Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Me’daning surunkali yallig‘lanish kasalliklarida dietoterapiya



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

 
Me’daning surunkali yallig‘lanish kasalliklarida dietoterapiya 
Surunkali  gastrit  –  me’da  shilliq  qavatining,  ayrim  hollarda  –  chuqurroqdagi 
qavatlarning  ham  surunkali  yallig‘lanish  kasalligi  bo‘lib,  bunda  bezli  epiteliyning 
gistologik  qayta  qurilishi  amalga  oshadi  va  me’da  atrofiyasi,  sekretor  va  motor 
funktsiyalarining  buzilishi  ro‘y  beradi.  Ba’zan  yallig‘lanish  o‘n  ikki  barmoq 
ichakning ham shilliq qavatiga o‘tib, gastroduodenit rivojlanadi.  


186 
 
Statistika  bo‘yicha,  50  yoshdan  oshganlarning  yarmidan  ortig‘i  gastrit  va 
gastroduodenit  bilan  og‘riydi.  Bu  me’da-ichak  traktining  eng  ko‘p  uchrovchi 
kasalliklaridir hazm qilish a’zolari strukturasida 35 % ni, me’da va o‘n ikki barmoq 
ichak kasalliklari orasida 80 – 85 % ni tashkil qiladi. 
Zamonaviy  gastroenterologiyada  surunkali  gastrit,  ayniqsa  uning  atrofik-
giperplastik shakli o‘smadan oldingi kasalliklar qatoriga kiritiladi.  
Surunkali gastritning bir qancha tasniflari mavjud. Etiologiyasiga ko‘ra ushbu 
kasallik  uch  turga  bo‘linadi:  autoimmun  gastrit  V12  defitsitli  anemiyada, 
xelikobakter mikroblari bilan bog‘liq bo‘lgan surunkali gastrit va aralash shakli.  
Kislota ishlab chiqarish funktsiyasining buzilishiga ko‘ra surunkali gastrit va 
gastroduodenit  uchta  asosiy  guruhga  bo‘linadi:  pasaygan,  meyoriy  va  kislotalik 
oshgan shakllari. Ko‘pchilik hollarda dastlab surunkali gastrit turlicha sekretor fon 
bilan  kechib,  so‘ng  me’da  shirasi  sekretsiyasi  va  kislotalilik  pasayishiga  moyillik 
mavjud.  
Joylashuviga ko‘ra gastritlar tarqoq, antral va chegaralangan bo‘ladi. 
Shuningdek, o‘ziga xos nomlanuvchi alohida shakllari ham mavjud, jumladan 
gemmoragik, rigid, gigant gipertrofik, polipoz va eroziv gastritlar. 
Zamonaviy  izlanishlar  natijalari  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  me’daning  kislotali 
muhitiga  chidamli  bo‘lgan  xelikobakter  pilori  bakteriyasi  gastrit  rivojlanishining 
asosiy  sababi  hisoblanadi.  Uning  hayot  faoliyati  me’da  shilliq  qavati 
degeneratsiyasiga  sabab  bo‘ladi.  Bu  o‘zgarishlar  natijasida  ishlab  chiqariladigan 
me’da  shirasi,  Kaslning  ichki  omili  miqdori  kamayadi.  Kaslning  ichki  omili  V12 
vitamini almashinuvida ishtirok etadi, uning etishmovchiligi anemiyaga olib keladi.  
Shuningdek surunkali gastritning rivojlanishga quyidagi moyillik omillari ham 
ta’sir ko‘rsatadi: ovqatlanishning buzilishi, achchiq va dag‘al ovqatlarning iste’mol 
qilinishi, haddan ziyod issiq taomlarga moyillik, spirtli ichimliklar, tamaki, kasbiy 
zararli omillar, ovqat allergiyasi, qorin bo‘shlig‘i a’zolari va endokrin sistemaning 
yallig‘lanish kasalliklari, temir etishmovchiligi, nasliy moyillik va h.k. 
75 % holatlarda surunkali gastrit surunkali xoletsistit, appenditsit, kolit va hazm 
qilish  tizimining  boshqa  kasalliklari  bilan  birga  uchraydi  va  kam  holatlarda  o‘tkir 
gastrit natijasida rivojlanadi.  
Odatda  gastritning  birinchi  huruji  to‘satdan  paydo  bo‘lib,  aniq  sababsiz 
epigastral  sohada  keskin  hurujsimon  og‘riqlar,  ba’zan  ko‘ngil  aynishi,  qayt qilish 
yuzaga  keladi.  Surunkali  gastritning  belgilari  turli  xil  bo‘lib,  ko‘pincha  me’da 
muxitining kislotalilik darajasiga bog‘liq.  
Jig‘ildon  qaynashi,  epigastral  sohadagi  diffuz  og‘riqlar,  og‘irlik  hissi, 
qabziyatga  moyillikka  shikoyat  qilgan  bemorda  meyoriy  yoki  kuchaygan  sekretor 
funktsiyali  gastritga shubha paydo bo‘ladi. Odatda gastritning bu turi  yuzaki yoki 
bezlarning atrofiyasiz zararlanishi bilan kechadi, va me’da sekretsiyasi aniqlanganda 
quyidagi  o‘zgarishlar  qayd  qilinadi,  bazal  sekretsiya  10  mmol/soat  gacha  ortadi, 
stimullangan  sekretsiya  (maksimal  gistaminli  stimullashdan  so‘ng)  35 
mmol/soatgacha etadi va kechasi  me’da sekretsiyasining  yuqori bo‘lishi e’tiborga 
molik. 


187 
 
Sekretor etishmovchilikli surunkali gastrit rivojlanganda me’da shilliq qavatida 
atrofik  o‘zgarishlar  va  buning  natijasida  sekretsiyaning  kamayishi  kuzatiladi. 
Odatda gastritning bu turi bilan etuk va keksa yoshdagi odamlar og‘riydi. Pasaygan 
sekretor  funktsiyali  gastrit  uchun  quyidagi  simptomlar  xosdir,  epigastral  sohadagi 
diffuz  to‘mtoq  og‘riqlar  va  og‘irlik  hissi,  ishtahaning  buzilishi,  ko‘ngil  aynishi, 
kekirish,  og‘izdagi  yoqimsiz  tam,  meteorizm,  diareya.  Agar  kasallik  uzoq  vaqt 
davomida davolashsiz kechsa, bemor ozib ketadi, qondagi oqsil miqdori kamayadi, 
poligipovitaminoz, 
kuchsiz 
gipokortisizm 
va 
boshqa 
endokrin 
bezlar 
etishmovchiligining simptomlari, normoxrom yoki temir defitsitli anemiya yuzaga 
keladi.  Shuningdek,  surunkali  gastrit  uzoq  vaqt  davom  etsa  yallig‘lanish  jarayoni 
me’da-ichak traktining boshqa a’zolariga ham tarqalib, enterit, ichak disbakteriozi, 
pankreatit, xoletsistit kabi kasalliklar rivojlanadi.  
Surunkali gastritni davolashda dieta tartibi asosiy o‘rin tutib, u oshqozonning 
sekretor funktsiyasi, bemorning umumiy ahvoli va kasallikning bosqichiga bog‘liq 
bo‘ladi.  Lekin,  shuning  bilan  birgalikda  surunkali  gastritlarda  dieta  bemor  uchun 
optimallashtirilgan bo‘lishi va uning ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘la 
qondirishi  kerak.  So‘nggi  yillarda  turli  mualliflarga  tegishli  ko‘plab  dietalar,  turli 
yo‘nalishlar keng qo‘llanilmoqda. Shu sababli, maxsus ishlab chiqilgan, tekshirilgan 
va dietologiyada tavsiya qilingan ratsionlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.  
Me’yoriy  yoki  kuchaygan  sekretsiya  bilan  kechuvchi  surunkali  gastritning 
qo‘zg‘alishida  dastlabki  1-2  kun  ovqat  iste’mol  qilishdan  cheklanish  tavsiya 
qilinadi,  ko‘p  miqdorda  suv  ichish  ruxsat  etiladi.  So‘ng,  bemorga  dieta  №1a 
belgilanadi.  O‘tkir  gastrit  yoki  surunkali  gastritning  qo‘zg‘alishida  me’daning 
ta’sirlanish simptomlari bo‘lgan ko‘ngil aynishi, kekirish, jig‘ildon qaynashi kuchli 
namoyon bo‘ladi, bu vaqtda me’dani maksimal tarzda termik, mexanik va kimyoviy 
himoya qilish lozim.  
Quyidagi  taomlar  tavsiya  qilinadi:  turli  yormalardan  bug‘doy  yormasidan 
tashqari tayyorlangan, sut, qaymoq, saryog‘ qo‘shilgan shilliq sho‘rvalar, go‘sht va 
baliqning yog‘siz navlaridan bug‘da tayyorlangan sufle, kuchli qaynatilgan tuxum, 
bug‘da  tayyorlangan  quymoq,  sut,  tvorog,  tvorogli  sufle,  gomogenlashtirilgan 
sabzavot va mevali pyurealar, shirin navli mevalardan tayyorlangan kisel va jelelar.  
Mazkur dieta, odatda, 1-3 kunga, ba’zan,  3-5 kunga belgilanadi. Ovqatlanish 
tartibi oz-ozdan, sutkada 5-6 mahal.   
Bundan  keyin  kasallik  belgilarini  sustlashuvi,  sekretor  buzilishlarning  turiga 
qarab dieta o‘zgarib boradi.  
Dieta № 1a dan 7-10 kun so‘ng, dieta № 1b belgilanadi. 
Ushbu dieta asosiy oziq moddalarning fiziologik nisbati bilan xarakterlanadi va 
1-2  hafta  davomida  belgilanadi.  Agar  og‘riq  va  dispepsik  sindromlarda  ijobiy 
dinamika kuzatilsa ko‘ngil aynishi, kekirish, jig‘ildon qaynashi bo‘lmasa, bemorga 
1-2  hafta  muddatga  dieta  №  1b  dan  surunkali  gastrit  bilan  og‘rigan  bemorlar  bir 
necha oy davomida amal qilishlari lozim bo‘lgan dieta № 1 tavsiya qilinadi. 
Keyingi  bosqichda  dieta  №  5  ga  o‘tiladi.  Ushbu  dieta  o‘t  ajralishi,  ichak 
peristaltikasini stimullaydi.  


188 
 
Mazkur dietada ham etarli miqdorda oqsillar, ovqat tolalari, suyuqlik va oson 
o‘zlashtiriladigan  uglevodlar  bo‘ladi.  Yomon  eruvchi  yog‘lar,  xolesteringa,  osh 
tuziga boy mahsulotlar, azotli ekstraktiv moddalarning miqdori esa sezilarli darajada 
cheklangandir,  sovuq  ovqatlar  tavsiya  qilinmaydi.  Barcha  taomlar  suvda  yoki 
bug‘da pishiriladi. Birinchi taomlar vegeteriancha yoki juda kuchsiz bulyon asosida 
bo‘lishi  kerak  va  bu  dietaning  qo‘llanilish  muddati  kasallikning  kechish 
xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, individual tarzda belgilanadi.  
Parhez  ovqatlanishning  maqsadi  ratsionning  fiziologik  to‘laqonliligini 
saqlagan holda gastroduadenal zonaga ta’sirni kamaytirish, kislota-peptik omilning 
me’da shilliq qavatiga salbiy  ta’sirini  iloji  boricha kamaytirishdan  iborat. Mazkur 
dieta  me’daning  sekretor  va  motor-evakuator  funktsiyalarini  meyoriylashtirish 
imkonini 
beradi. 
Bunga 
oshqozon 
shirasi 
sekretsiyasining 
kuchli 
stimulyatsiyasining  oldini  olish,  mexanik  himoyaviy  dieta,  ovqatlanish  tartibini 
belgilash yo‘li bilan erishiladi, natijada ovqatning antasid ta’siri vaqti uzayadi.  
Bemor  ratsionidan  uzoq  muddatga  xatto  turg‘un  remissiya  holati  yuzaga 
kelganda ham me’da sekretsiyasini kuchli qo‘zg‘atuvchi mahsulotlar jumladan efir 
yog‘lari, kislotalar, go‘sht va baliqning ekstraktiv moddalarini olib tashlash tavsiya 
etiladi.  
Me’yoriy  yoki  kuchaygan  sekretsiya  bilan  kechuvchi  surunkali  gastrit 
ratsionini yangi tayyorlangan kartoshka va karam sharbatlari bilan boyitish kerak. 
Sekretor  etishmovchilik  bilan  kechuvchi  surunkali  gastritning  qo‘zg‘alish 
davrida va ich ketishiga moyillik bo‘lganda dieta № 4b tavsiya qilinadi, undan keyin 
dieta № 4v qo‘llaniladi. Ushbu dietada uglevodlar miqdori kamroq bo‘lgani sababli, 
kaloriyasi ham yuqori emas. Dag‘al o‘simlik tolalari, to‘liq sut, sutda tayyorlangan 
birinchi  va  ikkinchi  taomlar,  osh  tuzi  hamda  ziravorlar  bemorning  ahvoliga  qarab 
kam  miqdorda  beriladi,  yoki  umuman  cheklanadi  shuningdek  o‘ta  issiq  va  o‘ta 
sovuq  taomlar  ham  iste’mol  qilinmaydi.  Mahsulotlar  tarkibi  bo‘yicha  dieta  №  4 
to‘laqonli hisoblanadi va taomlar bug‘da yoki suvda pishirilib tayyorlanadi.  
Dieta №4 da tavsiya qilinadigan taomlar, ya’ni baliq va go‘shtli kotletlar, suv 
yoki  sutda  tayyorangan  guruch,  mannka  bo‘tqalari  va  pudinglari,  qirg‘ichlangan, 
shakarli tvorog, mevali kisel va jelelar, oq suxarilar, tuxum. 
Hom sabzavot va mevalar, yong‘oqlar, qora non, o‘rmon mevalari, konservalar 
butunlay taqiqlanadi. 
Sog‘ayish yoki kuchsizlanish davrida dieta № 2 tavsiya etiladi, agar jigar, o‘t 
yo‘llari va me’da osti bezining yondosh kasalliklari bo‘lmasa asosiy oziq moddalar 
va  quvvat  miqdori  bo‘yicha  to‘laqonli  dieta  bo‘lib,  ozuqaning  ozroq  mexanik 
maydalanishi  va  hazm  qilish  a’zolari  sekretsiyasini  kuchsiz  stimullashi  bilan 
farqlanadi. Mazkur dietada ovqat mahsulotlari fiziologik to‘laqonli, tarkib jihatdan 
xilma-xil  bo‘lishi  va  me’dada  kislota  ishlab  chiqarilishini  stimullovchi, 
bemorlarning pasaygan ishtahasini ko‘taradigan mahsulotlarni tutadi. Shu maqsadda 
yog‘sizlantirilgan  baliq  va  go‘sht  bulyonlari  asosidagi  sho‘rvalar,  baliq  va 
go‘shtning  yog‘siz  navlari,  ukrop,  petrushka,  seld  kabilar  buyuriladi.  Bemorlarga 
iste’mol  uchun shuningdek, qotgan qora non, qaynatilgan, dimlangan sabzavotlar, 
suvdagi  yoki  sut  qo‘shilgan  uvalanuvchi  bo‘tqalar,  yaxshi  qaynatilgan  tuxum, 


189 
 
achchiq bo‘lmagan pishloq navlari, yog‘siz kolbasa, meva va sabzavot sharbatlari, 
qattiq bo‘lmagan olmalar ham ruxsat etiladi.  
Oshqozonda uzoq muddat hazm bo‘luvchi, uning shilliq qavatiga ta’sir qiluvchi 
va  ichaklarda  bijg‘ish  jarayonlarini  kuchaytiruvchi  mahsulotlar  ya’ni  go‘sht  va 
baliqning  yog‘li navlari, achchiq va sho‘r taomlar, salqin  ichimliklar, yangi oq va 
qora  non,  hamrdan  yangi  tayyorlangan  mahsulotlar,  ko‘p  miqdordagi  karam  va 
uzum tavsiya etilmaydi. 
Sekretor etishmovchilik bilan kechuvchi surunkali gastritdan aziyat chekuvchi 
bemorlar  ko‘pincha  to‘liq  sutni  ko‘tara  olmaydilar  va  xushlamaydilar.  Bunday 
holatlarda qatiq mahsulotlari (kefir, prostokvasha), tvorogdan foydalangan ma’qul.  
Shuningdek, mazkur dieta surunkali enterit va kolitlarda qo‘zg‘alish bo‘lmagan 
vaqtda  va  qo‘zg‘alishdan  keyin,  boshqa  yondosh  kasalliklar  bo‘lmasagina 
belgilanadi.  
Sekretor  etishmovchilik  bilan  kechuvchi  surunkali  gastrit  uzoq  vaqt  davom 
etganda,  odatda,  temir  defitsitli  anemiya  va  enterokolitlar  rivojlanadi.  Shuning 
uchun bemor organizmiga qo‘shimcha oziq moddalarning tushishi juda muhimdir. 
Ratsion  oqsil,  vitaminlar  va  temir  moddalari  bilan  boyitiladi.  Bundan  tashqari, 
enteritda  bemor  menyusiga  qo‘shimcha  tarzda  ko‘p  miqdorda  fosfor  va  kaltsiy 
tutuvchi mahsulotlarni kiritish kerak bo‘ladi.  
Sutkalik ratsion tarkibi: oqsillar – 90 – 100 gr (ulardan 60 % - hayvon oqsillari), 
yog‘lar – 90–100 gr (ulardan 25 % - o‘simlik yog‘lari), uglevodlar – 400 – 420 gr. 
Ratsionning quvvat qiymati – 2800 – 3000 kkal.  
Mexanik himoya qilish qoidalaringa amal qilish uchun ovqatlanish tartibi oz-
ozdan, kuniga 4-5 mahal bo‘lishi kerak va ovqatni har doim bir vaqtda qabul qilish 
tavsiya qilinadi. 
Ruxsat etilgan taomlar qatoriga turli  maydalanish darajasi va termik ishlovga 
ega  mahsulotlar  kiradi.  Ularni  qaynatish,  dimlash,  pechda  pishirish,  qattiq  qobiq 
hosil  qilmay  qovurish  mumkin.  Menyu  tuzayotganda  qovurilgan  taomlar  me’da 
shilliq  qavatiga  kuchliroq  mexanik  ta’sir  qilishini  inobatga  olish  lozim.  Suvda 
qaynatilgan  va  bug‘da  tayyorlangan  taomlar  esa  me’da-ichak  traktining  shilliq 
qavatiga eng kam mexanik ta’sir ko‘rsatadi.  
Biriktiruvchi  to‘qimaga  yoki  kletchatkaga  boy  mahsulotlardan  taom 
tayyorlashdagina  ularni  qirg‘ichdan  o‘tkazish  tavsiya  qilinadi.  Go‘shtni  pay  va 
fassiyalardan, parranda go‘shtini esa terisidan tozalash kerak. 
Ovqatning harorat tartibi ham ma’lum ahamiyatga ega. O‘ta sovuq va o‘ta issiq 
ovqatlar ratsiondan olib tashlanishi kerak (15 0S dan past va 57-62 0S dan yuqori), 
chunki  ular  qo‘zg‘atuvchi  ta’sirini  ko‘rsatadi.  Och  qoringa  o‘ta  sovuq  taomlar 
iste’mol  qilinganda  oshqozon  termoretseptorlarining  reflektor  ta’siri  natijasida 
ichaklar peristaltikasi keskin kuchayadi shuning uchun taomlarning optimal harorati 
37-38 0S ni tashkil qiladi.  
Parhez  ovqatlanish  individual  tarzda  1-2  oydan  bir  necha  yilgacha  bo‘lgan 
muddatga  belgilanadi.  So‘ng,  bemor  turg‘un  remissiya  holatiga  etgach,  uning 
ratsioni ovqat mahsulotlari xilma-xilligi, ularning kimyoviy tarkibi va kulinar ishlov 
berish usuli bo‘yicha odatiy ratsional ovqatlanishga yaqinlashtiriladi. Lekin, bunday 


190 
 
ovqatlanishga  o‘tish  jarayonida  hazm  qilish  traktidagi  boshqa  a’zolarning,  ya’ni 
jigar,  me’da  osti  bezi,  ichaklar  patologik  jarayonga  qamrab  olinish  darajasini 
aniqlash maqsadida ularning holatini o‘rganish kerak.  
Oz-ozdan ko‘p marotaba ovqatlanish tartibi bemorning remissiya davrida ham 
tavsiya  qilinadi,  ya’ni kuniga  4  mahal.  Tamaki chekish,  spirtli  ichimliklar,  yog‘li 
taomlar,  hamr  mahsulotalari,  qovurilgan  ovqatlar,  quymoqlar,  dudlangan 
mahsulotlar, marinadlar, qalampir, gorchitsa, sirka iste’mol qilish ta’qiqlanadi. 
 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish