Revmatik istma kasalligi va dietoterapiyasi
Revmatizm yoki revmatik isitma umumiy infektsion-allergik kasallik bo‘lib,
birinchi navbatda yurak-qon tomir tizimining biriktiruvchi to‘qimalarida
yallig‘lanish jarayonlari kuzatiladi, ko‘pincha jarayon bo‘g‘imlar, seroz pardalar,
ichki a’zolar, markaziy nerv tizimini ham qamrab oladi. Revmatizmning
qo‘zg‘atuvchisi β gemolitik streptokokk hisoblanadi. Streptokokkli infektsiya
ta’siriga uchragan bemorlarning ko‘pchiligida turg‘un immunitet hosil bo‘lishi
aniqlangan. Streptokokk tomonidan chaqirilgan infektsion kasallikni boshdan
kechirgan bemorlarning ayrimlaridagina, himoya mexanizmlarining kuchsizligi
tufayli bunday immunitet hosil bo‘lmaydi. Agar shunday holatda organizmga yana
infektsiya tushsa, kasallikni yuzaga chiqaruvchi autoimmun va allergik jarayon
yuzaga keladi.
Kasallik boshdan kechirilgan streptokokkli infektsiyadan 1-2 hafta o‘tgach
rivojlanadi. Bemorlarda tana harorati ko‘tarilib, holsizlik paydo bo‘ladi. 1-3
haftadan so‘ng yurak sohasida og‘irlik va og‘riq, hansirash, yurak ishidagi uzilishlar
yuzaga keladi. Bo‘g‘imlarda kuchayuvchi og‘riq kuzatiladi, asosan katta
bo‘g‘imlarda (boldir-tovon, tizza, elka, tirsak, bilak, tovon) va shish paydo bo‘ladi.
Jarayon boshqa a’zolarga, birinchi navbatda yurak-qon tomir tizimi qo‘shuvchi
to‘qimalariga tarqala boshlaydi. Shuningdek, teri, seroz pardalar, o‘pkalar, jigar,
buyraklar, nerv tizimi zararlanishi mumkin. Ko‘zdan kechirganda, bemorning teri
qoplami rangpar bo‘ladi. Ayrim bemorlarda yuz, bo‘yin, ko‘krak, qorin terisida och-
pushti xalqalar ko‘rinishidagi og‘riqsiz, teridan bo‘rtib chiqmaydigan toshmalar
paydo bo‘ladi. Oyoqlarda ko‘pincha to‘q-qizil rangli teri zichlashuvlari paydo
bo‘ladi. Bo‘g‘imlarning yozish yuzalarida, ensa sohasida teri osti revmatik tugunlari
paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bo‘g‘imlar ustidagi teri biroz shishgan, qizargan va tegib
ko‘rganda issiq bo‘ladi. Shikastlangan bo‘g‘imlarning harakati cheklangan bo‘ladi.
Revmatizmda o‘pkalarning zararlanishi kam uchrab, bunda revmatoid pnevmoniya
161
rivojlanishi mumkin. Revmatizm bilan og‘rigan ko‘pchilik bemorlarda u yoki bu
darajada yurak mushagi zararlanadi. Bemorlar hansirash, yurak sohasidagi og‘riq,
yurak tez va notekis urishidan shikoyat qiladilar, og‘ir holatlarda qon aylanishining
etishmovchiligi rivojlanadi. Hazm qilish tizimi a’zolari revmatizmda kamroq
zararlanadi. Ba’zan qorin sohasida o‘tkir og‘riqlar paydo bo‘ladi, ular asosan
bolalarda kuzatiladi, ba’zan jigar zararlanadi.
Faol revmatik jarayonning davomiyligi o‘rtacha 3–6 oy, lekin bundan ancha
uzoq davom etishi ham mumkin.
Revmatik jarayon faolligining uchta darajasi farqlanadi:
- o‘tkir, uzluksiz retsidivlovchi;
- o‘tkir osti;
- sust kechuvchi.
Revmatizm uchun infektsiyalar, ayniqsa surunkali tonzillit sovqotish, jismoniy
zo‘riqish ta’sirida yuzaga keluvchi doimiy retsidivlar xosdir.
Revmatik istmada dietaterapiya tamoyillari.
Ratsiondan olib tashlash kerak bo‘lgan mahsulotlar:
- qon–tomir va markaziy nerv tizimini qo‘zg‘atuvchi mahsulotlar (alkogol,
kofe, achchiq choy) va boshqalar;
- xolesteringa boy mahsulotlar (buyrak, jigar, tuxum sarig‘i va boshqalar);
- meteorizmni keltirib chiqaradigan mahsulotlar (sut, dukkaklilar, turp, piyoz,
sarimsoq piyoz).
Kundalik ratsionning quvvati 2300–2600 kkal ni tashkil qiladi. O‘simlik
oqsillari 40 gr, hayvon oqsillari 50 gr ni tashkil qiladi. Yog‘lar – 70 g, uglevodlar –
350–400 gr, bunda shakar miqdori 75-80 gr dan ko‘p emas. Bemorda ortiqcha vazn
bo‘lsa, shakar va boshqa shirinliklarni cheklash shart.
162
Do'stlaringiz bilan baham: |