Klinik dietologiya va nutrisiologiya


O‘tkir va surunkali pankreatitlarda davo ovqatlanish



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

O‘tkir va surunkali pankreatitlarda davo ovqatlanish 
O‘tkir  pankreatit-me’da  osti  bezining  o‘tkir  yallig‘lanishidir.  Kasallik  kelib 
chiqishida  bez  yo‘lining obstruk-tsiyasi  asosiy  sabablardan  biri  sanaladi.  O‘t-tosh 
kasalligi,  duodenit,  yara  kasalligi,  gematogen  infektsiya,  ortiqcha  ovqat-lanish, 
alkogol  bilan  o‘tkir  zaharlanish  kabi  omillar  ham  o‘tkir  pankreatit  patogenezida 
ma’lum rol o‘ynaydi. 
O‘tkir  pankreatit  bilan  og‘rigan  bemor  jarroh  kuzatuvida  bo‘lishi  kerak. 
Bunday bemorlarga, ko‘pincha, terapevtik davolash o‘tkaziladi. Davolashda me’da 
osti  bezini  ehtiyotlash  va  uning  sekretsiyasini  kamaytirish,  og‘riqni  yo‘qotish, 
giperfermente-miyani pasaytirish, infektsiya bilan kurashish, moddalar almashinuvi 
buzilishlarini tiklash vrachning asosiy vazifasi-dir.Og‘riqlarni qoldirish uchun 1 ml 
2% promedol eritmasi morfiy berilmaydi, chunki u Oddi sfinkteri spazmini kuchay-
tiradi va peritonit belgilarini yashirishi mumkin, xolinolitiklar (atropin sulfat va b.), 
spazmolitiklar  parenteral  yo‘l  bilan  beriladi.  Epigastral  sohaga  sovuq,  qo‘yiladi. 
Zarurat bo‘lsa kofein, kardiamin, kamfora beriladi. Venaga suyuqliklar (fiziologik 
eritma, 5% li glyukoza, gemidez va b.) yuboriladi. 


198 
 
O‘tkir  pankreatitda  1-2-kunlari  bemorga  ovqat  berilmaydi.  Faqat  0,8-1  l  iliq 
gazsiz mineral suv va 0,2-0,4 l na’matak qaynatmasi berib turiladi. Suyuqliklar 200 
ml  dan  bir  kunda  6  marta  beriladi.  Bemorning  och  yurishi  me’da  shirasining 
kamayishiga,  me’da  va  me’da  osti  bezi  fermentlari  faolligining  pasayishiga  olib 
keladi. Iloji bo‘lsa, me’da shirasini zond bilan olib turish kerak. Kasallikning 3-kuni 
sutli  choy,  guruchli  bo‘tqa,  go‘shtsiz  qirilgan  mahsulotlardan  tayyorlangan  suyuq 
osh,  na’matak  damlamasi,  ozgina  qiymalangan  yog‘siz  go‘sht,  tvorog  beriladi. 
Uchinchi kunning bir kunlik taomnomasi: 
  Nonushtaga: Manka bo‘tqasi, sutli choy. 
  Soat 1100 da: Chuchuk tvorog 
  Tushlikka:  Yog‘siz,  go‘shtsiz  quruq  sho‘rva.  Bug‘da  pishgan  qiyma  go‘sht, 
limon choy. 
  Kechki taomga: Shirguruch, choy. 
Bemorlarga yog‘lar, oqsillar va karbonsuvlar cheklangan parhez taom tavsiya 
etiladi.  Lekin  organizmda  oqsillar  uzoq  vaqt  etishmasa,  me’da  osti  bezi 
to‘qimalarining tiklanishi qiyinlashadi. Yog‘larning kam bo‘lishi yog‘da eriydigan 
vitamin A, D, E, etishmovchiligiga olib keladi. Parhezda azotli ekstraktiv moddalar 
va  boshqa  me’da  shirasi  ajralishini  ko‘paytiradigan  oziqa  moddalar  va  taomlar 
bo‘lmasligi kerak.  Tuz  cheklanadi,  yog‘lar  -40-50  g  bo‘ladi.  Bir  oz  tez  eriydigan 
karbonsuvlar qo‘shiladi. Suyuqliklar miqdori 1,5-2 l dan oshmasligi kerak. V guruhi 
vi-taminlari va vitamin S ga boy mahsulotlar berish lozim. Ovqat 6-7 mahal beriladi. 
Quyida kasallikning 4- va 5-kunlari uchun parhez taomnoma keltirilgan: 
  Nonushtaga: Manqa bo‘tqasi, sutli, choy. 
  Soat 1100 da: Dimlangan olma. 
  Tushlikka:  Quruq  yog‘siz  sho‘rva,  parda  pishgan  kot¬let  kartoshka  pyuresi 
bilan, na’matak qaynatmasi 
  Kechki taomga: Yumshoq shovla, limon choy. 
  Kechga: Kefir 
  Borjomi,  Toshkent  mineral  suvi  kabi  ishqoriy  mineral  suvlar  pankreatik 
sekretsiyani  kamaytiradi.  Sekin-asta  parhez  kengaytirib  boriladi.  Ko‘proq  oqsilli 
(asosan  hayvon  oqsili),  kamrok  yog‘li  mahsulotlar  beriladi,  karbonsuvlar  miqdori 
ko‘pay-tiriladi.  Kasallikning  5-6-kunlariga  kelib,  parhez  ancha  kengaytiriladi. 
Parhezda  oqsillar  -80  g  (shun¬dan  50-60  g  hayvon  oqsili),  yog‘lar-50-60  g, 
karbon¬suvlar -200 g. Umumiy kaloriyasi-1500-1600 kkal. Suyuqliklar- 2 l gacha 
beriladi 
  Kasallikning  10-15-kunlarida  bemor  ahvoliga  karab  №5P-son  parhez 
dasturxonga o‘tkaziladi 
Surunkali pankreatit. 
  Surunkali  pankreatit  nisbatan  ko‘p  uchraydigan  kasallik.  Kasallik  bir  necha 
turda  kechadi:  latent,  retsidivli,  doimiy  og‘riqli,  sklerotik  va  o‘smasimon. 
Kasallikning  kechishini:  1-engil,  II-o‘rtacha  og‘irlikda  va  III-og‘ir  bosqichlarga 
ajratish mumkin.  
  Kasallikni  davolashda  fermentlar  faolligini  pasaytirish,  yallig‘lanishni 
kamaytirish va me’da osti beziga osoyishtalikni ta’minlash zarur. Parhez ovqatlanish 


199 
 
ana  shu  maqsadlarga  to‘g‘ri  kelishi  kerak.  Bemorlarga  5P-  son  parhez  dasturxon 
tavsiya etiladi.Uni pankreatitning og‘irlik darajasiga qarab qirilgan yoki qirilmagan 
mahsulotlardan  tayyorlanadi.  Bu  parhezdagi  (ko‘paytirilgan  miqdordagi)  hayvon 
oqsillari  me’da  osti  bezining  funktsiyasini  me’yoriga  keltirishga  yordam  beradi 
(pankreatik  fermentlar  va  ularning  ingibitorlari  sintezini  oshiradi),  ichakdadagi 
bijg‘ish  jarayonini  kamaytiradi.  Bunda  yog‘lar  cheklanadi.  Azotli  ekstraktiv 
moddalar, xolesterinli mahsulotlar, qovurganda yog‘ parchalanishidan hosil bo‘lgan 
moddalar va qiyin eriydigan yog‘lar mumkin qadar cheklanadi. Lipotrop moddalar 
va  vitamiilar  ko‘p  bo‘ladi.  Surunkali  pankreatitda  tashqi  sekretsiya  funktsiyasi 
pasaysa,  parhezda  o‘simlik  yog‘larini  berish  tavsiya  etiladi  va  me’da  osti  bezi 
preparatlari (pankreatin) bilan davolanadi.Ichakda bijg‘ish ja-rayonini va meteorizm 
hosil qiluvchi oziqalar berilmaydi. Ko‘p ovqat eyish mumkin emas. Oqsillar hazm 
bo‘lishi  qiyin  bo‘lib  qolgan  hollarda  vaqtincha  ratsionda  oqsillar  kamaytirilib, 
karbonsuvlar ko‘paytiriladi 
  Agar bemorlarda surunkali pankreatit zuraysa, o‘tkir pankreatitning birinchi 
kunlaridagi parhez buyuriladi. 1-2 kun bemorga ovqat berilmaydi, keyingi kunlarda 
ovqat cheklanadi 
  Quyida  5P-son  parhez  dasturxonning  bir  kunlik  taxminiy  taomnomasi 
keltirilgan. 
  Nonushtaga: Sulidan bo‘tqa, tuxum oqidan tayyorlangan omlet, choy. 
  Soat 1100 da: Tvorog smetana bilan. 
  Tushlikka:  Kuchsiz,  go‘shtsiz  sabzavot  shurvasi,  qaynatilgan  tovuq  go‘shti 
kartoshka pyuresi bilan, limon choy. 
  Soat 1600da: Dimlangan olma. 
  Kechki taomga: Kartoshkali xunon 
  Kechga: Kefir. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish