Klinik dietologiya va nutrisiologiya


-BOB. JIGAR, O‘T YO‘LLARI VA PANKREATIT KASALLIKLARIDA



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

11-BOB. JIGAR, O‘T YO‘LLARI VA PANKREATIT KASALLIKLARIDA 
DIETOTERAPIYA 
Surunkali gepatitlar va jigar tsirrozi. Parhez davo asoslari 
 
Surunkali gepatitlar - jigar parenximiyasini diffuz yallig‘lanishi bo‘lib, uning 
sababi  viruslar  (A,V,  S,  D,  E,  G),  toksik  moddalar,  alkogol,  dori  vositalar  ta’siri, 
autoimmun va infektsion omillar, shuningdek yondosh kasalliklar bo‘lishi mumkin. 
Surunkali  gepatitlarda  klinik  belgilar  o‘ng  qovurg‘a  ostida  og‘irlik,  jig‘ildon 
qaynash,  dispeptik  belgilar,  burundan  va    milkdan  qon  kelishi,  sariqlik,  siydikni 
qo‘ng‘ir  rangda  bo‘lishi,  holsizlik  va  boshqalar  kasallikni  avj  olish  darajasiga 
bog‘liq  holda  uchraydi.  Umumiy  ko‘rikda  ozib  ketish,  kift,  elka,  ko‘krakda  jigar 
belgilari,  “malina”  tili,  qorinda  atsit,teri  va  koz  sklerasida  palmar  eretema, 
oqarish,teleangioektaziyalar- jigar yulduzchalari, sariqlik, yoki surunkali gepatitga 
xos    bemor  anamnezi,  ob’ektiv  va  sub’ektiv  belgilar,  laborator  va  tibbiy  jixozlar 
yordamida  o‘tkazilgan  tekshiruvlar  asosida  belgilanadi.  Kasallik  davosida 
qo‘llaniladigan  dori  vositalarini  aksariyati  vitaminlar,  metaboliklar,  oqsil, 
aminokislotalar, o‘simlik va tabbiy moddalar asosida gipotoprotektorlardir. 


194 
 
Ayrim  hollarda  viruslarga  va  autoimmun  omillar,  shuningdek  infektsiyaga 
qarshi vositalar qo‘llaniladi.  
Surunkali  gepatitlar  dietoterapiyasida  5-sonli  parhez  dietasi  kasallikni 
remissiya,  №5a  dietasi  esa  qo‘zg‘alish  davrida  qo‘llaniladi.  Kasallikni  minimal 
faolligi faqat dietaterapiya usulida ham davolasa bo‘ladi.  
Parhezda umumiy yog‘ miqdoriga nisbatan o‘simlik moyini 50% ko‘paytirish 
mumkin, ayniqsa kasallik jigardan tashqari xolestaz bilan kechsa. Dieta tomoyillari 
asosan  adekvat  holda  oqsillarni  va  etarli  quvvat  qiymati  ratsionda  belgilashdan 
iborat.  Steatoriya    belgisi  paydo  bo‘lganda,  qiyin  o‘zlashadigan  va  kaltsiyni 
so‘rilishini  qiyinlashtiruvchi  neytral  yog‘lar  miqdori  sutka  davomida  40 
grammgacha ratsionda kamaytiriladi. Ratsionga bog‘lanmagan yog‘ kislotalari kabi 
so‘riluvchi triglitseridlarni (masalan kakos yog‘i) kiritish maqsadga muvofiq. Lozim 
bo‘lgan kaltsiy moddasi yog‘sizlantirilgan sut va tvorog orqali erishiladi. 
Jigar tsirrozi – jigarni yallig‘lanishi natijasida (gepatit) biriktiruvchi to‘qimani 
o‘sib, jigar bo‘laklarini skleroz jarayoni natijasida buzilishidir. 
Kasallik  sabablari  surunkali  gepatitlar,  gepatoz,  o‘t  qopida  tosh  kasalliklari, 
yurak-qon  tomir  etishmovchiligi,Vilson  –  Konavalov  kasalligi,  onkologik 
kasalliklar  va  boshqalar.  .  Kasallik  sabablarini  ko‘pchiligi  surunkali  gepatitlarda 
uchraydigan omillar bo‘lib, lekin mis, γ-feto-tripsin va yurak etishmovchiligi ham 
sabab bo‘ladi.Jigar tsirrozida asosiy shikoyatlar ozib ketish, qorinda atsit oyoqlarda 
shish,  terini    oqish  eki  sariq  tusda  bolishi,    dispeptik  shikoyatlar,entsefalopatiya 
belgilari,qon  qusish  va  umumiy  xolsizlik  kuzatiladi.  Bemorni  umumiy  korikdan  
otkazganda    ozib  ketish,  qorinda  atsit  oy,  entsefalopatiyani  ogir  darajasida  koma 
xolatini  kezatish  mumkin  .Oyqlarda  shish,qorin  devorida  medusa  boshi,  kaftda 
palmar  eritema,  elka  va  kokrakda  jigar  yulduzchalari  belgilari  soch  va  tirnoqlarda 
distrofik  ozgarishlar  kuzatiladi  Surunkali  .gepatitlar  va  jigar  tsirrozini  tashxisida 
umumiy  kon  taxlili(eritrotsitlar  va  gemoglabin  miqdorini  ozayishi,  leykositoz, 
limfotsitoz,    trombotsitopeniya,  ECHT  ni  oshishi),  bioximeviy  korsatkichlardan  
ALT,  AST,  LDG,    fermentlar    faolligini  ortishi-  tsitoliz  sindromi,  bilrubi  va 
fraktsiyalari,  ishqoriy  fosfataza  faolligini  ortishi  –  xolestaz  sindromi,    oqsillarni 
kamayishi,  -  gipo  va  disproteinemiya,umumiy  qon  taxlilidagi  ozgarishlar  – 
yallglanish  sindromi,shuningdek  koagulogrammada  gomeostaz  ozgarishlari 
kuzatiladi. Serologik tekshiruvda qonda gepanbn viruslarini, bakteriyalarni aniqlash 
muxum. Qjnda  kaliy, natriy, kaltsiy, fosfor,mis va boshqa mikro- makroelemetlarni 
aniqlash diagnostikada axamiyatga ega. Tibbiy jixozlar yordamida yani jigar, taloq, 
va  qorin  boshligini  UTT,  MSKT  va  endoskopiya,  positron  emission  tomografiya 
usullari kollaniladi. Kasallik tashxisi shubxali xolatlarda punktsion biopsiya usulini 
qollash mumkin. 
Kliniko-morfologik  portal,  postnekrotik,  biliar  va  aralash  shakllari  mavjud 
bo‘lib, jigar tsirrozini asosiy belgilari bo‘lgan astsit, entsefalopatiya, qizilo‘ngach, 
oshqozon  ichak  venalaridan  qon  ketish,  oyoqlarda  shish  kabilar  paydo  bo‘ladi  va 
dietoterapiya ratsioni ushbu belgilarni hisobga olgan holda tuziladi. 


195 
 
Kasallikni  murakkab  kompleks  davolashda  parhez  ovhatlanish  uning  klinik-
morfologik  shakliga,  jarayonning  faolligiga  va  asosiy  klinik  siidromlariga  qarab 
tuziladi va tavsiya etiladi. Bemorlarga asosan 5-son dasturxon beriladi. 
  Oqsillar  jigar  hujayralari  -  gipatotsitlarning  meyorida  ishlashi  uchun  etarli 
bo‘lishi  kerak.  Agar  gipoproteinemiya  kuzatilsa,  oqsillar  ovqatdan  tashqari 
parenteral  yo‘l  bilan  organizmga  yuboriladi.  Bunda  oqsillar  gidrolizatlar 
(aminokrovin,  albu¬min  va  b.)  shaklida  beriladi.  Agar  bemor  organizmida  oqsil 
almashinuvi buzilishi belgilari - mochevina, ammiak kabi azotli moddalar ko‘paysa, 
ratsionda oqsillar miqdori keskin kamaytiriladi 
  Postnekrotik  tsirroz  kasalligida  (astsit  bo‘lmasa)  intoksikatsiya  belgilari 
bo‘lganda  ovqat  bilan  ko‘p  miqdorda  vitaminlar  va  suyuqliklar  berish  kerak. 
Bemorda  astsit  bo‘lsa,  osh  tuzi  (3-5g  gacha)  va  suyuqliklar  kamaytiriladi. 
Shuningdek,  kaliy  tuzi  ko‘p  bo‘lgan  o‘rik,  anjir,  uzum  va  meva  shiralari  tavsiya 
etiladi 
  Bemorda astsit va shishlar bo‘lganda uni 7-son parhez dasturxonga o‘tkazish 
maqsadga muvofiqdir 
  Biliar  tsirrozda  yoki  boshqa  xil  tsirrozlarda  sarg‘ayish  kuzatilsa,  ratsionda 
hayvon yog‘lari va tuxum kamaytiriladi 
  Bemorda  dispeptik  o‘zgarishlar  (ko‘ngil  aynishi,  qo‘sish,  epigastral  sohada 
og‘riq)  bo‘lganda  5a-son  parhezdasturxon  tavsiya  etiladi.  Bemorlarda  ich  ketish 
holati  aniqlansa  va  ichaklarda  yog‘  o‘zlashtirilishi  buzilsa  (steatoreya),  ratsionda 
yog‘lar  miqdori 50-60  g  gacha kamaytiriladi,  ich ketishini  kuchaytiradigan sut va 
boshqa mahsulotlar berilmaydi.  
  Portal  gipertoniya  belgilari  bilan  kechadigan  jigar  tsirrozida  parhez 
dasturxonda oqsillar, yog‘lar ia karbonsuvlar me’yorida bo‘lishi kerak, lekin taomlar 
tuzsiz tayyorlanadi. Bemorlar glyukokortikoid gormonlar bilan davolangan vaqtda 
ham parhezda oqsillar miqdori etarli bo‘lishi zarur  
  Bemorda  jigar  etishmovchiligi  belgilari  bo‘lgan¬da,  ratsionda  oqsillar  va 
yog‘lar  cheklanib,  suyuqliklar,  meva-sabzavot  shiralari  ko‘paytiriladi,  asal,  qand 
yoki 5%li glyukoza tavsiya etiladi.   Surunkali 
gepatit 
va 
jigar 
tsirrozi 
kasalliklarida  jigar  etishmovchiligi  kuchayib  prekoma  yoki  koma  holati  paydo 
bo‘lsa,  boshqa  muolajalar  bilan  birga  parhez  ham  tez  o‘zgartiriladi.  Radionda 
hayvon  oqsili  berilmaydi.  Yog‘lar  ham  keskin  kamaytiriladi  yoki  butunlay 
berilmaydi. Engil hazm bo‘luvchi karbonsuvlar (meva shiralari, anjir, uzum, o‘rik, 
qand, limon choy, kompotlar) etarli miqdorda beriladi. Sut, sariyog‘, tvorog berish 
mumkin. Parenteral yo‘l bilan glyukoza, fiziologik eritma, vitamin V V2, V12,  V6, 
S va boshqa vitaminlar buyuriladi. 
  Bir  kunda  1,5-2  lirtgacha  suyuqlik  beriladi.  Lekin  beriladigan  suyuqliklar 
nazorat qilinishi, shishlar yoki astsit kuchaymasligi lozim.  
  Bemor komadan chiqqach, oqsillar miqdori asta-sekin ko‘paytiriladi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish