Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Bronxial astma kasalliklarida davo dietasi



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Bronxial astma kasalliklarida davo dietasi 
Bronxial  astma  infektsion-allergik  kasalliklar  qatoriga  kiradi  va  surunkali 
hastalik bo‘lib, bronxlarning turli ta’sirlovchilarga reaktsiyasining o‘zgarishi, ya’ni 
ularning  spazmi,  bronxial  shilliq  moddaning  kuchli  sekretsiyasi  va  bo‘g‘ilish 
simptomi bilan xarakterlanadi.  
Bronxial  astmaning  rivojlanishi  va  kuchayishida  muhim  rolga  ega  bo‘lgan 
allergenlar  turli-tuman  tabiatga  egadirlar.  Asosan  bu  o‘simlik  (chang),  maishiy 
(hayvon  yunglari,  uy  changi,  maishiy  kimyoviy  moddalar,  dafniyalar),  oziq-ovqat 
va dori-darmon allergenlaridir. Infektsiya ham katta ahamiyatga ega bo‘lib allergen 
rolini  o‘ynaydi  va  hurujlarning  paydo  bo‘lishiga  bevosita  sabab  bo‘ladi.  Kasallik 
patogenezida  organizmda  immun  holatni  buzilishi  asos  bo‘ladi,  ya’ni  autoimmun 
jarayon shakllanadi.  
Kasallikning  asosiy  belgisi  xurujsimon  yuzaga  keladigan  bronxlar  spazmi 
hisoblanadi.  Xurujning  paydo  bo‘lish  sabablari  turlicha  bo‘lib,  ularga  allergik 
omillarning ta’siri, nerv-psixik toliqish, jismoniy yuklamalar, ba’zan sovuq havodan 
nafas  olinishi  kiradi.  Astma  hurijida  bemorda  kislorod  etishmaslik  hissi  bilan 
namoyon bo‘ladi, bemor chuqur nafas ola boshlaydi, bir joyda o‘tira olmaydi, toza 
havo  kirishini  osonlashtirish  uchun  oynalarni  ochishga  intiladi.  Nafas  olishni 
osonlashtirish  maqsadida  bemor  qo‘llari  bilan  tizzasiga  tayangan  holda  o‘tiradi, 
unda  hushtak  chalgandek  ovozlar  paydo  bo‘lib,  ular  uzoqdan  ham  eshitiladi. 
Keyinchalik o‘pkalar havoga to‘lib, maksimal nafas olish holatida qoladi, ko‘krak 
qafasi o‘lchami kattalashadi, bemorning yuzi ko‘kimtir tusga kiradi, bo‘yin venalari 
bo‘rtib  qoladi.  Nafas  olishni  osonlashtirish  maqsadida  qo‘shimcha  mushaklar  – 
bo‘yin  mushaklari,  burun  qanotlari,  qovurg‘alararo  mushaklar  ishlay  boshlaydi. 
Xuruj  o‘z-o‘zidan,  yoki  bronxlarni  bo‘shashtirib,  bronxlar  shilliq  moddasining 
chiqishini  osonlashtiruvchi  dori  preparatlari  qabul  qilingach  yakun  topadi.  Asta-
sekin  nafas  olish  osonlashadi,  shishasimon  balg‘amning  yo‘tal  bilan  ajralishi 
osonlashadi, bemorning ahvoli yaxshilanadi.  
Kasallikni  yuzaga  keltiruvchi  sabablar  maxsus  parhez  ovqatlanishni 
belgilashga  ehtiyojni  paydo  qiladi.  Dieta  yordamida  organizmning  immun 
imkoniyatlarini korrektsiya qilish, himoya kuchini oshirish mumkin. Ovqat tarkibida 
allergenlar  miqdori  kamaytiriladi,  aniqrog‘i,  bronxial  astma  xurujiga  sabab 
bo‘luvchi allergen  mahsulotlar aniqlangan  bo‘lib,  ular bemorning ratsionidan olib 
tashlanadi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan ba’zi o‘zgarishlar bilan, talabga Pevzner bo‘yicha dieta 
№9 to‘g‘ri keladi. Mazkur dietada allergik jihatdan xavfli mahsulotlar cheklanadi va 
bronxial  astma  xurujiga  sabab  bo‘luvchi  mahsulotlar  cheklanadi.  Asal,  shokolad, 


171 
 
kakao,  kofe,  shirinliklar  iste’moli  kamaytirilishi  lozim.  Bu  mahsulotlar  bevosita 
allergik  reaktsiya  rivojlanishiga  sabab  bo‘lmasalarda,  maxsus  biologik  modda  – 
gistaminning  ajralishiga  olib  keladilar.  Gistamin  shishlar  rivojlanishi  va  bezlar 
sekretsiyasining  kuchayishini  stimullab,  allergik  reaktsiya  rivojlanishida  muhim 
o‘rin tutadi va bronxiospazmga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari osh tuzi, tuzlangan, 
dudlangan,  achchiq taomlar,  ko‘p  miqdorda  ekstraktiv  moddalar  tutuvchi  taomlar 
iste’moli  ham  cheklanadi.  Dietada  uglevodlar  miqdori  shakar,  shirin  taomlar  va 
mahsulotlar hisobiga kamaytiriladi.  
Qabul qilinadigan suyuqlik hajmi 1,5–1,8 litrgacha bo‘lishi kerak. Ratsionning 
quvvat moddalarning manbalariga bo‘lgan ehtiyojning fiziologik normasini hisobga 
olib,  lekin  shakar  va  shakar  tutuvchi  mahsulotlarni  chelangan  holda  hisoblanadi. 
Bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda stolning o‘rtacha quvvat qiymati 2600–
2700  kkal  ni  tashkil  etadi.  Bu  quvvat  100-130  g  oqsillar,  85  g  yog‘lar,  300  g 
uglevodlar  hisobiga  olinadi.  Ovqatning  umumiy  sutkalik  miqdori  4-5  ta  qabulga 
taqsimlanishi  lozim.  Erkin  uglevodlar  –  shakar,  asal,  shirinliklar  (muzqaymoq), 
qovurilgan va dudlangan taomlar iste’molini kamaytirish kerak. Undan tayyorlangan 
mahsulotlar  iste’molini  ham  imkon  qadar  cheklash  zarur.  Birinchi  taomlar  – 
go‘shtning  yog‘siz  turlaridan  tayyorlangan  bulyonlar  asosidagi  barcha  sho‘rva  va 
boshqa taomlar minimal miqdorda ekstraktiv moddalar tutishi lozim. Qo‘y go‘shti, 
yog‘li  cho‘chqa  go‘shtidan  tayyorlangan  bulyonlar,  yormalar  va  vermishel 
qo‘shilgan  sho‘rvalar  ruxsat  etilmaydi.  Ikkinchi  taomlar  yog‘siz  turdagi  go‘sht, 
baliq,  parrandadan  tayyorlanadi.  Qovurilgan  ovqatlardan,  sho‘r  va  achchiq 
taomlardan, taomlarga o‘tkir ziravorlar, souslar qo‘shishdan, konservalarni iste’mol 
qilishdan bosh tortish  maqsadga  muvofiqdir. Sut  va sut  mahsulotlari ehtiyotkorlik 
bilan, sut oqsili allergen ekanligi va allergik moyillikka ega bo‘lgan shaxslar uchun 
xavfli bo‘lishi mumkinligini hisobga olgan holda iste’mol qilinadi. Faqatgina sigir 
suti  emas,  echki,  ot  sutlari  ham  allergenlik  xususiyatiga  ega  va  ularni  ham 
ehtiyotkorlik  bilan  iste’mol  qilish  lozim.  Agar  sutning  ovqat  allergeni  sifatidagi 
etiologik roli aniqlangan bo‘lsa, u imkon darajasida cheklanadi (sutning o‘zi ham, 
boshqa taomlar tarkibida ham). Ko‘pincha alkogol ichimliklari iste’mol qilish xuruj 
rivojlanishi  uchun  omil  bo‘ladi,  shunday  ekan,  bronxial  astma  bilan  og‘rigan 
bemorlar  spirtli  ichimliklardan  to‘liq  voz  kechishlari  kerak.  Odatda,  bemorlar 
organizmlarining  bu  xususiyatlarini  darhol  tushunib,  o‘zlari  spirtli  ichimliklardan 
voz kechadilar. Tovuq go‘shti va tovuq tuxumining oqi ham allergenlik xususiyatiga 
ega.  Agar  ularning  astma  kelib  chiqishidagi  etiologik  roli  aniqlanmasa,  ularni 
iste’mol  qilish  mumkin,  lekin  ularning  bemor  ratsionidagi  miqdori  cheklangan 
bo‘lishi  kerak.  Ikkinchi  taomlar  uchun  garnirlar  sabzavotlardan  tayyorlanishi 
mumkin, lekin bunda ularni qovurish emas, qaynatish, damlash, bug‘da ishlov berish 
lozim.  Tuzlangan  baliq,  marinovkalangan  qo‘ziqorin,  sabzavotlar,  qalampir, 
gorchitsa,  ziravorlar  butunlay  taqiqlanadi.  Mevalardan  uzum,  tsitrusli  mevalar 
(apelsin,  limon,  greypfrut,  ulardan  tayyorlangan  sharbat,  djem  va  boshqa 
mahsulotlar), qulupnay, malina, xurmo, mayiz, bananlar iste’moli cheklanadi. Asal, 
murabbo,  djem,  konfityur,  shokolad,  kakao  iste’moli  ham  cheklanadi. 
Ichimliklardan  taqiqlangan  mevalarning  sharbatlari,  kakao,  kofe,  issiq  shokolad 


172 
 
kabilar  cheklanadi,  spirtli  ichimliklar,  hatto  kuchsiz  spirtli  ichimliklar  (pivo)  ham 
butunlay taqiqlanadi. 
 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish