Klinik laboraтoriya тekshirish usullari


 Siydikni klinik tekshirish



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

3.3. Siydikni klinik tekshirish
Siydikni klinik tahlil qilish ko‘pgina kasalliklarni aniqlab olish
uchun muhim ahamiyatga ega va murakkab laboratoriya asbob-
anjomlari hamda qimmat turadigan sarflanuvchi materiallarni talab
qilmaydi. Odatdagi siydik tahlillari uchun ko‘p vaqt va mablag‘
kerak bo‘lmaydi. Shuning uchun ular birlamchi tibbiy-sanitariya
muassasalari uchun mos keladi.
Siydik hosil bo‘lishi va uning tarkibi buyrak koptokchalari
filtratsiyasi (glomerular filtratsiya)ga va buyrak to‘qimasi
kanalchalarida bo‘lib turadigan reabsorbsiya hamda sekretsiya
jarayonlariga bog‘liqdir. Siydik tarkibi odam ovqatining tarkibi va
organizmning metabolik faolligiga bog‘liq.
Normal siydik tarkibi quyidagicha bo‘ladi: suv – butun
hajmining 95 foizi atrofida elektrolitlar, jumladan, natriy, kaliy,
magniy tuzlari, xloridlar va bikarbonatlar; oqsil almashinuvi
mahsulotlari – mochevina, urat (siydik) kislotasi, kreatinin;
kislota-ishqorlar muvozanatini saqlab berishga xizmat qiladigan
kislota va ishqorlarning ortiqchasi.
Тurli kasalliklarda siydikda quyidagi moddalar topilishi mumkin:
oqsil, glukoza, keton tanachalari, bilirubin, urobilinogen, gemo-
globin, nitritlar.
Siydik tahlilining hamma usullarini to‘rt guruhga ajratish
mumkin:
— umumiy sifat usullari;
— siydik cho‘kmasi mikroskopiyasi;
— miqdoriy usullar;
— maxsus usullar.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘-
g‘inidagi laboratoriyalar uchun tavsiya etiladigan umumiy sifat
usullari va siydik cho‘kmasi mikroskopiyasining texnikasi bayon
etiladi. Miqdoriy va maxsus usullar kiritilmagan.
Siydikni sifat jihatidan tekshirishning standart usullari va
mikroskopiya texnikasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


30
— siydikning tashqi ko‘rinishi va rangiga mikroskopik baho
berish;
— bir martali va bir kecha-kunduzli siydik hajmini o‘lchash;
— siydikning solishtirma og‘irligini o‘lchash;
— oqsil, glukoza, bilirubin, qon, keton tanachalari, pH,
urobilinogen, nitritlarni aniqlash uchun qo‘yiladigan kimyoviy
sinamalar;
— sentrifugalangan siydik cho‘kmasi mikroskopiyasi.
Siydik tahlili uchun ko‘pgina laboratoriyalar oqsilni aniqlash
uchun sulfosalitsil kislotasi bilan qo‘yiladigan sinama singari
qimmatga tushmaydigan va ish uchun qulay bo‘lgan an’anaviy
usullardan foydalanadilar. Moliyaviy imkoniyatlar yaxshilanib
borgani sayin sifat usullaridan yarim va to‘liq miqdoriy usullarga
o‘tish tavsiya etiladi. Chunki bunday usullar ish sifatini oshiradi
va natijalarning aniq chiqishini ta’minlaydi.
Birlamchi bo‘g‘in laboratoriyalari sharoitlarida siydikni
tekshirish uchun siydikdagi turli tarkibiy qismlarini aniqlashga
imkon beradigan reaktivli test-tilimchalardan foydalanish qulay
va ishonchli bo‘lib hisoblanadi. Bular orasida oqsil va glukozani
aniqlash maqsadida yarimmiqdoriy tahlillar uchun ishlatiladigan
test-tilimchalarga e’tibor berish kerak. Siydikning solishtirma
og‘irligini va kislota-ishqoriy ko‘rsatgichi (pH)ni aniqlash uchun
ishlatiladigan test-tilimchalar bor. Biroq ularning qimmatligi tufayli
an’anaviy usullar ko‘proq mos keladi. Test-tilimchalarni tejab
ishlatish uchun ulardan har birini yangi o‘tkir qaychi bilan
uzunasiga qirqib, ikki qismga ajratish tavsiya etiladi.
Тest-tilimchalar sifatini tekshirib ko‘rish uchun sanoat yo‘li
bilan tayyorlangan eritmalar mavjud bo‘lsa-da, lekin ular ancha
qimmat turadi. Тest-tilimchalar bilan olingan natijalarning namuna
dublikatlarini birmuncha yirikroq laboratoriyalarda biokimyoviy
standart usullar bilan tekshirib, olingan natijalarga solishtirib
ko‘rish yo‘li bilan sifatini tekshirib, nazorat qilib turish muam-
mosini hal qilish mumkin. Тahlillar o‘tkazishning barcha usullariga
sifatni nazorat qilish ishlari kiritilgan.
Bu bobda o‘ziga xos siydik tahlillarini o‘tkazish uchun qo‘l
keladigan usullar ham sanab o‘tiladi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish