Uglevodlar almashinuvining tug‘ma nuqsonlari
Galaktozemiya - Kasallik birinchi marotaba 1908 yilda ta’riflangan. Bunda
bola juda holsizlangan, jigar va talog‘i kattalashgan bo‘lib, uning siydigida
galaktoza aniqlangan, bolaga sut berilmasa, siydikdagi galaktoza yo‘qolgan.
Galaktoza organizmga sut shakari (laktoza) ko‘rinishida tushib, u maxsus
ferment (galaktozo – 1 – fosfat uridiltransferaza) ta’siri ostida dastlab galaktozo – 1
– fosfatga, undan keyin glikogenga aylanadi.
Galaktozemiyada jigarda va qizil qon tanachalarida galaktozani parchalovchi
fermentning miqdori kam bo‘ladi (galaktozaning faqat 2 – 3% i o‘zlashtiriladi).
Fermentning etishmovchiligi o‘z – o‘zidan kasallikka sabab bo‘lmay, organizmga
sut tushganda galaktozaning to‘la parchalanmagan mahsulotlari (galaktozo – 1 -
247
fosfat) qon, buyraklar, bosh miya, til, buyrak usti bezlari, yurak, ko‘z gavharida
to‘planib, ham organlarga, ham butun organizmga zararli ta’sir qiladi.
Eritrotsitlardagi glyukozo-1-fosfat miqdori 10 -20 barobarga oshib, buning
natijasida kislorodning transport qilinishi 20 – 30 barobar yomonlashadi,
to‘qimalarda oksidlanish jarayoni buziladi. Qonda qand miqdori pasayib ketadi, bu
bolalar o‘sishi va rivojlanishining buzilishiga sabab bo‘ladi. Galaktoza
almashinuvidan hosil bo‘lgan parchalanmagan mahsulotlarning ko‘z gavharida
to‘planishi kataraktaga olib keladi. Galaktozemiya kechishining og‘ir shakllari bola
organizmining ona qornidayoq, homilador ayol ovqatga sut iste’mol qilganda
galaktoza almashinuvi mahsulotlarining zararli ta’sir qilishi bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkin.
Galaktozemiya kechishining og‘ir shakllarida har safar sut iste’mol qilganda
qayt qilish, ich ketishi kuzatilib, tana vazni tez kamayadi. Deyarli har doim sariqlik
kuzatiladi, lekin uning simptomlari huddi fiziologik sariqlikdagi kabi tug‘ilgandan
keyin 2 – 3 haftada o‘tib ketishi ham, 8 oygacha saqlanishi ham mumkin. Jigar asta-
sekin kattalashib, katta o‘lchamga ega bo‘lishi mumkin va taloq ham bir oz
kattalashadi. Qorin shishib, unda kengaygan venalar ko‘rinib turadi.
Bolalar nimjon, ovqatdan bosh tortadilar. 50% dan ortiq holatlarda katarakta
rivojlanadi, u bola hayotining birinchi oyi oxiridayoq aniqlanishi mumkin. Pay
reflekslari pasaygan bo‘ladi, bola boshini tutishni kech o‘rganadi. Ko‘z olmalarining
titrashi, hattoki tirishish holatlari kuzatiladi. Og‘ir shakl, odatda, bola hayotining
birinchi haftalarida, hatto birinchi kunlarida rivojlanadi. Kasallikning engil shaklida
bola sut iste’mol qilgandan keyin qayt qilishi mumkin. Keyinroq jigar kattalashib,
katarakta rivojlanadi. Bola o‘sishdan orqada qoladi, boshini tik tutishni, o‘tirishni
kech boshlaydi.
Galaktozemiya tashxisini qo‘yish uchun laborator tasdiqqa ega bo‘lish lozim.
Galaktozaning qondagi miqdori 0,8 g/l gacha etadi. Xromatografiya usuli yordamida
siydikda ham galaktoza aniqlanadi. Yuklamali sinamalar galaktozaning qondagi
miqdorini bir necha soatga oshiradi, bunda galaktozaning 40 – 50 % i siydik bilan
chiqarib yuboriladi. Glyukoza yuklamasi meyoriy reaktsiya beradi (qondagi
qandning egri chizig‘i me’yorda bo‘ladi).
Agar dietoterapiya bola hayotining birinchi kunlaridan boshlansa, jigar tsirrozi
rivojlanmaydi, katarakta va oligoffreniya (aqliy zaiflik) ning oldini olish mumkin.
Agar dietoterapiya kechroq muddatda, ya’ni bola o‘sish va rivojlanishdan
orqada qolib, jigar patologiyalari paydo bo‘lgach boshlansa, kasallikni faqatgina
to‘xtatish, bola ahvoli yomonlashuvining oldini olish mumkin xolos.
Ko‘krak yoshidagi bolalarga laktoza tutmaydigan maxsus aralashmalar
beriladi: soyaval, nutragimen (o‘simlik yog‘i, saxaroza, vitaminlar, mineral
moddalar bilan boyitilgan oqsil gidrolizati), laktozasiz enpit. Bunday aralashmani
tuxum asosida, shakar, margarin va guruch uni bilan birga tayyorlash mumkin.
Og‘ir holatlarda qonning, plazmaning almashinishli quyilishi, farmakoterapiya
usullari (kaliy orotat, ATF, kokarboksilaza, vitaminlar belgilannaadi) amalga
oshiriladi. Oila a’zolarida ushbu kasallik mavjud bo‘lgan holatlarda homilador
248
ayolning ratsionidan sut, shuningdek, no‘xat, dukkaklilar, yasmiq, soya, yosh
kartoshka, kakao, shokolad, jigar va boshqa mahsulotlar olib tashlanadi.
Kam laktozali aralashmaning asosiy komponenti quruq eruvchan sut oqsili –
kazein hisoblanadi. U yog‘sizlantirilgan sutdan kazeinni cho‘ktirib, limon kislota
tuzlarida eritish, so‘ngra quritish yo‘li bilan olinadi.
Bunday aralashmalar tarkibiga yana makkajo‘xori yog‘i va sut yog‘lari 25:75
nisbatda, saxaroza, solod ekstrakti yoki dekstrin – maltoza, kraxmal, bolalar va
parhez ovqatlanish uchun un, A, D, PP, C, B guruhi vitaminlari, makro- va
mikroelementlar (temir, natriy, kaliy, kaltsiy, fosfor, magniy) kiradi.
Kam laktozali aralashma – tashqi ko‘rinishi va ta’mi jihatidan quruq sutga
o‘xshab ketuvchi kukundir.
Kam laktozali mahsulotlarning bir necha turi mavjud:
1. Solod ekstraktili kam laktozali sut aralashmasi (2 oygacha bo‘lgan bolalar
uchun). 2. Un (guruch, grechka, suli) va talqonli kam laktozali sut aralashmasi (2
oydan oshgan bolalar uchun). 3. 6 oydan oshgan bolalar uchun va ovqatlar
tayyorlashda sutning o‘rnini bosuvchi kam laktozali sut.
Galaktozemiyada (6 oylik, tana vazni – 8 kg bola uchun) kam laktozali sut
qo‘llaniladigan menyu (grammlarda):
- Birinchi ovqatlantirish (soat 6.00). Kam laktozali (12% li) sut – 200.
- Ikkinchi ovqatlantirish (soat 10.00). Kam laktozali (12% li) sutdan
tayyorlangan bo‘tqa – 150, eritilgan yog‘ – 5, tuxum sarig‘i – 1/2 dona, non – 50,
olma pyuresi – 50.
- Uchinchi ovqatlantirish (soat 14.00). Bulyon – 30, kam laktozali (12% li)
sutdan tayyorlangan sabzavotli pyure – 150, o‘simlik yog‘i – 5, go‘shtli pyure – 30,
non – 5, mevali kisel – 30.
- To‘rtinchi ovqatlantirish (soat 18.00). Kam laktozali (12% li) sut – 200, olma
sharbati – 50, suxari – 5.
- Beshinchi ovqatlantirish (soat 22.00). Kam laktozali (12% li) sut – 200.
Dietoterapiya 3 yil davomida, pediatr, dietolog, okulist, nevropatolog
kuzatuvida, qonning galaktozaga biokimyoviy tahlilini nazorat qilgan holda
o‘tkaziladi. Bolalar odatda kam laktozali aralashmalar va ular asosida tayyorlangan
taomlarni yaxshi ko‘rib iste’mol qiladilar.
Fruktozemiya.
Nasldan naslga o‘tuvchi oilaviy kasallanishdan tashqari, nasliy yo‘l bilan emas,
genlardagi o‘zgarish (mutatsiya) sababli kasallangan bolalar aniqlangan. Jigarda
fruktozani o‘zgartiruvchi maxsus ferment (fruktozo-1-fosfat-aldolaza) yetarli
miqdorda bo‘lmaydi. Natijada almashinuv mahsulotlari (fruktozo-1-fosfat)
organizmda (jigar, buyraklar, ichak shilliq qavatlarida) to‘planadi va zararli ta’sir
ko‘rsatadi. Ma’lumki, fruktozo-1-fosfat hech qachon miya hujayralari va ko‘z
gavharida yig‘ilmaydi. Kasallikning belgilari ovqatga shakar qo‘shilishi bilanoq
namoyon bo‘ladi. Asosan bu holat bola qo‘shimcha ovqatlantirila boshlaganda,
ya’ni meva sharbatlari, pyurelar berila boshlanganda, yoki ertaroq, agar bola shakar
qo‘shilgan sigir suti bilan oziqlantirilsa (aralash yoki sun’iy oziqlantirishda) ro‘y
beradi. Agar bola shakar qo‘shilgan sigir suti bilan erta sun’iy oziqlantira boshlansa,
249
kasallik og‘ir kechadi. Dastlab bolada kuchli qayt qilish paydo bo‘ladi, so‘ng u
umuman ovqatdan bosh tortadi. Bu holat uning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi: tana
vazni sekin kamayishi va gipotrofiya (tana vazni etishmovchiligi) paydo bo‘ladi.
Bundan keyin bola bo‘yining o‘sishi to‘xtab, psixikasining rivojlanishi sekinlashadi.
Og‘irroq holatlarda qondagi qand miqdori pasayadi, natijada bolalar rangpar va
uyquchan bo‘lib qoladi. Qonda qand miqdorining pasayishi fruktozemiya bilan
og‘rigan bolalarning har 3/4 qismida bo‘ladi va fruktoza qabul qilgandan 20 – 60
minut o‘tib kuzatiladi (terlash, ochlik hissi paydo bo‘ladi).
Ichaklarda ko‘p miqdorda qayta ishlanmagan fruktozaning to‘planishi
natijasida, qon va limfadan suv keladi, oqibatda organizmda suvsizlanish yuzaga
keladi.
Fruktozaning organizmga tushishi to‘xtagan zaxoti, ishtaha tiklanadi, qayt
qilish to‘xtaydi, bemor vazn to‘play boshlaydi.
Fruktozaning asosiy manbalari bo‘lib asal, shakarqamish va qandlavlagi,
mevalar, djemlar, povidlo, sabzi, kakao, sachratqi, sholg‘om kabilar hisoblanadi.
Dietaterapiyada bemorlarga sut va sut mahsulotlari, tuxum, maslina,
kungaboqar yog‘i, hayvon yog‘larini iste’mol qilish ruxsat etiladi.
Ona va sigir suti ham ruxsat etiladi. Quruq sut shakarsiz (saxarozasiz) bo‘lishi
kerak. Barcha turdagi pishloqlar va tabiiy qatiq mahsulotlarini ham (shakar
qo‘shilmagan) iste’mol qilish mumkin.
Saxaroza qo‘shilgan sut, quyiltirilgan sut, shakar qo‘shilgan qatiq mahsulotlari
taqiqlanadi.
Hayvon mahsulotlaridan go‘sht, baliq, tuxum ruxsat etilgan. Kolbasa va
kolbasa mahsulotlari, konservalar taqiqlanadi, yog‘lar cheklanmaydi (sariyog‘,
o‘simlik yog‘lari, margarin).
Barcha mevalar taqiqlanadi. Limon va kashtanni iste’mol qilish mumkin.
Sabzavotlardan yashil loviyalar, latuk, piyoz-porey, karam, ismaloq kabilarni
iste’mol qilish mumkin. Tabiiy bug‘doy uni, guruch, non, mannaya yormasi,
shakarsiz choy, kofe, kakao, glyukoza, maltoza, dekstrin-maltoza, saxarin ruxsat
etiladi.
Soya, saxarozali un, biskvitlar, pirojniylar, limonad va barcha gazlangan
mevali ichimliklar, sharbatlar, siroplar, shakar, murabbo, konfetlar, shakar tutuvchi
barcha dori vositalar, sorbitol (granula, draje, kukun, kapsulalar) taqiqlanadi.
Davolash har qanday shakldagi fruktoza tutuvchi mahsulotlar iste’molini
cheklash dan iborat. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga shakarsiz sutli aralashmalar
belgilanadi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar faqat laktoza va dekstrin-maltoza
tutuvchi sutli aralashmalarni qabul qiladilar. Mevali pyure va sharbatlarning o‘rni
glyukoza (30 g dan 60 g gacha) bilan to‘ldiriladi. Agar qo‘shimcha ovqatlantirish
sog‘lom bolalarga nisbatan erta boshlansa, go‘sht, baliq, pishloq, tuxum beriladi.
Askorbin kislotasi shakarsiz ishlatiladi.
Parhez ovqatlanish 5-6 yoshgacha qo‘llaniladi, bola shu yoshga etgandagina
shifokorning va qon biokimyoviy tahlillarining nazorati ostida cheklangan miqdorda
ratsionga taqiqlangan ro‘yxatdagi mahsulotlar kiritila boshlanadi.
250
Membranadagi ovqat hazm bo‘lishining buzilishidagi ichning suyuq ketishi
osmotik ich ketishi ham deyiladi: ovqatning parchalanmagan qismlari ichakka
plazmadan suv va natriyni tortadi.
Bu kasalliklarning shuningdek subklinik (simptomsiz) shakllari ham bo‘lib,
bunda kasallik faqatgina mahsus sinamalar yordamida, yoki ingichka ichak shilliq
qavatini tekshirish (aspiratsion biopsiya) orqali aniqlanadi.
Laktozani qabul qila olmaslik
Kasallikning og‘ir shakl birinchi marotaba V. Dyurand (1958) tomonidan, engil
shakl esa – K. Xolzen (1959) tomonidan ta’riflangan.
Laktozani qabul qila olmaslikning og‘ir shakl bola ko‘krak suti bilan
ovqatlantirilgandan so‘ng, kuchli qayt qilish, ich ketishi kuzatilishi bilan
xarakterlangan.
Kasallikning engil shakli katta yoshli bolalarda aniqlangan bo‘lib, ularda ham
sut iste’mol qilingandan so‘ng qayt qilish, ich ketishi, zaiflik va holsizlik kuzatilgan,
lekin bolalarning o‘zi sut iste’mol qilishdan bosh tortganlari uchun, tuzalib
ketganlar.
Kasallik sabablari: laktozani parchalovchi maxsus ferment (laktaza)ning
bo‘lmasligi yoki aktivligining past bo‘lishi. Buning natijasida glyukoza va
galaktozaning hosil bo‘lishi sodir bo‘lmay, sut shakari (laktoza) ichakning pastki
bo‘limlarida bijg‘ish jarayonlariga uchraydi. Bunday holat nasliy kasallik sifatida
paydo bo‘lishi mumkin, bunda barcha simptomlar kuchli namoyon bo‘ladi.
Shuningdek bu yangi tug‘ilgan bolalarda ferment tizimining to‘liq etilmaganligi
tufayli, yoki o‘tkazilgan ichak infektsiyalari sababi yuzaga kelgan vaqtincha holat
bo‘lishi ham mumkin.
Ferment tizimiining holati yana alaktaziya (agar ferment to‘liq nofaol bo‘lsa)
va gipoalaktaziya (ferment aktivligi qisman pasaygan bo‘lsa) deb ham ta’riflanadi.
Dietoterapiya taktikasini tanlash laktoza aktivligini aniqlashga asoslanadi.
Dietoterapiyani belgilashdan oldin diagnozni tasdiqlash uchun quyidagi
tekshiruvlar kiradi:
1) nafas olish vodorod testi usulning mohiyati och qoringa va laktoza eritmasini
iste’mol qilgandan so‘ng nafas bilan chiqariladigan havodagi vodorod miqdorini
taqqoslashdan iborat;
2) laktozali yuklamali test. Laktoza eritmasini qabul qilgandan so‘ng qonni
biokimyoviy tekshirishga asoslangan.
3) ingichka ichak devori shilliq qavatining biopsiyasi.
Laktoza etishmovchiligi dietasida ko‘krak yoshidagi bolalar maxsus kam
laktozali aralashmalar bilan ovqatlantirishga o‘tkaziladilar. Bunday aralashmalarda
turli ishlov usullari (kazeinni kimyoviy yo‘l bilan cho‘ktirish, sepib quritish)
yordamida laktoza miqdori deyarli 100% ga kamaytiriladi.
Bola ikki oylik bo‘lguniga qadar solod ekstraktili kam laktozali aralashma, olti
oyga to‘lguniga qadar unli kam laktozali aralashma, olti oydan so‘ng esa, kam
laktozali sut bilan boqilishi lozim.
Ko‘p miqdorda sut shakari tutuvchi mahsulotlar: quruq sut, tabiiy sut,
yog‘sizlantirilgan sut va ular asosida tayyorlangan mahslulotlar.
251
Ruxsat etiladi:
1. Kam laktozali sutli aralashmalar.
2. Go‘sht, qush, baliq.
3. Tuxum.
4. O‘simlik yog‘i.
5. Cho‘chqa yog‘i.
6. Barcha meva va sabzavotlar.
7. Tabiiy un, non.
8. Oddiy shakar, glyukoza, fruktoza.
Cheklanadi:
1. Ona va sigir suti, barcha turdagi quruq sutlar, pishloq.
2. Soya qo‘shilgan krem.
3. Jigar, miya, pashtet.
4. Barcha turdagi kolbasalar, vetchina.
5. Saryog‘, yangi tayyorlangan krem, margarin.
6. No‘xot.
7. Lavlagi.
8. Yashil loviya.
9. Quritilgan kartoshka.
10. Yasmiq.
11. Sanoatda ishlab chiqariladigan sutli ichimliklar.
12. Biskvit, pirojniy, sutli non.
13. Soyali mahsulotlar.
14. Sutli shokolad, sutli konfet, sutli karamel.
15. Sut shakari qo‘shilgan dori vositalari.
Agar mahsulot tarkibida laktoza, sut shakari, quruq sut, tabiiy sut,
yog‘sizlantirilgan sut, zardob, zardob mahsulotlari bo‘lsa, bu mahsulotni iste’mol
qilmaslik kerak.
Sut oqsili, kislotasi, modifikatsiyalangan kraxmal, bog‘lovchi vositalar va
quyiltirgichlar, aromatizator va ziravorlar kabi komponentlari bo‘lgan mahsulotlarni
iste’mol qilish mumkin, chunki ular sut shakarini tutmaydi.
Yog‘li va yarim yog‘li qaymoqlardagi laktozaning miqdori sutdagiga nisbatan
kamroq bo‘ladi, shuning uchun ayrim hollarda ularni kam miqdorda iste’mol
qilishga ruxsat beriladi. Saryog‘da laktozaning miqdori juda kam bo‘ladi va u ham
oz miqdorda iste’mol qilinadi, shu sababli uning o‘zlashtirilishida muammolar
bo‘lmaydi. Mahsulotda yog‘larning miqdori qancha yuqori bo‘lsa, laktoza shuncha
kam bo‘ladi.
Non mahsulotlari, pirog, vafli, pechenelarda odatda sut shakari bo‘ladi. Sigir
sutining o‘rnini soya suti bosishi mumkin. Soya suti o‘simlik mahsuloti bo‘lib,
termik ishlovdan o‘tgan soya pyuresi va suvdan iborat bo‘ladi. Bu mahsulot
kimyoviy qo‘shimchalar tutmaydi, oqsillarga boy, tarkibida shakar va xolesterin
bo‘lmaydi. Texnologiya bo‘yicha sigir suti talab qilinadigan turli taomlar tayyorlash
uchun juda mos keladi.
252
Laktozani qabul qila olmaslikni aniqlash uchun juda oddiy test mavjud. Buning
uchun laktozasiz (eliminatsion) dietaga ikki hafta davomida amal qilinadi. Agar, shu
vaqt davomida kasallik simptomlari kamaysa, yoki umuman yo‘qolsa, keyingi
tekshiruvlar haqida jiddiy hulosa qilinadi. Eliminatsion dietada sut shakarining
miqdori kuniga 1 g dan oshmaydi, kam laktozali dietada esa laktozaning miqdori
kuniga 8 – 10 g gacha bo‘lishi mumkin. Mahsulotlarning maxsus ro‘yxati bo‘yicha
dietadagi laktoza miqdorini aniqlash mumkin.
Turli mahsulotlarda laktoza miqdori grammlarda, 100 g mahsulot uchun (T.
Chleyp, 2004):
1.
Desert kremi – 2,8 – 6,3.
2.
Kofe oqartirgichi – 10,0.
3.
Quruq sutdan tayyorlangan yogurt – 4,7.
4.
To‘liq sutdan tayyorlangan yogurt (3,5% li) – 4,0.
5.
Sutli yogurt (1,5% li) – 4,1.
6.
Sutli yogurt (3,5% li) – 4,0.
7.
Tabiiy yogurt – 3,2.
8.
Qaymoqli yogurt – 3,7.
9.
Yog‘siz mevali yogurt – 3,1.
10.
Yog‘sizlantirilgan mevali yogurt – 3,0.
11.
Qaymoqli mevali yogurt – 3,2.
12.
Yogurtli muzqaymoq – 6,9.
13.
Kakao – 4,6.
14.
Kartoshka pyuresi – 4,0.
15.
Mannaya bo‘tqasi – 6,3.
16.
Sutda tayyorlangan guruchli bo‘tqa – 18,0.
17.
Kefir – 6,0.
18.
Yog‘siz kefir – 4,1.
19.
Kolbasa mahsulotlari – 1,0 – 4,0.
20.
Margarin – 0,1.
21.
Saryog‘ – 0,6.
22.
Qatiq – 5,3.
23.
Yog‘siz sut – 4,9.
24.
Pasterizatsiyalangan sut (3,5% li) – 4,8.
25.
Quyultirilgan sut (7,5% li) – 9,2.
26.
Quyultirilgan sut (10% li) – 12,5.
27.
Shakarli quyultirilgan sut – 12.
28.
Quruq sut – 51,5.
29.
Quruq yog‘sizlantirilgan sut – 52,0.
30.
To‘liq sut (3,5% li) - 4,8.
31.
To‘liq quruq sut – 38,0.
32.
Sutli kokteyllar – 5,4.
33.
Sutli shokolad – 9,5.
34.
Muzqaymoq – 6,7.
35.
Sutli muzqaymoq – 1,9 – 7,0.
253
36.
Sutli plombir – 1,9.
37.
Qaymoqli muzqaymoq – 5,1 – 6,9.
38.
Mevali muzqaymoq - 5,1 – 6,9.
39.
Ponchik – 4,5.
40.
Puding – 2,8 – 6,3.
41.
Ko‘prtirilgan qaymoq (10% li) – 4,8.
42.
Ko‘prtirilgan qaymoq (30% li) – 3,3.
43.
Kofe uchun qaymoq – 3,8.
44.
Pishloq kamamber (45% li) – 0,1 – 1,8.
45.
Quruq zardob – 70,0.
46.
Smetana (10% li) – 2,5.
47.
Tvorog (20% li) – 2,7.
48.
Pasterizatsiyalangan qaymoq – 3,3.
49.
Pasterizatsiyalangan to‘liq qaymoq – 3,1.
50.
Tvorog (40% li) – 2,6.
51.
Tvorog yog‘sizlantirilgan – 3,2.
Saxaroza va izomaltozani qabul qila olmaslik. Ham erkaklar, ham ayollarda
uchraydigan nasliy kasallik.
Sabablari: saxaroza va izomaltozani parchalovchi fermentlar – izomaltoza va
maltoza aktivligining pasayishi, shuningdek, ichak devori pardasida invertaza
fermentining bo‘lmasligi sabab bo‘ladi. Kasallikning boshlanishi bolalikda, bola
ratsioniga meva sharbatlari qo‘shilganda, shuningdek saxaroza va dekstrinlar
tutuvchi sutli aralashmalar kiritilganda aniqlanadi.
Qand lavlagi, shakarqamish, ko‘plab mevalar saxarozaning manbaalari
hisoblanadi.
Ingichka ichakda parchalanmagan saxaroza limfatik tomirlardagi suv va
natriyni o‘ziga tortadi, shuningdek yo‘g‘on ichakda bijg‘ish jarayonlariga uchraydi,
bijg‘ish natijasida sut va asetosirka kislotalari hosil bo‘ladi, ular ichak devorini
ta’sirlantiradi, oqibatda ichak peristaltikasi kuchayib, tez-tez ich ketadi. Axlat
massalari suyuq, ko‘pikli bo‘lib, o‘ziga xos achchiqroq hidga ega bo‘ladi. Qayt
qilish, chanqoq, suvsizlanish simptomlari (teri va shilliq qavatlarning qurishi,
holsizlik) bo‘lishi mumkin. Axlat tarkibida ko‘p miqdorda sut kislotasi va sirka
kislotasi bo‘ladi, disbakterioz rivojlanadi. Bola boshini tik tutish va o‘tirishni kech
o‘rganadi, tana vazni etishmovchiliga va o‘sishdan orqada qolish ortib boradi. Ovqat
tarkibidan saxaroza va maltozaning chiqarib tashlanishi ahvolning yaxshilanishiga
olib kelsada, meva sharbatlari va kraxmal saqlovchi mahsulotlar (kartoshka,
mannaya yormasi) ich ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Diagnoz laborator usullar bilan tasdiqlanadi.
1. Saxaroza va izomaltozani aniqlash uchun axlat shakarlari xromatografiyasi.
2. Saxarozali yuklamali test (ich ketishi kuchayadi).
Ovqat ratsionidan saxaroza va izomaltozaning chiqarilishi ichakdagi holatlarni
meyorga keltiradi.
254
Dietoterapiya bola hayotining birinchi yilida ona yoki donor suti bilan
ovqatlantirish, yoki sigir sutini shakar qo‘shmagan holatda berish mumkin. Bunda
sutni turli damlamalarda eritish, un, dekstrin-maltoza qo‘shish kerak emas.
Bola 3 – 4 oylik bo‘lgandan boshlab uning ratsioniga bir ozdan yashil
sabzavotlar, go‘sht, tuxum, baliq, askorbin kislotasi qo‘shib boriladi.
Sun’iy yoki aralash oziqlantiriladigan bolalarga glyukoza yoki fruktoza
qo‘shilgan sigir suti aralashmasi beriladi.
Saxaroza va izomaltozani ko‘tara olmaydigan 1,5 yoshli bola uchun dietaning
sutkalik ratsioni (gramlarda):
Nonushta: to‘liq sut – 250, glyukoza – 37,5.
Tushlik: gulkaram – 200, kungaboqar yog‘i – 20, ko‘katlar – 5, yog‘siz buzoq
go‘shti – 30, salat bargi – 20, glyukoza – 25.
Yarim kunlik: tuxum sarig‘i – 1 dona, glyukoza – 20, jelatin – 10, suv – 100.
Kechki ovqat: salat bargi – 100, tvorog – 100, glyukoza – 25, ukropli choy –
100.
Izomaltozani yaxshi ko‘tara oladigan 2 yoshli bola uchun saxarozadan holi
dietaning sutkalik ratsioni (gramlarda):
Ertalab: makkajo‘xori noni – 10, sariyog‘ – 5, liver kolbasasi – 5, to‘liq sut –
150, glyukoza- 20.
Tushlik: salat bargi – 100, guruch – 30, yog‘siz qo‘y go‘shti – 30, ko‘katlar –
5, tuxum sarig‘i – 1 dona, glyukoza – 25.
Yarim kunlik: to‘liq sut – 100, glyukoza – 25, jelatin – 5, 20% li qaymoq – 30.
Kechki ovqat: to‘liq sut – 200, glyukoza – 30, makkajo‘xori noni – 10,
dudlangan kolbasa – 5, sariyog‘ – 5.
Dietoterapiya shifokorning doimiy nazorati va laborator diagnostika usullari
bilan olib boriladi. Bemorning ahvoli yaxshilanib borsa, dieta kengaytirib borilishi
mumkin. Lekin, butun umr dieta tutishlari kerak bo‘lgan bemorlar ham bor. Odatda
dietaga rioya qilinsa, bola 10 – 12 yoshlarigacha tuzaladi. Bunda bola birinchi
kraxmalni, so‘ng saxarozani ko‘tara oladigan bo‘ladi.
Glyukoza va galaktozani qabul qila olmaslik
Ichak shilliq qavatida glyukoza va galaktoza aktiv transporti (absorbsiyasi)
ning nuqsoni kasallik rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Aktiv transport deganda,
glyukozaning konsentratsiya yuqori bo‘lgan tomonga bir tomonlama harakati
tushuniladi. Bu jarayon transmembran jarayon bo‘lib (hujayra qobig‘i orqali o‘tadi),
natriy ionlari (natriy nasosi) tomonidan ta’minlanadi.
Simptomlari.
Kasallikning nasliy shakllari birlamchi shakllar bo‘lib, tez-tez suyuq, ko‘p
miqdorda glyukoza, galaktoza, sut kislotasi tutuvchi ich ketishi ko‘rinishidagi
simptomlar bola tug‘ilgandan so‘ng dastlabki kunlarda namoyon bo‘ladi. Siydikda
ham glyukoza bo‘lishi mumkin.
Yakuniy diagnoz qo‘yish uchun:
1) kristallik bariy qabul qilinadigan shakarli yuklamali test o‘tkaziladi. Agar
kasallik mavjud bo‘lsa, glyukoza va galaktoza ingichka ichakda to‘planib, ichak
bo‘shlig‘iga suvni tortadi, natijada bariy suyuladi, bu holat rentgenologik qayd
255
qilinadi. Suyuqlik oqimi peristaltikani va bariyning ingichka ichakdan o‘tish vaqtini
tezlashtiradi;
2) glyukoza va galaktoza tutmaydigan ikki haftalik dietoterapiya o‘tkaziladi.
Bemor ahvolining yaxshilanishi 12- 24 soat o‘tib kuzatilishi mumkin, bu holat
diagnoz to‘g‘ri ekanligining bilvosita isboti bo‘la oladi.
Davolash printsipi kasallik simptomlarini keltirib chiqaruvchi mahsulotlarni
cheklash yoki chegaralashdan iborat. Ularning o‘rniga fruktoza saqlovchi
mahsulotlar belgilanadi. Farmakoterapiya vitaminlar, fermentlar va biopreparatlar
(bifidumbakterin, kolibakterin, bifikol, lineks, lakto-G) ni belgilashdan iborat
bo‘ladi.
3 oylikkacha bo‘lgan bolalar uchun quyidagicha ratsion taklif qilinadi: kazein
– 30 g, zaytun yog‘i – 30 g, fruktoza – 50 - 65 g, sabzi – 100 g, sabzavotli qaynatma
– 100 g, osh tuzi – 0,25 – 0,5 g, suv – 450 ml.
Asta–sekin, bolalar shifokorining tavsiyalariga binoan ratsionga sabzavotli
sho‘rvalar, go‘sht, baliq, tuxum kiritiladi. Pishloq bola hayotining ikkinchi yilida,
kartoshka uni, guruch, non esa kattaroq yoshda ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |