havo sharlari
aynan shu tamoyil asosida parvoz
qilishini yaxshi bilsangiz kerak.
Havo sharlari – nisbatan yangi ixtirolar sirasiga kiradi. Odamni ko‘tara oladigan
darajadagi katta havo sharini eng birinchi bo‘lib 1783-yilda Fransiyada, aka-uka Jozef va Etyen
Mongolfyelar tomonidan yasalgan. Lekin aka-uka Mongolfyelar sharni to‘ldirish uchun
vodoroddan emas, shunchaki qizigan havodan foydalanishgan. Qizigan havo – oddiy havodan
ko‘ra siyrakroq va yengilroq bo‘ladi va u ham sharni muayyan masofagacha ko‘tarishi
24
mumkin. Lekin, havo sharini ko‘tarish uchun vodorodni tadbiq qilish ham atiga bir necha
oydan keyin sinab ko‘rilgan.
Odatda, bunday havo sharlari havoga ko‘tarilgach ixtiyori o‘zida bo‘lmaydi va shamol
qayoqqa olib ketsa, o‘sha yoqqa uchaveradi. Lekin, agar havo shariga biroz yoqilg‘i zahirasi
bilan motor o‘rnatib uchilsa, yetarli balandlikka erishgandan so‘ng, motorni ishga tushirib,
havo sharini kerakli yo‘nalishda boshqarish mumkin bo‘ladi. Bunday boshqariladigan havo
sharlarini
dirijabl
deyiladi.
Tarixda ilk muvaffaqiyatli parvoz qilgan dirijablni 1900-yilda Germaniyada graf
Ferdinand fon Zeppelin tomonidan yasalgan edi. Zeppelin oddiy havo sharlaridan farli
ravishda, vodorod bilan to‘ldiriladigan hajmni alyuminiydan yasagan. 1930-yillargacha
bunday dirijabllarga bo‘lgan qiziqish jahonning rivojlangan mamlakatlarida juda yuqori
bo‘lgan. 30-yillarda Buyuk Britaniya, AQSH, Italiya va Fransiyada dirijabl yasash nihoyatda
istiqbolli yo‘nalish sanalib, hatto sanoat miqyosigacha olib chiqmoqchi bo‘lishgan. O‘sha
paytlarda eng mukammal va ulkan dirijabllar Germaniyada ishlab chiqarilgan. Nemislar bu
sohada ham jahonda yetakchilik qilishgan. Yevropaning yirik shaharlari orasida dirijabl
qatnovlari ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, butun ko‘hna qit’a bo‘ylab 150 dan ziyod dirijabl
parvoz qilgan.
Bunday dirijabllar juda ulkan o‘lchamlarga ega bo‘lib, ularning ba’zilari o‘sha davrning
eng baland binolaridan ham katta bo‘lgan. Ulkan vodorod miqdori joylashtirilgan katta hajmli
sig‘im ostida, yo‘lovchilar joylashadigan alohida kabina (bort) bo‘lgan. Vodorod sig‘imiga
qaraganda, ushbu bortning hajmi deyarli sezilarsiz kichik bo‘lgan. Shunga qaramay, 30-
yillarning o‘rtacha kattalikdagi dirijabllari ham o‘z bag‘riga 100 nafarga yaqin yo‘lovchini olib
parvoz qila olgan. Bu davrga oid dirijabl parvozlarida eng muvaffaqiyatli ishtirok etgan va
aytish mumkinki, eng ishonchli parvoz qilgan dirijabl bu - «graf Zeppelin» dirijabli bo‘lgan.
Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu dirijabl, uni loyihalagan konstruktorning sharafiga
nomlangan. «Graf Zeppelin» dirijabli juda ko‘p bora transatlantik parvozlarni amalga oshirgan
va hatto dunyoni aylanib chiqish parvozini ham uddalagan.
Dirijabllar ichida eng ulkani - «Gindenburg» dirijabli bo‘lgan. Biroq, aynan
«Gindenburg» - dirijabllarga bo‘lgan ishonchning batamom yo‘qolib, pirovardida, dirijabllar
flotining barbod bo‘lishiga sabab bo‘lgan. «Gindenburgni» o‘zini to‘ldirib turgan gaz, ya'ni,
aynan vodorod halok qilgan. Keling, bu falokatning sababini tahlil qilamiz:
Vodorod aslida juda faol element. Vodorod molekulalari kislorod molekulalari bilan
birikishi mumkin. Agar, shu holat yuz bersa, jarayonda oz miqdorda bo‘lsa-da, issiqlik va
yorug‘lik hosil bo‘ladi – ya'ni, energiya ajralib chiqadi. Boshqacha aytganda, vodorod – havoda
yonadi. Yonganda ham kuchli alanga bilan, och-havorang olov ko‘rinishida yonadi.
Siz albatta bunday olovni ko‘rgansiz. Chunki, xonadonlarda ovqat pishirish uchun
foydalaniladigan tabiiy gaz ham tarkibida asosan vodoroddan iborat (tabiiy gaz asosan metanda
iborat, metan tarkibida esa, bir atom uglerod va to‘rt atom vodorod mavjud, kimyoviy
formulasi – CH
4
). Demakki, biz maishiy gaz plitasida ovqat pishirganimizda, yoki choy
qaynatganimizda, amalda vodorodning yonishidan hosil bo‘lgan energiyadan foydalanamiz.
25
Sanoatda esa bunday maqsadlar uchun maxsus vodorodli mash’alalar (fakellar)
qo‘llaniladi. Metall gaz ballonlarida katta bosim ostida saqlanadigan toza vodorod bir truba
orqali yo‘naltiriladi. Yo‘l-yo‘lakay, unga boshqa trubadan toza kislorod aralashtiriladi.
Aralashuv deyarli trubalarning eng oxirida yuz beradi (chunki, trubalar chiqish joyiga juda
yaqin qolgandagina tutashtiriladi). Ushbu gaz aralashmasi yonganida, juda katta harorat bilan
alangalanadi. Bunday mash’alani
Do'stlaringiz bilan baham: |