16
2.2.
Klinik laboratoriyada bajariladigan tahlillar uchun zaruriy
eritmalarni tayyorlash texnologiyasi
Bo‘yoqlar yoki reaktivlar tayyorlash uchun albatta distillan-
gan suv ishlatiladi.
Barcha o‘lchov silindrlari, piрetkalar, reaktivlarni tayyorlash
va saqlash uchun tavsiya etiladigan idishlar shishadan yasalgan
bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda plastiklardan tayyorlangan sifatli
laboratoriya idishlaridan foydalanish ham mumkin
1
.
Gemoglobinni Sali usuli bo‘yicha aniqlash uchun ishlatiladigan
0,1 N HCl. 500 ml eritma tayyorlash
uchun zaruriy reaktiv va
asboblar: 45 ml to‘yingan xlorid kislota; 500 ml
distillangan suv;
500 ml li o‘lchov kolbasi; 5 ml li noksimon rezinali piрetka;
500 ml li shisha idish.
Т a y y o r l a s h t e x n i k a s i :
1. O‘lchov kolbasi yarmigacha distillangan suv bilan to‘ldiriladi.
2. Kerakli miqdordagi xlorid kislotasi noksimon piрetka yordamida
o‘lchab olinadi.
3. Kislota suvli kolbaga sekinlik bilan quyiladi.
4. Hosil bo‘lgan eritma hajmi 500 ml ga yetkaziladi va yaxshilab
aralashtiriladi.
5. Kolbadagi eritma shishaga quyib olinadi va unga «O‘yib
yuboradi!» deb yozilgan yorliq yopishtirib qo‘yiladi.
6. Uy haroratida saqlanadi. Yaroqlilik muddati cheklangan emas.
Yodda tutish kerak! Тo‘yingan xlorid kislota o‘yib-yemiruvchi
xossalarga ega, uning bug‘lari zaharli. Xavfsizlik texnikasiga amal
qiling. Reaktivni yaxshi shamollatib turiladigan binoda tayyorlash
zarur. Piрetkani og‘izga olib, suyuqlikni tortish mumkin emas.
Eritrotsitlarning cho‘kish tezligi (ECHТ)ni aniqlash uchun
ishlatiladigan 3,8 % li tri-natriy sitrat eritmasi. 100 ml eritma
tayyorlash uchun zaruriy reaktiv va asboblar: 3,8 g tri-natriy
sitrat; 100 ml distillangan suv; 100 ml li shisha idish. Тexniko-
kimyoviy tarozi va toshlar.
Т a y y o r l a s h t e x n i k a s i :
1. Kolbaga 50 ml distillangan suv solinib, ustiga 3,8 g tri-
natriy sitrat solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.
2. 100 ml ga yetguncha distillangan suv qo‘shiladi va erib
ketgunicha yaxshilab aralashtiriladi.
1
A. Kuper. O‘tish davridagi mamlakatlarning
birlamchi tibbiy-sanitariya
muassasalari uchun. –Т., 2002.
17
3. Shishaga yorliq yopishtiriladi. 2–8°C haroratda saqlanadi.
4. Har 6 haftada yangi eritma tayyorlanadi.
Eritrotsitlarning umumiy sonini sanash uchun ishlatiladigan
formalin sitrat. 100 ml eritma tayyorlash uchun zaruriy reaktiv
va jihozlar: 3 g tri-natriy sitrat; 1 ml formaldegid (37% li eritmasi);
100 ml distillangan suv; 1 ml li piрetka; noksimon piрetka;
100 ml li o‘lchov silindri; 100 ml li shisha idish.
Т a y y o r l a s h t e x n i k a s i :
1. 100 ml distillangan suvni o‘lchab olib, shishaga 50 ml quyiladi.
2. 3,0 g tri-natriy
sitratni tortib olib, suvga solinadi va
aralashtiriladi.
3. Noksimon piрetka bilan 1 ml formalinni o‘lchab olib, shishaga
quyiladi.
4. Obdan aralashtiriladi.
5. 100 ml bo‘lguncha suvning qolgani solinadi.
6. Shishaga «O‘yib yuboradi!» va «Zaharli!» deb yozilgan yorliq
yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: