Eliminasion dieta va ovqat kundaligi
El elkalar, qazi, ot go‘shti iste’mol qilish mumkin emas.iminatsion dietani
tuzish uchun kasallikka sabab bo‘luvchi ovqat moddalarini aniqlovchi ovqat
kundaligi tutiladi.
Ovqat kundaligi – iste’mol qilingan barcha mahsulotlarni sana, oy va soat
ko‘rsatilgan holda qayd qilib boriladigan daftar. Bunda alohida ustunlarda teri rangi,
nafas olish va ovqat hazm qilish sistemalarining holati ko‘rsatiladi. Oxirgi ustunda
umumiy ahvol, uyqu, ishtaha, dorilarning qabul qilinishi, ovqatga yaqqol dahldor
bo‘lmagan simptomlar aks etadi.
Ovqat kundaligini yuritish davomida gormonlarni, shuningdek antigistamin
preparatlarni qabul qilish mumkin emas.
Turli manbalarga ko‘ra ovqat kundaligi 20 kundan 2 oygacha yuritiladi, bunda
haftada kamida bir marta barcha ma’lumotlar vrach tomonidan ko‘zdan kechiriladi.
Agar mazkur dieta fonida kasallikning qo‘zg‘alishi bir necha marotaba ma’lum
mahsulotlar bilan mos tushsa, bu mahsulotlar kamida 2 hafta muddatga dietadan olib
tashlanadi. Kasallik simptomlari yo‘qolgach, tekshirish uchun dietaga cheklangan
mahsulotlardan biri qo‘shiladi. Agar uni har kuni iste’mol qilganda kasallik
o‘tkirlashmasa, 7 kundan so‘ng boshqa bir cheklangan mahsulot qo‘shiladi va h.k.
Individual dietani tuzishning umumiy tamoyillari:
Ovqat kundaligini analiz qilganda quyidagi variantlar bo‘lishi mumkin.
1. Birinchi guruh obligat allergenlarga nisbatan allergiya aniqlandi (shokolad,
kakao, tsitrus mevalari, anor, qovun, smorodina, qulupnay, malina, asal, baliq, ikra,
yong‘oq, qo‘ziqorinlar) va bu holatda nospetsifik gipoallergen dieta belgilanadi.
2. Ikkinchi guruh obligat allergenlarga nisbatan allergiya xolati aniqlandi (sut,
tuxum).
3. Noobligat allergenlarga nisbatan allergiya xolati aniqlandi (donli
mahsulotlar, go‘sht, sabzavotlar).
Ikkinchi va uchinchi holatlarda aniqlangan allergenni dietadan chiqarish lozim,
buning uchun shifokorga murojaat qilish va uning tavsiyalariga amal qilish kerak.
Ko‘krak yoshidagi bolalar uchun dietadavo taktikasi.
1. Ona va bolaga nospetsifik gipoallergen dieta belgilanadi ya’ni sanoatda
ishlab chiqarilgan, konservantlar, emulgatorlar, bo‘yoqlar va aromatizatorlar
tutuvchi barcha mahsulotlar cheklanadi. Ichaklar shilliq qavatini ta’sirlantirishi
mumkin bo‘lgan ekstraktiv ovqatlar (baliq va go‘shtli bulyonlar) cheklanadi va bu
bosqichda sut va qatiq mahsulotlari ham cheklanadi.
211
2. Allergik reaktsiyani chaqiruvchi mahsulot aniqlangach, 3 oydan 6 oygacha
bo‘lgan muddatga individual dieta tuziladi.
Sigir sutiga allergiya bo‘lganda ovqatlanish.
Sigir suti tarkibiga kiruvchi uchta oqsil: α-laktoalbumin, β-laktoglobulin va
kazein eng kuchli senzibilizatsiyalovchi faollikka ega.
Ulardan birinchisi (α-laktoalbumin) qaynatish, quritish, bijg‘itish jarayonlarida
parchalanadi, shu sababli quruq sut, qaynatilgan sut va qatiq allergik reaktsiya
chaqirmaydi. Allergiyaning bu turi katta yoshli bolalar va kattalarda uchraydi.
Agar sutning termostabil oqsillariga (β-laktoglobulin, kazein) nisbatan
allergiya paydo bo‘lsa, sigir suti ratsiondan umuman chiqarib tashlanadi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sigir sutini qabul qila olmaslikda bir
yoshgacha ona suti bilan oziqlantirish, qo‘shimcha ovqatlarni tayyorlashda ham ona
sutidan foydalanish optimal variant bo‘ladi, lekin tashqari ona ham sigir suti
iste’molini cheklashi lozim. Agar bola sun’iy ovqatlantirishda bo‘lsa, boshqa
hayvonlar (echki, ot) sutidan yoki o‘simlik sutlaridan, ya’ni soya aralashmalari,
bodom sutidan foydalanish mumkin.
Agar soya aralashmalariga nisbatan ham allergiya rivojlansa, ular oqsil
gidrolizatlari bilan almashtiriladi.
Soya aralashmalarini qo‘llash qoidalari shundan iboratki, bola 5 oydan katta
bo‘lishi kerak, aralashma asta-sekin hafta davomida, boshqa ovqatlar o‘rniga
kiritiladi, sut mahsulotlari ratsiondan olib tashlanadi va soya aralashmalari 3 oydan
kam bo‘lmagan muddat davomida qo‘llanadi.
Hozirgi kunda bolalar uchun turli xildagi gipoallergen aralashmalar mavjud.
Ko‘pchilik bolalarga 6 oydan o‘tiboq dietaga sut mahsulotlarini qo‘shish mumkin.
Bunda saryog‘dan boshlab asta-sekin aralashmalarga o‘tish tavsiya etiladi.
Tovuq tuxumiga allergiya bo‘lganda ovqatlanish.
Tovuq tuxumining oqi va sarig‘i turli sensibilizatsiyalovchi faollikka ega,
chunonchi ko‘proq hollarda allergiyaga tuxum oqini iste’mol qilish sabab bo‘ladi.
Shu bilan birga tuxum oqi va sarig‘iga allergiya bir vaqtda bo‘lmasligi mumkin.
Tuxum oqsillari ham tarkib jihatdan turlicha, ya’ni ularda termolabil va termostabil
komponentlar mavjud. Agar allergiya termolabil antigenlarga qarshi rivojlansa,
yaxshi qaynatilgan tuxum allergiya chaqirmaydi. Qaynatilgan tuxumning allergiya
chaqirishi esa, termostabil oqsillarga nisbatan sensibilizasiyadan darak beradi.
Oxirgi holatda tuxum va tarkibida tuxum tutuvchi mahsulotlardan (makaron
mahsulotlari, pudinglar, konfet, zefir, mayonez, sous, kotlet, salat, krem, biskvitlar)
umuman cheklanish lozimdir.
Tovuq tuxumi va go‘shti oqsillari, A vitamin, V guruh vitaminlari, temir
manbai hisoblanadi. Ularning o‘rniga teng qiymatli mahsulot sifatida baliqdan
foydalanish mumkin, uning oqsillari qiymat va o‘zlashtirilishi jihatidan tovuq
go‘shtiga yaqin turadi. Tam jihatdan quyon go‘shti qush go‘shtini eslatadi,
shuningdek u temir, kaliy, fosfor va marganetsga boy.
Ratsionga temir tutuvchi qo‘shimcha mahsulotlarni (mayiz, pista, kakao,
dukkaklilar), V guruh vitaminlarini tutuvchi mahsulotlarni (quruq pivo achitqisi,
212
yong‘oq, pishloq), mis tutuvchi mahsulotlarni (sarimsoq piyoz, avokado, dengiz
karami) kiritish ham foydali bo‘ladi.
Tovuq tuxumining o‘rnini bedana tuxumi bilan bosish mumkin, ularni taomlar
tayyorlashda ham ishlatish mumkin. Tuxumlarning o‘rnini soya uni ham bosishi
mumkin (2 osh qoshiq un 2 osh qoshiq suvda aralashtiriladi, bu aralashmaning
qiymati bitta tuxumniki bilan teng bo‘ladi).
Don mahsulotlarga allergiya bo‘lganda ovqatlanish.
Barcha turdagi don mahsulotlarini qabul qila olmaslik – juda kam uchrovchi
holatdir. Odatda allergiya bitta yoki bir nechta don mahsulotlariga nisbatan
sensibilizatsiya bilan kechadi. Ko‘krak bilan oziqlantiriladigan bolalarda allergiya
qo‘shimcha tarzda bo‘tqalar berish natijasida paydo bo‘lishi mumkin. Sun’iy
ovqatlantirishda bo‘lgan bolalarda esa, allergiya simptomlari avvalroq – yormalar
qo‘shilgan sut aralashmalari berila boshlaganda paydo bo‘ladi.
Eng kuchli allergen bug‘doy hisoblanadi. Hayotning birinchi yilida mannka
yormasi berila boshlaganda bug‘doyga nisbatan allergiya rivojlanadi. Bunda,
allergiyaning sababi sutmi, yoki yormami degan savolga javob topish lozim bo‘ladi.
Buning uchun suvda qaynatilgan va saryog‘ qo‘shilmagan mannka yormasi sinov
tarzida berib ko‘riladi.
Bug‘doyga allergiya bo‘lganda ratsiondan mannka yormasi, makaron
mahsulotlari, bug‘doy noni, bug‘doy asosidagi kofe, qandolat mahsulotlari,
muzqaymoq, pivo, viski, bug‘doy arog‘i, konservalangan sho‘rvalar, bulyon
kubiklari, quruq ziravorlar, sosiska, kolbasa va konservalar chiqarib tashlanadi. Unni
panirovkada va souslar tayyorlashda ishlatish mumkin emas.
Allergiya chaqirish chastotasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda suli va grechka turadi.
Juda kam hollarda guruch, javdar, arpaga allergiya paydo bo‘ladi.
Donli mahsulotlar tarkibidagi uglevodlarning o‘rnini kartoshka, dukkaklilar,
banan hisobiga to‘lg‘azish mumkin. Vitamin va mikroelementlarni esa sut
mahsulotlari, baliq, go‘sht, ko‘katlardan olish mumkin.
Hayvonlar go‘shtiga allergiya bo‘lganda ovqatlanish.
Hayvonlar go‘shtini allergik qabul qila olmaslik qush go‘shtini qabul qila
olmaslikka nisbatan juda kam uchraydi. Bunda hayvon go‘shtiga nisbatan
sensibilizatsiya kesishgan xarakterga ega bo‘lmay, bir turdagi hayvon go‘shti bilan
cheklanadi. Ko‘p holda quyon va mol go‘shtiga nisbatan allergiya uchraydi,
allergiya chaqirmaydigan go‘sht turlari ovqat kundaligi yordamida aniqlanadi.
Hayaon juniga va go‘shtiga nisbatan allergiya bo‘lish imkoniyati mavjud (ot
qazg‘og‘i va ot go‘shti, quyon juni va quyon go‘shti). Go‘shtli va tovuqli
bulyonlarga qarshi allergiya paydo bo‘lsa, bu har doim ham go‘shtga nisbatan
allergiyani bildirmaydi, balki bu reaktsiya bulyon tarkibidagi ekstraktiv moddalarga
nisbatan paydo bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Bunday holatlarda go‘shtni
ratsiondan olib tashlash kerak emas balki bul’yoni ratsiondan chiqarilishi lozim.
213
Do'stlaringiz bilan baham: |