Asosan suvdan tashkil topganligini sababli, (suv esa
asosan vodoroddan tashkil topganligi sababli) odam tanasida vodorod atomlari soni, qolgan
barcha atomlar sonidan ham ko‘p bo‘ladi.
Suv – vodorod va kisloroddan tarkib topganligi sababli, suvni kimyoviy parchalash
orqali, alohida holdagi vodorod va kislorod olish mumkin. Agar suvga muayyan sharoitlar
ta’minlangan holda elektr toki tushirilsa, undagi gazsimon kislorod o‘tkazgichlardan birining
yaqinida, gazsimon vodorod esa, ikkinchi o‘tkazgich yaqinida yig‘ila boshlaydi. Elektr toki
vositasida moddalarni tarkibiy qismlarga parchalash jarayonini
elektroliz
deyiladi. Moddaga
tushirilgan, turli qutbli (musbat va manfiy) o‘tkazgichlarni esa,
elektrodlar
deyiladi.
Sanoat miqyosida vodorod ayni shu usul bilan olinadi. Suvni elektrolizlash – kislorod
olishning ham eng asosiy usullaridan biridir.
Avvallari vodorod olish uchun kimyogar-texnologlar asosan turli kislotalardan
foydalanishgan. Kislotalar tarkibida ham muayyan miqdorda vodorod atomlari bo‘ladi va
kislotalarda vodorod olishning afzalligi – kislota tarkibidagi vodorodning nisbatan erkin bo‘lib,
28
ajratib olish ham osonroq ekanligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Kislota qancha kuchli bo‘lsa, undagi
vodorod atomlari ham shunga yarasha erkin bo‘ladi. Ba’zi metallarni kislotaga solib qo‘yilsa,
metall va kislota o‘zaro reaksiyaga kirishib, jarayonda vodorod ajralib chiqadi. Jarayon
natijasida hosil bo‘layotgan vodorod atomlari darhol bir-biri bilan birikib, vodorod
molekulasini hosil qiladi. Avtomobillardagi akkumulyatorlarda ham kislota va metallar
uyg‘unligi qo‘llaniladi. Shu sababli, avtomobil akkumulyatori ichida ham vaqti-vaqti bilan
vodorod hosil bo‘lishi mumkin.
Vodorod va kislorod atomlari birikishida hosil bo‘ladigan yagona modda bu – suv
degan fikr ham yanglish fikrdir. Xuddi, ikki atomli kislorod molekulasiga yana bir kislorod
atomi kelib qo‘shilsa, beqaror va faol ozon gazi hosil bo‘lishi singari, suv molekulasiga yana
bir kislorod atomi qo‘shib qo‘yilsa, u ham beqaror va faol
vodorod periksi
moddasiga aylanadi.
Vodorod perikisi molekulasi ikki atom vodorod va ikki atom kislorodda iborat bo‘ladi.
Uning beqaror deyilishiga sabab, bu modda birinchi imkoniyat tug‘ilishi bilanoq, o‘zidagi
ortiqcha (ikkinchi) kislorod atomidan mosuvo bo‘lishga intiladi. Bu moddadan raketalar uchun
yoqilg‘i tayyorlashda tarkibiy qism sifatida ham foydalaniladi. Shuningdek, vodorod periksi
antiseptik sifatida tibbiyotda ham qo‘llaniladi.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan, vodorod perikisini ataylab suv bilan aralashtiriladi.
Dorixonalarda sotiladigan vodorod periksi, uning atiga 3%-lik eritmadan iborat bo‘ladi.
Qolgan 97% qismi esa suv bo‘ladi. Bundan ziyod nisbatlardagi aralashma (eritma) esa –
salomatlik uchun xavfli bo‘ladi.
Yorug‘lik va issiqlik ta’sirida vodorod periksi tezkorlik bilan oddiy suvga aylanadi. Shu
sababli ham, dorixonalarda vodorod perikisini ichiga yorug‘lik o‘tmaydigan juda to‘q qo‘ng‘ir
rangli qalin shisha idishlardan sotiladi. Shu sababli ham, bunday dori vositalari qo‘llanmasida
(tibbiy yo‘riqnomasida) ataylab «
salqin va qorong‘u joyda saqlansin
» - deb alohida ta’kidlab
qo‘yiladi. Vodorod periksi bilan hamshiralar bemor tanasidagi jarohat va yara joylarga malham
qo‘yishadi. Chunki, bu modda bakteriyalarni o‘ldiradi va yara yoki jarohatning yiringlab
ketishini oldini oladi.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |