Klinik laboraтoriya тekshirish usullari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

Yodda tutish kerak! Тo‘yingan xlorid kislotasi o‘yib-kuy-
diradigan xossalarga ega. Uning bug‘lari organizm uchun zararlidir.
Kislota bilan ishlashda ehtiyot choralarini ko‘ring. Reaktivni yaxshi
shamollatib turiladigan xonada tayyorlash zarur. Piрetkani og‘izga
olib so‘rish mumkin emas.
Kislotaga chidamli bakteriyalarni aniqlash uchun Sil-Nilsen
usulida bo‘yashda ishlatiladigan 0,3 % li metilen ko‘ki. 100 ml
eritma tayyorlash uchun zaruriy reaktiv va jihozlar: 0,3 g metilen
ko‘ki; 100 ml distillangan suv; 100 ml li silindr; 100 ml li qora
shisha idish; qora shisha flakon (kichkinasi).
Т a y y o r l a s h t e x n i k a s i :
1. Kerakli miqdordagi distillangan suvni o‘lchov silindrida o‘lchab
olib, qora shisha idishga solinadi.
2. Kerakli miqdordagi metilen ko‘kini tarozida tortib olib, uni
ham shisha idishga solinadi.
3. Metilen ko‘ki butunlay erib ketgunicha aralashtiriladi. Zarur
bo‘lsa, filtrlab olinadi.
4. Shisha idishga yorliq yopishtirilib, uy haroratida saqlanadi.
5. Kundalik ish uchun eritmaning bir qismi kichkina qora shisha
flakonga quyib olinadi.


22
Gram usulida bo‘yash uchun zaruriy eritmalar tayyorlash. Gram
usulida bo‘yash uchun 0,2 % li kristallviolet. 1 litr eritma tayyorlash
uchun zaruriy reaktiv va jihozlar: 2 g kristallviolet; 20 ml 95 % li
etanol; 9 g ammoniy oksalat; 1 litr distillangan suv; 1 litrli silindr;
1 litrli qora shisha idish.
Т a y y o r l a s h t e x n i k a s i :
1. Kerakli miqdordagi etanol o‘lchab olinib, toza qora idishga
solinadi.
2. Zarur miqdordagi kristallviolet tarozida tortib olinib, etanolga
qo‘shiladi.
3. Kristallviolet batamom erib ketgunicha yaxshilab aralash-
tiriladi.
4. Ammoniy oksalatni tarozida tortib olib, 200 ml distillangan
suvda eritiladi.
5. 200 ml ammoniy oksalat eritmasi etanol va kristallvioletli
shisha idishga quyilib, hajmi distillangan suv bilan 1 litrgacha
yetkaziladi, yaxshilab aralashtiriladi.
6. Shisha idish ustiga yorliq yopishtirilib, u uy haroratida
saqlanadi. Bo‘yoq bir necha oygacha ishlatishga yaroqli.
7. Kundalik ish uchun eritmaning bir qismi filtrlanib, kichik
flakonga olinadi.
Gram usulida bo‘yash uchun yod eritmasini tayyorlash.
2 g
kaliy yodid; 1 g kristall yod; 300 ml distillangan suv; 500 ml li
silindr; 500 ml li qora shisha idish; qora shisha flakon (kichkinasi).
Т a y y o r l a s h t e x n i k a s i :
1. Zarur miqdordagi kaliy yodid tarozida tortib olinib, kolbaga
ozgina suv ustiga solinadi.
2. Zarur miqdordagi kristall yodni tarozida tortib olinib, kaliy
yodid ustiga solinadi.
3. Batamom erib ketgunicha aralashtiriladi. (Imkoni bo‘lsa
elektrmagnitli qorgichdan foydalaniladi, 1-rasm.)
4. Distillangan suvning qolgan qismi qo‘shiladi va yaxshilab
aralashtiriladi.
5. Hosil bo‘lgan eritmani ustiga «Xavfli!» degan yorliq yopish-
tirilgan shisha idishga quyib olinadi. Qorong‘i joyda uy haroratida
saqlanadi. Bir necha oy davomida ishlatishga yaroqli.
6. Kundalik ish uchun eritmaning bir qismi kichkina qora shisha
flakonga quyib olinadi.


23
1-rasm.
Elektrmagnitli qorgich.
2-rasm.
Analitik tarozi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish