Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

kislorod yonishga yordam 
beradi 
deyiladi. Aynan havoda mavjud kislorod o‘tinning, ko‘mirning, benzinning, qog‘ozning 
va boshqa barcha yonadigan narsalarning yonishini ta’minlaydi. Agar havoda kislorod mavjud 
bo‘lmaganida edi, Yerda hech qachon olov hosil bo‘lmasdi. Chunki, boshqa gazlar yonishga 
yordam bera olmaydi. Kislorodsiz muhitda alanga darhol o‘chadi.


17 
Oddiy sharoitlarda moddalar o‘zining 
alangalanish harorati
ga yetib bermagunicha 
yonmaydi. Agar harorat ushbu darajadan past bo‘lsa, moddaning kislorod bilan birikishi juda 
sekin kechadi. Bunday birikish jarayonida juda ham sezilarsiz, oz miqdordagi issiqlik ajralib 
chiqadi. Agar modda kislorod bilan birikish jarayonida hosil bo‘layotgan issiqlikni atrof-
muhitga tarqatmasa, bu issiqlik moddaning o‘zida yig‘ilib boradi. Masalan, moyga botirilgan 
latta-puttalar bilan shu hol sodir bo‘ladi. Unda kunlar va haftalar mobaynida shu issiqlik 
to‘planib borib, oxir-oqibat alangalanish haroratiga yetib boradi va 
o‘z-o‘zidan yonib
ketadi 
(chunki, olov o‘zidan-o‘zi hosil bo‘ladi). Bu juda xavfli va qaltis holatdir. Shu sababli, bunday 
moddalarga xushyor bo‘lish zarur.
Bizning hayotimiz ham, iste’mol qilingan ovqatning organizm ichida yonishi bilan 
bog‘liqdir. Bunday yonish bizga issiqlik va energiya beradi. U orqali biz xatti-harakatlarimizni 
bajarishga yetarli quvvat olamiz. Organizm ichida ozuqa moddalarning yonishiga yordam 
beruvchi kislorodsiz odam 5 daqiqa ham yashay olmaydi. Tiriklik uchun albatta havo kerak 
deganda, havo tarkibidagi aynan kislorodni nazarda tutiladi. Shu sababli ham kislorodsiz 
muhitda yashashning imkoni yo‘q. Agar kislorodi chiqarib tashlangan havo muhitdan nafas 
olsangiz, bir lahzadayoq dimiqib qolasiz. Tinch holatda turganda o‘rtacha odam bir soatda 
taxminan 20 litr atrofida kislorod yutadi. Agar odam faol harakatda bo‘lsa, ya’ni, masalan, 
sport bilan shug‘ullanayotganda bundan ham ko‘proq kislorod yutadi.
Hatto butun hayoti havosiz muhitda, ya’ni, suvda o‘tadigan jonivorlar, xususan, baliqlar 
ham kislorod bilan nafas oladi. Baliqlar «suv bilan» nafas oladi. Suvda doimo ma’lum 
miqdorda erigan kislorod mavjud bo‘ladi. Baliqlar jabrasi yordamida suvdagi o‘sha kislorodni 
ajratib oladi va qon-tomirlari orqali butun tanasiga yuboradi. Agar suvda erigan kislorod 
mavjud bo‘lmasa, baliqlar ham cho‘kib ketgan bo‘lardi 


Odamlarda o‘pkalar orqali havodan kislorod qabul qilish jarayonini qiyinlashtiruvchi 
ayrim kasalliklar uchrab turadi. Bunday odamlarga ba’zan vrachlar sof kislorod berish bilan 
yordam ko‘rsatishadi. Yurak-qon-tomir kasalliklarida ham bemorlarga kislorod niqoblari bilan 
yordam beriladi. Bunday holatda qonga odatdagidan ko‘proq kislorod yetib boradi va butun 
tana bo‘ylab qonni haydab berayotgan yurakka kuchlanish kamroq keladi.
Sof kislorodni maxsus metall ballonlarda bosim ostida saqlanadi. Bunday ballonlarga 
oddiy atmosfera bosimi ostida to‘ldirilgan kisloroddan ko‘ra 135 barobargacha ko‘proq 
kislorod sig‘dirish mumkin. Bunday ballonning og‘zini birdaniga katta ochib yuborilsa
ichkaridagi ulkan bosim ostidagi gaz shiddatli kuch bilan tashqariga chiqa boshlaydi. Bu xuddi 
raketaning ortidan gazlarning otilib chiqishi va raketani osmonga itarishiga o‘xshaydi. Bunday 
holat gaz ballonlardan foydalanayotgan odamlar uchun juda xavflidir. Chunki, ballon tartibsiz 
uchib ketib, odamga shikast yetkazishi mumkin. Shu sababli, ichida katta bosim ostida gaz 
saqlanadigan ballonlarning hammasi chiqish og‘zida gazni sekinlashtirib chiqaruvchi maxsus 
uskuna – reduktor bilan jihozlanadi.
Kislorod bilan ishlashda juda xushyor bo‘lish kerak. Yaqin atrofda ochiq olov 
bo‘lmasligi, uchqun chiqaradigan narsalar va harakatlar bo‘lmasligi, hamda, oson 


18 
alangalanadigan moddalar bo‘lmasligi shart! Albatta, kislorod o‘zi o‘z-o‘zidan yonib 
ketmaydi. Lekin, u boshqa moddalarning shiddat bilan yonib ketishiga kuchli yordam beradi.
Ballonlarni to‘ldiriladigan sof kislorod qayerdan olinadi? Kislorod olish usullaridan biri 
– uni nisbatan erkin holda bo‘ladigan turli birikmalar tarkibidan ajratib olishdir. Bunday 
moddalarni qizdirilganda, kislorod atomlari ajralib chiqadi va gazsimon kislorod ko‘rinishida 
to‘plab olinadi. Yig‘ib olingan kislorodni quvurlar orqali yo‘naltirib, biror ichida suv 
saqlanayotgan germetik idishga to‘plash mumkin. Bunday idishga kislorod to‘planib borishi 
bilan undagi suvni siqib chiqara boshlaydi. Suv butunlay qolmagach, demak, ichkarida faqat 
toza kislorod qolgan bo‘ladi.
1772-yilda avvaliga shved kimyogari Karl Sheele va keyinroq, 1774-yilda ingliz 
kimyogari Jozef Pristli bir-biridan mustaqil holda, xuddi shu usul bilan tarixda birinchi marta 
toza kislorod olishga muvaffaq bo‘lgan edilar. Ularning ikkalasi ham, yig‘ib olingan bu gaz 
oddiy havodan farqli ekanini darhol anglashgan. Sheele bu gazni «

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish