O‘pkaning yiringli kasalliklarida parhez ovqatlanish
O‘tkir va surunkali yiringli jarayonlarning xususiyatlari o‘tkazilayotgan davo
samarasini oshirish va ijobiy effektga tezroq erishish maqsadida ushbu
kasalliklarning kompleksi davosi tarkibida maxsus parhez ovqatlanishni belgilash
zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Surunkali yiringli yallig‘lanishning asosiy spetsifik belgilari organizm himoya
imkoniyatlarining zaiflashuvi, organizmning spetsifik va nospetsifik rezistentligi
168
sistemalarida himoya imkoniyatlarining pasayishi hisoblanadi. Surunkali
yallig‘lanish jarayonida doimiy, bemorni holdan toydiruvchi isitma bo‘ladi, demak
quvvat sarfi kuchli bo‘ladi. Organizmda uzoq vaqt yiringli yallig‘lanish jarayoni
kechganda, u bilan kurashish natijasida yuzaga keladigan katta quvvat sarfini
qoplash uchun, bemor ratsioni quvvati uning fiziologik normasiga nisbatan
birmuncha ko‘tarish lozim. Odatda yiringli jarayon yallig‘lanish joyida ekssudatsiya
bilan kechadi. Ma’lumki ekssudat ko‘p miqdorda oqsil tutadi. Bu holat bemorda
qondagi o‘rtacha oqsil miqdori kamayadi va bu xolatni iloji boricha tezroq bartaraf
qilinishi lozim. Albatta, dietaga ko‘p miqdorda vitaminlar kiritiladi, mazkur
vaziyatda ayniqsa A, S, D va V guruh vitaminlari zarur. Bundan tashqari,
kasallikning yorqin klinik belgilari bartaraf etilgan, davolash dietasi yallig‘lanish
jarayonida zararlangan to‘qimalarning xususiy tiklanish xususiyatlarini qo‘llab-
quvvatlashga yo‘naltirilmog‘i lozim. To‘qimalar regeneratsiyasi ovqat bilan ma’lum
ozuqa moddalarining kiritilishi bilan kuchaytirilishi kerak. Har qanday yiringli
yallig‘lanish jarayoni turli a’zo va to‘qimalar tomonidan qaytarib bo‘lmas
o‘zgarishlarga olib keladi, bunga misol qilib amiloidoz kabi tizimli kasalligini
keltirishimiz mumkin. Shuning uchun ham bunday kasalliklarni kompleks va
adekvat davolash juda muhimdir, ayniqsa davolash dietasi ham muhim o‘rin
egallaydi.
Bemor tomonidan iste’mol qilinayotgan taomlar quvvati 2900-3000 kkal ni
tashkil qilishi lozim. Kaloriyaning oshirilishi asosan sutkalik oqsil iste’molining
ko‘payishi hisobiga amalga oshadi, yog‘larning miqdorini esa, aksincha,
chegaralagan ma’qul. Chunki ular me’da-ichak trakti a’zolariga qo‘shimcha
yuklama beradi, bu esa surunkali jarayondan toliqqan organizm uchun ortiqchadir.
Oqsillar miqdori o‘rtacha 120 – 150 g, yog‘lar 70 g gacha kamaytiriladi, iste’mol
qilinadigan uglevodlar miqdori 350 – 400 g atrofida qoladi va bu o‘rtacha fiziologik
meyorga mos keladi. Kuchli yallig‘lanish jarayoni ovqatdagi uglevodlar miqdorini
cheklashga majbur qiladi, chunki qondagi qand miqdorining ortishi bakteriyalar
ko‘payishini kuchaytirib, yallig‘lanish jarayoni bilan kurashishni qiyinlashtiradi.
Iste’mol qilinadigan suyuqlikning sutkalik miqdori o‘rtacha 1,2 – 1,4 litrni tashkil
qiladi. Erkin suyuqlik iste’molining cheklanishidan maqsad ekssudatsiya jarayonini
kamaytirishdir. Iste’mol qilinishini cheklash lozim bo‘lgan moddalar qatoriga osh
tuzi ham kiradi, chunki u organizmda suvni ushlab qolib, yurak-qon tomir tizimiga
yuklamani oshiradi. Agar alkogol iste’mol qilinsa, kasallik salbiy tomonga keshish
ehtimoli borligi haqida bemorni albatta ogohlantirish lozim. Bu alkogolning
organizm to‘qimalariga, ayniqsa yiringli yallig‘lanishga uchragan to‘qimalarga
proteolitik effekt ko‘rsatishi bilan bog‘liq.
Iste’mol qilinadigan oqsillar to‘laqonli bo‘lib, ulardan hayvon oqsillari etakchi
ahamiyatga ega, dietaga albatta kaltsiyga boy mahsulotlar, masalan sut va sut
mahsulotlari kiritiladi. Kaltsiy yallig‘lanishga qarshi va desensibilizatsiyalovchi
xususiyatlarga ega bo‘lib, dori vositalari bilan davolashning effektini kuchaytirish
uchun zarur. Kaltsiyning sutkalik miqdori 1,5 g va undan yuqori bo‘lishi lozim.
Boshqa mineral moddalarning ham miqdorini nazorat qilish lozim, masalan, magniy
169
– 0,6 g gacha, fosfor – 1 g gacha va vitaminlar: A (3-4 mg gacha), S (270-310 mg
gacha), V guruh (20-30 mg gacha) va h.k.
O‘pkaning yiringli kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar uchun juda foydali
mahsulot achitqi hisoblanadi. Uning tarkibida ushbu bemorlar uchun juda zarur
bo‘lgan V guruh vitaminlari va oqsillar ko‘p miqdorda mavjud. Bundan tashqari
achitqilar tarkibida uglevodlar, ozroq miqdorda yog‘lar, pantoten, paraaminobenzoy
va folat kislotalari, biotin va mineral moddalardan kaltsiy, magniy, kaliy, temir,
natriy, fosfor, oltingugurt mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |