Artroz va osteoporoz kasalliklarida dietoterapiya
Giperxolesternemiya ko‘p holatlarda bo‘g‘inlar degenarativ o‘zgarishlarga olib
keladi. Bemorlarni vaqtida xolesterin va ß - limpoproteidlar miqdori oshadi,
shuningdek qon tomirlar aterosklerozi, paylarda, bo‘g‘in yuzasida ksantomatoz va
ksantelizmalar rivojlanadi. Bo‘g‘inlarni, ayniqsa katta bo‘g‘inlarni distrofik
o‘zgarishlari natijasida artrit va tendinit holatlar yuzaga kelib, xarakatda kuchli
og‘riqlar paydo bo‘ladi. Kasallik asosan artrit, tendinit pa paylarni shikastlanish
belgilari bilan kechadi. Bemorlarga dietoterapiya 6 oyga mo‘ljallab tuziladi va yog‘,
xolesterin miqdori kamaytiraladi. Avvalo ratsionning umumiy quvvatiga nisbatan
yog‘lar 30% ga kamaytiriladi, to‘yingan miqdori esa sutkada 30 mg.dan oshmasligi
lozim, 6-12 haftadan so‘ng to‘yingan yog‘larni 7% ga kamaytirish (umumiy
233
ratsionga nisbatan) va xolesterin miqdori esa 150-200 mg. Sutkada davomida
bo‘lishi tavsiya etiladi.
Osteoporozda dietoterapiya
Osteoporoz – suyaklarni tizimli kasalligi bo‘lib, hajm birligida suyaklar
vaznini kamayishi va suyak to‘qimasi arxitektonikasini buzilishidir. Osteoporoz
kasalligi birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘linib, ularni sabablari keksa yosh,
menopauza, endokrin kasalliklar, alkogol, dori-dormonlarni ko‘p qabul etish,
ayniqsa kortikosteroidlar yoki immunodspreesantlarni, organizmga ichakda
so‘rilishi buzilishi va nutrientlar etishmovchiligi sababli kaltsiy va vitamin D ni oz
miqdorda bo‘lishidir.
Osteporozni laborator diagnostikasida qonda kaltsiy, fosfor, ishqoriy
fosfataza, kreatanin aniqlash ahamiyatga ega. Rentgenologik tekshiruvda suyakni
vaznini
20-30
%
kamayishi
aniqlanildi.
Shuningdek,
diagnostikada
osteodensitometriya usulining ham ahamiyati muhim.
Osteoporoz dietoterapiyasida kaltsiy va vitamin D moddalarini etarli darajada
bo‘lishi kasallikni rivojlanishini oldini oladi. Shuningdek, ratsionda etarli darajada
oqsil vitaminlar va mineral moddalar ham mavjud bo‘lishi kerak. Sut va sut
mahsulotlari tarkibi jihatidan kaltsiyga boy va yaxshi o‘zlashadi. Sut, qatiq, kefir,
yogutrlarning 85-90 grammda, tvorogning 70-80 grammida, sirning 20-25
grammida, qaymoqning (smetana) 110-115 grammida 100 mg elementi bo‘ladi.
O‘simliklar, sabzavotlarda kaltsiy miqdori sut mahsulotlariga nisbatan kam bo‘ladi.
Sutkalik kaltsiy miqdorini oziq-ovqat moddalari bilan qoplash mumkin emas,
shuning uchun bemorlarga kaltsiy tuzlari beriladi. Kaltsiyni organizmgda
o‘zlashishiga vitamin D muhimdir va baliq yog‘i, hayvon yog‘larida mavjud.
234
Do'stlaringiz bilan baham: |