Klinik dietologiya va nutrisiologiya


-BOB. MEʹDA-ICHAK TRAKTI KASALLIKLARI VA  PARHEZ



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

10-BOB. MEʹDA-ICHAK TRAKTI KASALLIKLARI VA  PARHEZ 
OVQATLANISH 
 
Gastroduodenal yara kasalliklarida dietoterapiya 
 
Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi rivojlanishiga havf omillari 
qatoriga  nasliy  moyillik,  noratsional  ovqatlanish,  haddan  ziyod  issiq,  yoki  sovuq, 
shuningdek  achchiq  taomlarni  iste’mol  qilish,  tamaki  chekish,  spirtli  ichimliklar 
iste’mol  qilish,  surunkali  stresslar,  o‘tkir  psixik  travmalar,  kimyoviy  va  toksik 
moddalarning  ta’siri,  allergik  va  infektsion  kasalliklar,  etiologik  muxitni 
yomonlashishi va boshqalar kiradi. 
Bugungi kunda  yara kasalligiga olib keluvchi asosiy etiologic  omil aniqlandi 
– bu helikobakter pilori bakteriyasidir, u bilan surunkali zararlanish natijasida 70% 
hollarda  me’daning  yara  kasalligi,  92%  hollarda  o‘n  ikki  barmoq  ichakning  yara 
kasalligi  rivojlanadi.  Mazkur  bakteriyalar  ko‘plab  miqdorda  agressiv  fermentlar 
(ureaza,  proteaza,  fosfolipaza)  va  tsitokininlarni  ishlab  chiqaradilar.  Bu  moddalar 
me’da  shilliq  qavatining  himoya  bar’eriga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi  va  immun 
yalliglanush yuzaga keladi. 
Ushbu  kasallikni  retsidivli  kechish  xarakterlidir,  ya’ni  u  mavsumiy 
qo‘zg‘alishlar bilan namoyon bo‘ladi va meda ,onikki barmoq ichakda  chandiq xosil 
q ilib xazm jaraenini buzadi. 
Yara kasalligi bilan kasallanishning asosiy sababi agressiv omillar  – me’dada 
xlorid kislota va pepsin, ichakda o‘t nisbatining o‘zgarishidandir. Agressiv omillarga 
dori  preparatlari  ham  kiradi:  aspirin,  nosteroid  yallig‘lanishga  qarshi  preparatlar, 
glyukokortikoidlar. Bunda parallel ravishda shilliq qavat butunligini ta’minlanuvchi 
himoya xususiyatlari pasayadi.  
Me’da yoki ichak yarasi – bu shilliq qavatning defektidir, u yuzaki eroziyadan 
farqli  ravishda  shilliq  osti  qavatgacha  etib  boradi.  Yaraning  o‘lchami,  shakli, 
chuqurligi turlicha bo‘lishi mumkin, lekin uning o‘lchami kamdan-kam hollarda 1 
smdan ortiq bo‘ladi. Yaraning atrofidagi me’da yoki ichakning shilliq qavati odatda 
yallig‘anib  shishadi  va  qon  tomirlari  kengayadi.  Yaraning  tubida  fibrin  – 
yallig‘lanishda paydo bo‘ladigan oqsil to‘planadi. Qon tomirdan qon ketishi, ba’zan 
esa  me’da  devorining  yorilishi,  ya’ni  penetratsiya  holati  va  malignizatsiya  solir 
bo‘lishi mumkin. 
Me’da yoki o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi paydo bo‘lganda bemor 
me’da sohasidagi og‘riqlarga shikoyat qiladi. Bu og‘riqlar farqli xususiyatlarga ega 


179 
 
bo‘lib, ular asosida dastlabki tashxisni qo‘yish mumkin. Og‘riqlar odatda epigastral 
sohada  paydo  bo‘lib,  ular  chap  kurakka  yoki  ko‘krak  qafasining  chap  tomoniga, 
to‘sh  orqasiga,  umurtqa  pog‘onasining  ko‘krak  va  bel  bo‘limlariga  tarqalishi 
mumkin.  Agar,  yara  me’daning kardial  va subkardial qismida joylashsa, og‘riqlar 
bevosita  ovqat  qabul  qilish  vaqtida  paydo  bo‘ladi,  agar,  yara  me’daning  tanasida 
joylashsa, og‘riqlar ovqat iste’mol qilingandan 30-60 daqiqa o‘tgach paydo bo‘ladi. 
Og‘riqlarning kech va ochlikda paydo bo‘lishi pilorik kanal va o‘n ikki barmoq ichak 
piyozchasining  yara  kasalliklari  uchun  xosdir,  shuningdek  och  qoringa  og‘riqlar 
paydo bo‘lib, ovqat iste’mol qilingach kamayishi va tungi og‘riqlar ham xosdir.  
Gastroduodenal  yara  kasalligi  uchun  jigildon  qaynashi  va    kislotali  me’da 
saqlamasini  qayt  qilish  xarakterli  hisoblanadi.  Qusuq  massalarida  ko‘p  miqdorda 
shilliq va hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari bo‘ladi. Odatda og‘riqlar eng avj olgan 
vaqtda  bemor  qayt  qiladi,  shundan  so‘ng  ahvoli  engillashadi.  Kofe  quyqasi 
ko‘rinishida qayt qilish me’dada qon ketayotganidan dalolat beradi.  
Gastroduodenal  yara  kasalligining  qo‘zg‘alishi  odatda  bahor-kuz  davriga 
to‘g‘ri  keladi  va  og‘riqlar  stress,  o‘tkir  psixik  travmalar,  qiyin  hazm  bo‘ladigan, 
achchiq  taomlar,  ovqat  tartibini  buzilishi  ,  spirtli  ichimliklar  iste’mol  qilish 
natijasida paydo bo‘ladi.  
Kasallik  o‘tkirlashganda  bemor  og‘riqning  kuchayishidan  qo‘rqib  kam 
miqdorda  ovqat  iste’mol  qilishi  natijasida  ozib  ketadi.  Shuningdek,  bemorning 
ta’sirchan bo‘lib qolishi, ko‘p terlashi ham e’tiborni tortadi. 
Ba’zida  me’da  va  o‘n  ikki  barmoqli  ichakning  yara  kasalligi  simptomlarsiz 
kechishi mumkin. Bunday holat ancha ko‘p (30 % hollarda) uchraydi. 
Yara  kasalligi  uzoq  vaqt  davom  etishi  natijasida  turli  asoratlar  rivojlanishi 
mumkin.,  jumladan  me’da  yoki  ichakdan  qon  ketishi,  perforatsiya,  sfinkterning 
stenozi, penitratsiya va malignizatsiya. 
Perforatsiya  mavsumiy  qo‘zg‘alish  davrida,  asosan  erkaklarda  kuzatiladi. 
Bunda epigastral sohada to‘satdan yuqori  intensiv og‘riq paydo bo‘ladi. Bemorlar 
bunday  og‘riqni  xanjar  zarbasiga  qiyoslashadi,  so‘ng  mushak  himoyasi  simptomi 
paydo  bo‘ladi  –  qorin  ichkariga  tortilib,  qattiqlashib  qoladi.  Keyin  esa  peritonit 
simptomlari  paydo  bo‘ladi  va  kuchayib  borib  bemorning  ahvoli  keskin 
yomonlashadi, oqarib ketadi, tili quriydi, karash paydo bo‘ladi, puls ipsimon bo‘lib 
qoladi. Qorinning turli sohalarida kuchli og‘riqlar, meteorizm vujudga keladi va bu 
holatda shoshilinch gospitalizatsiya va jarrohlik amaliyoti zarur.  
Stenoz  me’daning  pilorik  qismida  joylashgan  yaraning  chandiqqa  aylanishi 
natijasida  paydo  bo‘ladi.  Stenoz  rivojlanganda  ovqatning  me’dadan  o‘n  ikki 
barmoqli ichakka o‘tkazilishi qiyinlashadi va kasallik ikkita fazada kechadi, dastlab, 
kompensatsiya  bosqichida  me’da  mushaklari  gipertrofiyaga  uchrab,  kuchli 
peristaltik  oqimni  ta’minlaydi  va  bu  holat  qisqa  muddatga  ovqatning  adekvat 
evakuatsiyasini  ta’minlaydi.  Dekompensatsiya  bosqichida  esa  kuchli  peristaltika 
ham  ovqatning  stenoz  tufayli  toraygan  teshikdan  o‘tishini  ta’minlay  olmaydi. 
Bemorda  chirigan  hidli  kekirish,  iste’mol  qilingan  ovqatni  qayt  qilish  kuzatiladi. 
Palpatsiya  qilinganda  qorin  shishgan  bo‘lib,  “shildirash  shovqini”  aniqlanadi  va 
epigastral sohada kuchli peristaltika kuzatiladi. 


180 
 
Tashxis  tekshirishlar  ya’ni  bemorning  umumiy  ko‘rigi,  qorin  sohasining 
palpatsiya va perkussiyasi, laborator-instrumental tahlillar asosida qo‘yiladi. 
Fizikal ko‘rikda asosiy e’tibor qorin sohasiga qaratiladi. Palpatsiya, perkussiya, 
auskultatsiya  kabi  tekshiruvlar  og‘riqlarning  abdominal  soxada  aniq  joylashuvini 
aniqlashga, ichaklar va jigar funktsiyasi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi.  
Diagnostik  chora-tadbirlar  kompleksiga  qonning  umumiy  va  biokimyoviy 
tahlili,  qon  zardobidagi  fermentlar  kontsentratsiyasi  tahlili,  me’da  shirasi  tahlili, 
rentgenologik,  endoskopik,  ultratovushli  tekshiruvlar  kabi  laborator-instrumental 
tahlillar ham kiradi. 
Qonning  umumiy  tahlili  yashirin  me’da-ichakdan  qon  ketishida  anemiyani 
aniqlashga,  yallig‘lanish  jarayonida  eritrotsit  cho‘kish  tezligining  oshishi  va 
leykotsitozni aniqlashga imkon beradi. Qonning biokimyoviy tahlilida qonda oqsil 
tarkibining,  mikroelement  va  elektrolitlarning  o‘zgarishi  ichakda  oziq  moddalari 
so‘rilishi buzilganidan dalolat beradi.  
Me’da  shirasining  tahlili  me’da  zaxirasining  kislotaliligini  aniqlash  uchun 
kerak.  Me’da  shirasi  kislotaliligining  oshishi  asosan  yara  o‘n  ikki  barmoq  ichak 
piyozchasida  joylashganda  kuzatiladi.  Me’daning  yara  kasalligida  esa  shiraning 
kislotaliligi meyorida, yoxud pasaygan bo‘ladi.  
Aniq  diagnostika  qilish  maqsadida  hozirgi  kungacha  rentgenologik  tekshiruv 
qo‘llanilgan.  U  yaraning  aniq  joylashuvi,  o‘lchamlari  va  chuqurligini  aniqlash 
imkonini  beradi.  Lekin  rentgenologik  tekshiruvga  tayyorgarlik  uchun  ko‘p  vaqt 
sarflanishi va imformativligi past bo‘lganligi uchun so‘nggi yillarda uning o‘rniga 
tekshirishning  endoskopik  usuli  fibrogastroduadenoskopiya  qo‘llanila  boshlandi. 
Mazkur  usul  nafaqat  diagnostika  maqsadida  yarani  bevosita  ko‘rib,  uning  shilliq 
qavatidan na’muna olish imkoni mavjud, davolash usuli sifatida ham (masalan, qon 
ketishini to‘xtatish uchun) ishlatiladi.  
Ultratovushli  tekshiruv  kam  jarohat  etkazganligi  boisdan  pediatriya 
amaliyotida  keng  qo‘llaniladi.  Bu  tekshiruv  usuli  ayniqsa  jigar  va  me’da  osti 
bezining, buyrak va taloq holatini baholashda yuqori axborot beradi.  
Oxirgi vaqtlarda asosiy patologik omil xelikobakter pilori hisoblangani uchun, 
uni  identifikatsiya  qilishda  turli  diagnstik  usullar,  masalan:  qonning  serologik 
tekshiruvi,  qonning  immunoferment  tekshiruvi,  ureaza  testi,  bakteriologik 
tekshiruvdan foydalaniladi.  
Xelikobakter  pilorini  aniqlashda  asosan  qonning  serologik  tekshiruvi  keng 
qo‘llaniladi,  chunki  u  eng  oddiy  va  bajarish  oson  usuldir.  Bu  usul  qondagi 
immunoglobulin G ning miqdorini aniqlashga asoslangan. Xelikobakteriyalar bilan 
zararlangan shaxslarda immunoglobulin G miqdori yuqori bo‘ladi.  
Ureaza  testi  fibrogastroduodenoskopiya  bilan  birga  qo‘llaniladi.  Endoskop 
yordamida  fibrogastroduodenoskopiya  o‘tkazilganda  me’da  yoki  o‘n  ikki  barmoq 
ichak shilliq qavatidan biopsiya olinib, laboratoriyada mochevina va indikator bilan 
probirkaga  joylashtiriladi.  Xelikobakter  pilori  mochevinani  parchalab,  indikator 
rangini o‘zgartiradi va bemorning bakteriya bilan zararlanushi  aniqlanadi.Kasallikni 
aniq  tashxislashda  endoskopiya  usullari,  yani  ezafagogastroduodenofibroskopiya  , 


181 
 
kapsula  va  dabl  balon  endoskopiy,  shuningdek  endosonografiya  va  retgtnologik  
tekshiruvlar otkaziladi. 
Gastroduodena  yara  kasalligini  davolanish  dietadavo,  dori  vositalari  bilan 
davo,  fizioterapevtik  davolashni  o‘z  ichiga  oladi  ba’zan  jarroxlik  amaliyoti 
qo‘laniladi.  
Davo  kursi  o‘tkazilgach,  reabilitatsion  chora-tadbirlar  kompleksini  tashkil 
qilish  tavsiya  qilinadi.  Bu  kompleks  parhez  ovqatlantirishni  davom  ettirish, 
fizioterapevtik 
muolajalar, 
davolovchi 
badantarbiya, 
psixoterapiya 
davo 
oromgoxida davolash kabilarni o‘z ichiga oladi. 
Dori  vositalari  bilan  davolashning  samaradorligi  ortgan  bo‘lsada,  dietadavo 
ham  ahamiyatini  yo‘qotmagan.  Xelikobakter  pilorining  eradikatsiyasi  o‘z-o‘zidan 
darhol  me’da-ichak  trakti  funktsiyasini  tiklay  olmaydi,  shu  sababli  barcha 
bemorlarga,  asosan  yara  kasalligi  uzoq  vaqt  va  og‘ir  kechganda  parhez 
ovqatlanishning ishlab chiqilgan tartiblariga amal qilish tavsiya qilinadi. 
Dieta №1a me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara  
kasalligi  yaqqol  o‘tkirlashganda,  me’daning  ta’sirlanish  simptomlari  mavjud 
bo‘lsa  dieta  №1a  (maksimal  himoyalovchi)  ni  qo‘llash  tavsiya  qilinadi.  Bunday 
ovqatlanish  yara  va  eroziyalarning  reparatsiya  jarayonini  tezlashtirishga,  me’da-
ichak  traktining  yuqori  bo‘limi  shilliq  qavatidagi  yallig‘lanish  jarayoni  faolligini 
pasaytirishga yordam beradi.  
Mazkur  dietaning  maqsadi  shilliq  qavatning  tiklanish  jarayonlarini 
me’yoriylashtirish va agressiv ta’sirlovchi agentlarning  me’da va o‘n ikki barmoq 
ichak retseptor apparatiga ta’sirini kamaytirishdan, shuningdek me’daning sekretor 
va  motor-evakuator  funktsiyalarni  tartibga  solib,  vegetativ  nerv  tizimining 
qo‘zg‘aluvchanligini  kamaytirishdan  iborat.  Dieta  №  1a  qat’iy  yotoq  tartibida 
organizmning  oziq  moddalar  va  mikroelementlarga  bo‘lgan  ehtiyojlarini  to‘liq 
ta’minlaydi.  
Dieta  №  1a  oqsillar  va  yog‘lar  miqdorining  fiziologik  ehtiyojning  quyi 
chegarasigacha kamaytirish, turli kimyoviy va mexanik ta’sirlovchilarning me’da-
ichak trakti yuqori bo‘limiga ta’sirini cheklash bilan xarakterlanadi. Mazkur dietada 
shuningdek uglevdlar, osh tuzi iste’moli ham kamaytiriladi.  
Sutkalik ovqat ratsionida oqsillar miqdori 100 gr, yog‘lar miqdori – 90–100 gr, 
uglevodlar miqdori – 200 gr; osh tuzi – 4 gr dan kam bo‘lishi lozim. Sutkalik ratsion 
vazn jihatidan 2,5 kg dan oshmasligi kerak. Ratsionning quvvat qiymati 2000 – 2500 
kkalni tashkil etadi.  
Kulinar  ishlov:  suyuq  yoki  bo‘tqasimon  konsistensiyadagi  bug‘da 
tayyorlangan,  qirg‘ichlangan,  pyuresimon  taomlar.  Ovqatning  harorati  650S  dan 
oshmasligi, 150S dan past bo‘lmasligi kerak. Ovqatanish tartibi oz-ozdan sutkasiga 
6-7 marta marta bo‘lishi lozim. 
Birinchi  taomlardan  suli,  manka,  guruch  yormalaridan  tayyorlangan 
shilliqsimon yormali sho‘rvalar ruxsat etiladi. Ularga tuxum, sut, qaymoq, saryog‘ 
qo‘shish mumkin. Shuningdek sabzavotlar – meva sharbatlari qo‘shiladigan yormali 
qaynatmalar tayyorlash mumkin.  


182 
 
Go‘sht  va  baliqning  yog‘siz  navlaridan  buzoq,  tovuq,  quyon,  kurka,  sudak, 
okun, treska baliqlaridan bug‘da suflelar tayyorlanadi. Ularni sutkasiga 1 martadan 
ortiq  iste’mol  qilish  tavsiya  etilmaydi  va  kulinar  ishlov  berishdan  avval  paylar, 
fassiyalar va teridan tozalash kerak. 
Bo‘tqalar suyuq  holda, sutda tayyorlanadi, qirg‘ichlangan  holda tayyorlanadi 
(sutkasiga 1 martadan ortiq emas). Perlovka va bug‘doy yormasidan boshqa barcha 
yormalarni ishlatish mumkin. Tayyor bo‘tqaga saryog‘ qo‘shiladi.  
To‘liq sut sutkasiga 2–4 martagacha iste’mol qilinadi. Turli taomlarga qaymoq 
qo‘shish  mumkin  shuningdek  tuzsiz  tvorogni  iste’mol  qilish,  yoki  undan  bug‘da 
sufle tayyorlash mumkin.  
Kuniga  3  tadan  ortiq  bo‘lmagan  miqdorda  tuxum  iste’mol  qilish  mumkin. 
Ularni yaxshilab qaynatish, yoki bug‘da quymoq tayyorlash mumkin.  
Shirin  navli  mevalarni  harorat  bilan  ishlov  berilgan  holda,  kisel  va  jelelar 
ko‘rinishida  iste’mol  qilish  tavsiya  qilinadi.  Shuningdek,  ulardan  sharbatlar 
tayyorlash mumkin. Bunda ichishdan oldin ularni 1:1 nisbatda suv bilan aralashtirish 
kerak. Shirinliklardan shakar, asal ruxsat etiladi. 
Ichimliklardan  na’matak  va  bug‘doy  damlamasi  ayniqsa  foydalidir, 
shuningdek quyuq bo‘lmagan choyni sut qo‘shib ichish mumkin. 
Tayyor taomlarga saryog‘ yoki o‘simlik yog‘lari qo‘shish mumkin. 
Dieta  №1a  da  quyidagilar  butunlay  taqiqlanadi:  non  va  non  mahsulotlari, 
bulyonlar,  qovurilgan  taomlar,  qo‘ziqorinlar,  dudlangan  mahsulotlar,  yog‘li  va 
achchiq  taomlar,  sabzavotli  taomlar,  turli  gazaklar,  kofe,  kakao,  achchiq  choy, 
sabzavot  sharbatlari,  konsentrlangan  meva  sharbatlari,  sut  kislotali  va  gazlangan 
ichimliklar, souslar (ketchup, sirka, mayonez) va ziravorlar. 
Dieta № 1b. 
Gastroduodenal  yara  kasalligi  qo‘zg‘alishida  dieta  №1a  ga  7  kun  davomida 
amal qilinadi, shundan so‘ng dieta №1b ga o‘tiladi. 
Mazkur dietaning maqsadi ham dieta № 1a bilan bir xil. Dieta № 1b da ham 
me’da  shilliq  qavatiga  kislota-peptik  omilning  salbiy  ta’siri  maksimal  darajada 
kamaytiriladi,  yaraning  reparatsiya  jarayonini  tezlashtirish  va  yallig‘lanish 
jarayonini kamaytirishga imkon beradi. Ushbu dieta dieta №1a dan asta-sekin asosiy 
oziq moddalar miqdori va ratsion kaloriyasining oshirib borilishi bilan farq qiladi.  
Dieta  №1b  ham  yotoq  tartibga  amal  qilgan  holda  qo‘llaniladi.  Oqsil  va 
yog‘larning miqdori fiziologik meyorga tenglashadi (oqsillar – 100 – 110 gr, yog‘lar 
– 110 gr). Lekin uglevodlar va osh tuzi miqdori avvalgidek cheklanadi (uglevodlar 
–  300  g).  Sutkalik  ratsionning  massasi  2,5  dan  3  kg  gacha  bo‘ladi.  Ratsionning 
quvvat qiymati – 2600 – 3000 kkal.  
Kulinar  ishlov  berish  avvalgidek  bo‘ladi,  ya’ni  taomni bug‘da  yoki  qaynatib 
tayyorlash  tavsiya  qilinadi.  Mahsulotlar  qaynatilib,  yumshoq  holga  kelgach  ular 
bo‘tqasimon  konsistentsiyaga  ega  bo‘lguncha  qirg‘ichlanadi  va  ular  issiq  bo‘lishi 
kerak. 
Ovqatlanish tartibi oz-ozdan (sutkasiga 6 marta). 
Bu  dieta  dieta  №  1a  dan  ruxsat  etilgan  mahsulotlar  qatoriga  qo‘shimcha 
mahsulotlarning qo‘shilishi bilan farqlanadi. 


183 
 
Oliy navli bug‘doy nondan tayyorlangan maydalangan (kukun) suxari, 75-100 
g gacha, qirg‘ichlangan sho‘rvalar, sutli bo‘tqalar (ko‘proq iste’mol qilish mumkin), 
go‘sht va baliqdan tayyorlangan kotlet, knel, frikadelkalar, bolalar uchun meva va 
sabzavotli  gomogenlashtirilgan konservalar, ko‘pirtirilgan tuxumdan tayyorlangan 
taomlar. 
Mazkur dietaga rioya qilish muddati individual bo‘lib, o‘rtacha 10 kundan 44 
kungacha bo‘ladi. 
So‘ng dieta № 1 ga amal qilish tavsiya qilinadi. 
Dieta № 1 ni qo‘llash uchun ko‘rsatmalar: me’da va o‘n ikki barmoq ichakning 
yara kasalligining remissiya davri va undan yarim yil o‘tgach. Shuningdek mazkur 
dieta surunkali gastritning me’yoriy va kuchli sekretsiyali kuchsiz qo‘zg‘alishida va 
o‘tkir gastritning qo‘zg‘alish davrida ham belgilanadi.  
Mazkur  dietaning  maqsadi  yuqoridagi  №  1a  va  №  1b  dietalari  kabi  yara  va 
erroziyalar  reparatsiya  jarayonini  tezlashtirish,  me’da  va  o‘n  ikki  barmoq  ichak 
shilliq qavati yallig‘lanishini kamaytirish yoki oldini olishdan iborat. Mazkur dieta 
me’daning  sekretor  va  motor-evakuator  funktsiyalarini  meyorlashtirishga  imkon 
beradi.  Buning  uchun  me’da-ichak  traktining  yuqori  bo‘limi  shilliq  qavati  va 
retseptor  apparatiga  ta’sir  ko‘rsatadigan,  shuningdek,  qiyin  hazm  bo‘ladigan 
mahsulotlar cheklanadi.  
Sutkalik  ratsionda  oqsillar  –  90  –  100  gr  (ulardan  60  %i  –  hayvon  oqsillari), 
yog‘lar  –  100  gr  (30%i  –  o‘simlik  yog‘lari),  uglevodlar  –  400–420  gr  bo‘ladi. 
Ratsionning quvvat qiymati 2800 – 3000 kkal. Osh tuzi miqdorini cheklash tavsiya 
qilinadi. 1,5 litrgacha erkin suyuqlik qabul qilish maqsadga muvofiqdir.  
Ovqat ratsionidan ikkita katta mahsulot guruhlarini olib tashlash lozim. 
Og‘riqlarni chaqiruvchi yoki kuchaytiruvchi mahsulotlar, ya’ni achchiq choy, 
kofe, gazlangan ichimliklar, tomat va boshqa tuzlamalar. 
Me’da  va  ichakda  sekretsiyani  juda  kuchaytirib  yuboruvchi  mahsulotlarni, 
jumladan  konsentrlangan  go‘sht  va  baliq  bulyonlari,  qo‘ziqorinli  qaynatmalar, 
qovurilgan  taomlar,  o‘z  shirasida  dimlangan  baliq,  go‘sht,  qo‘ziqorinli  souslar, 
tuzlangan yoki dudlangan baliq va go‘sht mahsulotlari, go‘sht va baliq konservalari, 
tuzlangan, marinovka qilingan sabzavot va mevalar,  
ziravorlar 
(gorchitsa, 
xren). 
Dieta  №1  da  ovqatlanish  tartibi  oz-ozdan,  sutkasiga  6  martagacha,  kichik 
miqdorda qabul qilishi va uning orasidagi tanaffus 4 soatdan oshib ketmasligi kerak, 
uyqudan 1 soat avval engil tanovvul qilish lozim. Uyqudan oldin bir stakan sut ichish 
mumkin.  Ratsionda  juda  issiq  taomlar  ham,  juda  sovuq  taomlar  ham  bo‘lmasligi 
kerak.  
Parhez  ovqatlanishda  ovqatning  konsistentsiyasi  muhim  bo‘lgani  sababli, 
kletchatkaga  boy  bo‘lgan  mahsulotlar  (sholg‘om,  rediska,  sparja,  loviya,  no‘xat), 
po‘stloqli  va  pishmagan  mevalar,  dag‘al  po‘stloqli  mevalar  (smorodina,  uzum, 
xurmo  kabi),  dag‘al  navli  undan  tayyorlangan  non,  dag‘al  biriktiruvchi  to‘qima 
tutuvchi  mahsulotlar  (tog‘ay,  baliq  va  parranda  terisi,  chandir  kabi)  iste’moli 
kamaytiriladi.  


184 
 
Kulinar ishlov ushbu parhezda taomlar bug‘da yoki suvda tayyorlanadi, so‘ng 
bo‘tqa  holiga  keltiriladi.  Baliq  va  yumshoq  navli  go‘shtlarni  butun  bo‘lak  holida 
iste’mol qilish mumkin.  
Ikkita variant mavjud – qirg‘ichlangan va qirg‘ichlanmagan dieta № 1. 
Dieta № 1b dan so‘ng dieta № 1 ning qirg‘ichlangan varianti belgilanadi. Dieta 
№  1b  ga  bir  qator  mahsulotlar  qo‘shiladi:  quritilgan  bug‘doy  non,  sabzavotli 
qirg‘ichlangan  sho‘rvalar,  yormali  sabzavotli,  sutli  yormali  yoki  vermishelli 
sho‘rvalar, 
qaynatilib, 
qirg‘ichlangan 
sabzavotlar, 
achchiq 
bo‘lmagan 
qirg‘ichlangan pishloq, qirg‘ichlangan quruq  mevalardan tayyorlangan kompotlar, 
quritilgan bug‘doy non.  
Dieta №1 ning qirg‘ichlangan varianti 3-4 haftaga belgilanadi, so‘ng dieta №1 
ning qirg‘ichlanmagan variantini belgilash tavsiya qilinadi.  
Taomlar avvalgi dietalardagi kabi bo‘lsada, ularni tayyorlash usuli o‘zgaradi. 
Taomlar  maydalanmaydi,  mevalarga  harorat  bilan  ishlov  berilmaydi,  lekin  po‘sti 
tozalanadi.  Qo‘shimcha  tarzda  zefir,  pastila,  quruq  pechene,  vafli  kabi  qandolat 
mahsulotlarini iste’mol qilishga ruxsat beriladi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish