28
3.2. Siydik ayirish tizimi organi kasalliklari
Buyraklar ko‘pincha juda xilma-xil kasalliklarda zararlanadi.
Lekin siydik ajratib chiqarish funksiyasi bilinar darajada
o‘zgarmaydi. Bu funksiya buyrakning uch turli zaharlanishida
hamisha
va ayniqsa, kuchli buziladi: glomerulonefrit, nefroz,
nefrosklerozda.
Nefrit — buyrakning yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallik.
Agar buyrak tugunlarining yallig‘lanishi bilan kasallik kechsa,
glomerulonefrit deyiladi. Agar tugunlarning ko‘p qismi yallig‘lansa,
uyali glomerulonefrit, qarama-qarshi hodisa esa
diffuzglomerulonefrit
deyiladi.
Glomerulonefrit o‘tkir va surunkali bo‘ladi. O‘tkir glomeru-
lonefrit tugunlardagi alterativ, ekssudativ va proliferativ jarayonlar
yig‘indisidan iborat. Yog‘li distrofiya
kapillarlar turlarini hosil
qiluvchi epiteliyning nekrozga uchrashi va tugunchaga ko‘chib
tushishi o‘sha joyni nekrozga uchratadi.
Surunkali glomerulonefritda o‘tkir glomerulonefrit o‘rtacha
surunkali o‘tadi. Bunda tugun massalari bo‘shab qoladi. Oraliq
hujayra va ploliferatsiya jarayonlari bir vaqtda yuzaga keladi. Unda
buyrak ikkilamchi burishgan buyrak degan nom oladi. Qon bosi-
mi oshadi, natijada chap qorincha giрertrofiyasi yuzaga keladi.
Nefroz buyraklarning siydik chiqarish funksiyasining buzilishi
bilan va ularda turli distrofik o‘zgarishlarning yuzaga kelishi bilan
kechadi. Organizm kasalligi nefroz
deyiladi. Lekin har doim ham
bu kasallikda siydik chiqarish funksiyasi buzilavermaydi. Nefrozda
to‘qimalar shishadi va bo‘g‘imlarga suv yig‘iladi, siydik bilan ko‘p
oqsil va xloridlar ajraladi. Buyrakdagi o‘zgarishlarga qarab nef-
rozning quyidagi shakllari farqlanadi: amiloidli, mukoidli, aralash,
nekrotik nefroz.
Amiloidli nefrozda tugunchalarga,
qon tomir devorlariga va
buyrak kanalchalariga amiloidlar o‘tirib qoladi. Mukoidli nefrozda
buyrak kanalchalarining epiteliylarida va oraliq to‘qimalarda
yog‘simon modda borligi aniqlanadi.
Aralash nefrozda buyrak kattalashadi, qattiqlashadi, oqsil
ko‘payadi, yorib ko‘rilganda amiloidlar ko‘p bo‘lganligidan yog‘
kabi yaltirab turadi. Ba’zan buyrak burishib qoladi. Bu kasallik odat-
da o‘lim bilan tugaydi. Nekrotik nefrozda burama kanalchalarda nek-
29
roz
yuz beradi, ular qurib, kanalchalar yo‘lini to‘sib qo‘yadi.
Siydikda oqsil, eritrotsit paydo bo‘ladi. Nekrotik nefroz o‘tkir kasallik
hisoblanadi. Asosan, bakteriyali yoki sulemadan zaharlanishdan
kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: