Klinik dietologiya va nutrisiologiya


    13-BOB. ALLERGIK KASALLIKLARDA DIETOTERAPIYA



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

 


207 
 
13-BOB. ALLERGIK KASALLIKLARDA DIETOTERAPIYA 
 
Allergik kasalliklar tasnifi 
Allergik  kasalliklar  allergik  reaktsiya  turiga  qarab  bir  qancha  guruhlarga 
bo‘linadi. 
1.  Anafilaktik  shok,  qichima,  Kvinke  shishi,  rinitlar,  bronxial  astma.  Bu 
kasalliklarning asosida  darhol  yuzaga keluvchi allergik reaktsiyalar  yotadi.  Bunda 
allergen  va  antitela  o‘rtasida  reaktsiya  sodir  bo‘lib,  biologik  faol  moddalar 
(gistamin, serotonin) ajralib chiqadi. 
2. Allergik reaktsiyaning ikkinchi turida allergen dastlab hujayra bilan aloqaga 
kirishadi, so‘ng antitelalar “allergen – hujayra” kompleksi bilan bog‘lanadi.  
3. 
Sekinlashtirilgan 
turdagi 
gipersezgirlik 
reaktsiyasi 
allergenning 
sensibilizatsiyalangan qon hujayralari bilan ta’sirlashuvi sodir bo‘lib, natijada toksik 
moddalar ajralib chiqadi. 
Yuqoridagi reaktsiyalarning barcha turlari bitta bemorda bo‘lishi ham mumkin. 
Allergen  rolini  ovqat  mahsulotlari,  kimyoviy  moddalar,  dori  vositalari, 
organizmning  kasallik  sababli  o‘zgargan  xususiy  oqsillari,  mikrob  va  viruslar 
bajarishi mumkin.  
Oqsillarning  hazm  jarayonida  fermentativ  ishlanishi  uning  antigenlik 
xususiyatlarining  yo‘qolishiga olib keladi,  lekin, ayrim patologik holatlarda ovqat 
hazm qilish jarayonida yangi ikkilamchi ovqat allergeni shakllanishi mumkin. 
Huddi  shunday  fenomen  termik  ishlov  berilgan  ovqatda  ham  kuzatilishi 
mumkin.  
Allergenlar  ekzogen  va  endogen  guruhlarga  ajratiladi.  Birinchi  guruh 
allergenlar  organizmga  nafas  olganda,  ovqatlanganda  tashqaridan  tushsa,  ikkinchi 
guruh allergenlar organizmning o‘zida, to‘qimalarning shikastlanishi natijasida hosil 
bo‘ladi. 
Ekzogen allergenlar: 
- maishiy  va  epidermal  (uydagi  chang,  mog‘or  zamburug‘lari,  uy 
hayvonlarining yunglari, qushlarning pat va parlari, qazg‘oq, akvarium baliqlarining 
ovqati),  turli  daraxt  va  o‘tlarning  changlari,  bakterial  va  virusologik,  dorivor, 
vaksina va zardoblar, 
qon preparatlari va boshqa bo‘lishi mumkin. 
Shamol  yordamida  changlanuvchi  o‘simliklar  changi  allergik  kasallik  – 
pollinozni  keltirib  chiqaradi.  Zamburug‘  allergiyasi  uy-joy,  ofislarda  uchrovchi 
zamburug‘larning sporalari tufayli yuzaga keladi.  
Allergenlarning alohida katta  guruhini dori vositalari tashkil qiladi, jumladan 
antibiotiklar,  sulfanilamidlar,  analgetiklar,  vitaminlar,  gormonlar,  kosmetika,  kir 
yuvish  kukunlari,  tozalovchi  vositalar,  laklar,  bo‘yoqlar,  erituvchilar  tarkibiga 
kiruvchi  kimyoviy  moddalar  teridagi  yallig‘lanishga,  hatto  bronxial  astma  va 
neyrodermitning qo‘zg‘alishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Oziq-ovqat allergenlari 
Ovqat  mahsulotlari  –  eng  keng  tarqalgan  allergenlar  guruhi  bo‘lib,  ularni 
allergiya darajasi quyidagicha: sut  va sut mahsulotlari  – 76,9 %, tuxum – 40,4 %, 
baliq – 36,5 %, sabzi – 35,6 %, tsitrus mevalari – 28,8 %, tovuq – 13,5 %, bug‘doy 


208 
 
– 12,5 %, suli – 12,5 %, mol go‘shti – 9,6 %, shokolad – 8,7 %, grechka – 7,7 %, 
 
qulupnay – 7,7 %, smorodina – 7,7 %, guruch, pomidor, kartoshka, lavlagi, 
olma, qo‘ziqorin, uzum, javdar, karam, yashil no‘xat, ikra, anor, malina – 7 %dan 
kam. 
Ovqat  allergiyasi  simptomlari  ovqat  mahsulotlariga  texnologik  ishlov  berish 
jarayonida qo‘shiladigan turli ballast moddalar tufayli ham paydo bo‘lishi mumkin. 
Jumladan: rang beruvchilar,  
konservantlar  (oltingugurt  oksidi,  natriy  benzoat, 
efir  4-  gidroksibenzoat),  quyiltirgichlar,  suyultirgichlar,  tam  kuchaytirgichlar, 
aromatizatorlar (salitsilatlar, mentol), emulgatorlar. 
Eng  salbiy  ta’sirga  tartrazin  (konfetlar,  rangli  zefir,  makaronlar,  pryaniklar, 
tayyor  pudinglar,  muzqaymoq,  gazli  ichimlik  va  sharbatlarda  bo‘ladi)  kabi 
qo‘shimchalar ega bo‘ladi. 
Yashirin  allergenlarga  antibiotiklar  (sutda),  soya  (go‘shtli  yarim  tayyor 
mahsulotlarda),  yong‘oqlar,  kimyoviy  aromatizatorlar  (qandolat  mahsulotlarida) 
kiradi. 
Allergik  kasalliklar  turlicha  namoyon  bo‘lishiga  qaramay,  ularning  asosida 
o‘xshash  jarayon  yotadi,  bu  barcha  allergik  kasalliklarni  davolashda  umumiy 
yondoshuvlarga asoslanish imkonini beradi. Har qanday allergik reaktsiyada dastlab 
allergiyani chaqirgan moddaning ta’sirini to‘xtatish zarur.  
 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish