Klinik laboraтoriya тekshirish usullari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

siydik qopiga quyiladi va siydik qopi to‘lganidan
keyin refleks holda tashqariga chiqariladi. 
Siydik nayining diametri
4 mm va uzunligi 30 sm bo‘lib, buyrak darvozasidan chiqib, kichik
chanoqqa tushadi.
Siydik murakkab tarkibga ega bo‘lgan 150 dan ortiq kompo-
nentlardan iborat, bir sutkada organizmdan 1500 –1800 ml siydik
ajraladi. Normadan ko‘p ajralishiga poliuriya deyiladi. Normada
kechqurun kunduzidan kam siydik ajraladi. Nefronlar funksiyasi
buzilishi bilan kechadigan kasallik – nefrosklerozda, siydik qopi,
buyrak dekompensatsiyasida tungi siydik miqdori oshadi. Bunga
nekturiya deyiladi.
Qandli diabetda (4–5 l gacha), organizm sovuq qotganda, asab
kasalliklarida, siydik haydovchi va yurak kasalliklarida ichiladigan
dorilardan so‘ng poliuriyani kuzatish mumkin. Siydik ajralishining
patologik kamayishiga oliguriya deyiladi. Buni o‘tkir nefritda, yurak
porogi, ich ketganda, qusganda, tana harorati ko‘tarilganda
kuzatiladi. Siydik butunlay ajralmasligiga anuriya deyiladi. Buni
buyrak-tosh kasalligida, simob bilan zaharlanganda va boshqa
kasalliklarda kuzatish mumkin. Siydik ajralishi ritmining tezlashishiga
pollakturiya deyiladi. Homiladorlikda, sistitda, tana sovuq
qotganida, ko‘p suyuqlik iste’mol qilganda ajralishiga dizuriya deyiladi.


28
3.2. Siydik ayirish tizimi organi kasalliklari
Buyraklar ko‘pincha juda xilma-xil kasalliklarda zararlanadi.
Lekin siydik ajratib chiqarish funksiyasi bilinar darajada
o‘zgarmaydi. Bu funksiya buyrakning uch turli zaharlanishida
hamisha va ayniqsa, kuchli buziladi: glomerulonefrit, nefroz,
nefrosklerozda.
Nefrit — buyrakning yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallik.
Agar buyrak tugunlarining yallig‘lanishi bilan kasallik kechsa,
glomerulonefrit deyiladi. Agar tugunlarning ko‘p qismi yallig‘lansa,
uyali glomerulonefrit, qarama-qarshi hodisa esa diffuzglomerulonefrit
deyiladi.
Glomerulonefrit o‘tkir va surunkali bo‘ladi. O‘tkir glomeru-
lonefrit tugunlardagi alterativ, ekssudativ va proliferativ jarayonlar
yig‘indisidan iborat. Yog‘li distrofiya kapillarlar turlarini hosil
qiluvchi epiteliyning nekrozga uchrashi va tugunchaga ko‘chib
tushishi o‘sha joyni nekrozga uchratadi.
Surunkali glomerulonefritda o‘tkir glomerulonefrit o‘rtacha
surunkali o‘tadi. Bunda tugun massalari bo‘shab qoladi. Oraliq
hujayra va ploliferatsiya jarayonlari bir vaqtda yuzaga keladi. Unda
buyrak ikkilamchi burishgan buyrak degan nom oladi. Qon bosi-
mi oshadi, natijada chap qorincha giрertrofiyasi yuzaga keladi.
Nefroz buyraklarning siydik chiqarish funksiyasining buzilishi
bilan va ularda turli distrofik o‘zgarishlarning yuzaga kelishi bilan
kechadi. Organizm kasalligi nefroz deyiladi. Lekin har doim ham
bu kasallikda siydik chiqarish funksiyasi buzilavermaydi. Nefrozda
to‘qimalar shishadi va bo‘g‘imlarga suv yig‘iladi, siydik bilan ko‘p
oqsil va xloridlar ajraladi. Buyrakdagi o‘zgarishlarga qarab nef-
rozning quyidagi shakllari farqlanadi: amiloidli, mukoidli, aralash,
nekrotik nefroz.
Amiloidli nefrozda tugunchalarga, qon tomir devorlariga va
buyrak kanalchalariga amiloidlar o‘tirib qoladi. Mukoidli nefrozda
buyrak kanalchalarining epiteliylarida va oraliq to‘qimalarda
yog‘simon modda borligi aniqlanadi.
Aralash nefrozda buyrak kattalashadi, qattiqlashadi, oqsil
ko‘payadi, yorib ko‘rilganda amiloidlar ko‘p bo‘lganligidan yog‘
kabi yaltirab turadi. Ba’zan buyrak burishib qoladi. Bu kasallik odat-
da o‘lim bilan tugaydi. Nekrotik nefrozda burama kanalchalarda nek-


29
roz yuz beradi, ular qurib, kanalchalar yo‘lini to‘sib qo‘yadi.
Siydikda oqsil, eritrotsit paydo bo‘ladi. Nekrotik nefroz o‘tkir kasallik
hisoblanadi. Asosan, bakteriyali yoki sulemadan zaharlanishdan
kelib chiqadi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish