Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Surunkali xolitsistit va o‘t qopi tosh kasalligida dietoterapiya



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Surunkali xolitsistit va o‘t qopi tosh kasalligida dietoterapiya 
Surunkali  xoletsistitda  parhez  ovqatlanish  muhim  o‘rin  tutadi.  Parhez 
ovqatlanish  o‘t  pufagiga  osoyishtalik  yaratishi  yoki  uning  funktsiyasini 
kuchaytirishi mumkin. Parhez orqali o‘t hosil bo‘lishi va uning chiqishi jarayonlarini 


196 
 
o‘zgartirish  mumkin.  Ovqatlanish  tartibi  xazm  muhim  rol  o‘ynaydi.  Tez-tez 
ovqatlanish o‘t olib chiqishini yaxshilaydi. Uzoq, ovqatlanmay yurish, ovqatlanish 
orasidagi muddatning uzayishi o‘t dimlanishiga olib keladi. Ko‘p ovqatlanish ham 
o‘t  yo‘llarining  kuchli  reflektor  qisqarishiga  olib  kelishi  va  og‘riq  paydo  qilishi 
mumkin. Shuning uchun ovqat tez-tez (bir kunda kamida 5 marta), kam miq- dorda 
qabul qilinadi. 
Bemor ratsionida oqsillar fiziologik me’yorda bo‘lishi kerak. Yog‘lar, ayniqsa, 
o‘simlik yog‘lari, o‘t chiqishini kuchaytiradi. O‘t ajralishi qiyinlashgan bemorlarga 
ratsionda yog‘lar mushaklarini o‘simlik yog‘lari hisobiga bir oz ko‘paytnrish kerak. 
Bunda  o‘simlik  yog‘¬lari  hamma  yog‘larning  uchdan  ikki  qismini  tashkil  etishi 
lozim. Lekin o‘t-tosh kasalligida ratsionda o‘simlik yog‘lari ko‘paytirilsa, kasallik 
xuruji paydo bo‘lishi mumkin. Hayvon yog‘laridan yaxshi hazm bo‘ladigan sariyog‘ 
tavsiya  etiladi.  Ammo  qiyin  eriydigan  yog‘lar  (dumba,  mol  yog‘i,  yog‘li  go‘sht) 
mumkin emas. Ular surunkali xoletsistitni kuchaytirishi mum¬kin. Bemor ratsionida 
sabzavotlar, mevalar va ularning shiralari bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Sabzavot 
va  mevalar  o‘t  ajralishini  ko‘paytiradi,  qabziyatni  yo‘qotadi.  Shuning  uchun 
bemorlarga  oshqovoq,  sabzi,  karam,  tarvuz,  qulupnay,  olma,  uzum  va  boshqalar 
tavsiya etiladi. Ayniqsa, ularni o‘simlik yog‘lari bilan birga ishlatilsa (salat holida) 
o‘t juda yaxshi ajraladi.   Bemorlarda  ich  ketish  holati  kuzatilsa,  tarkibida 
burishtiruvchi  moddalar  bo‘lgan  anor,  behi  kabi  meva  va  sabzavotlar,  ularning 
shiralari  tavsiya  etiladi.  Ayrim  bemorlarga  pomidor  va  rediskani  ham  berish 
mumkin.  Lekin piyoz, sarimsoq, turp, shovul  tarkibida efir  moylari ko‘p bo‘lgani 
uchun  ular  hazm  a’zolari  shilliq  pardalariga  ta’sir  etadi.  Shuning  uchun  ular¬ni 
bemorlarga tavsiya etilmaydi. 
   Bemorlarga  beriladigan  karbonsuvlar  miqdori  450  -  500  g  bo‘lishi  kerak. 
 
Lekin  semiz  bemorlarga  non,  xamir  ovqatlar  va  shirinliklar  cheklanishi 
zarur.Ularga yuqorida ko‘rsatilgan sabzavot va mevalar ko‘p miqdorda beriladi. 
   O‘t-tosh  kasalligi  bilan  kechadigan  surunkali  xoletsistitlarda  ham  bemor 
ratsionida  sabzavot  va  mevalar  ko‘p  bo‘lishi  lozim.  Ular  xolesterinning 
organizmdan chiqib ketishini kuchaytiradi. 
   Bemor ratsionida vitaminlar tarkibi to‘la qimmatli bo‘lishi zarur.  
  Surunkali xoletsistit kasalligida asosan 5-son parhez dasturxon tavsiya etiladi. 
Kasallik  kuchayganda  bemor  ratsionida  tuz  4  gr  gacha  kamaytiriladi  yoki  5a-son 
parhez  dasturxonga  o‘tkaziladi.  Surunkali  xoletsistitning  keskin  kuchayishi 
kuzatilganda o‘tkir xoletsistitdagi kabi 5V- son (5-son dasturxonning yallig‘lanish 
kuchayganda  beriladigan  varianti)  parhez  dasturxon  3-4  kunga  tavsiya  etiladi.  Bu 
parhezda oqsillar -50 g, yog‘lar-40 g, karbonsuvlar -250 g, umumiy kaloriyasi -1600 
kkal.  Parhez  xazm  a’zolarini  mexanik  va  kimyoviy  ta’sirlardan  saqlaydi,  taomlar 
qirilgan mahsulotlardan tuzsiz tayyorlanadi. Ovqat 6 mahal beriladi. 
5V- son parhez dasturxonining bir kunlik taxminiy taomnomasi: 
  Nonushtaga: Shirqovoq 150 g, choy (kiyik o‘ti solingan). 
  Soat 1100 da: Dimlangan olma shakar bilan. 
  Tushlikka: Arpadan ezib tayyorlangan qiymali parhez qaynatma sho‘rva 1/2 
p, bug‘da pishgan kotlet kar¬toshka pyuresi bilan 50/70, olma sharbati. 


197 
 
  Soat 16 da: Turshak ivitmasi 
  Kechki taomga: Go‘shtsiz yumshoq pishgan shovla-200 g, limon choy 
  Kechga: Chuchuk qatiq. 
  Surunkali  xoletsistitning  kuchaygan  davrida  kaloriyasi  juda  kamaytirilgan 
engillashtiruvchi  kunlar  ham  yordam  beradi.  Masalan,  guruch-kompotli  kun.  Bir 
kunda  2  marta  suvda  pishirilgan  guruchli  bo‘tqa  va  5-6  marta  1stakandan  shirin 
kompot beriladi. yoki tarvuzli yoki uzumli kun. 2 kg tarvuzni yoki 2 kg uzumni 300 
g dan bo‘lib 6 mahal beriladi 
  Surunkali  xoletsistitda  o‘t  ajralishi  qiyinlashgan  hollarda  5-  son  parhez 
dasturxonning o‘t chiqishini va ichaklar harakatini stimulyatsiya qiladigan vari¬anta 
tavsiya  etiladi.  Bu  parhezda  yog‘lar  -120  g  gacha  (bu  yog‘larning  kamida  50%  i 
o‘simlik yog‘i), oqsillar -100 -110 g. Karbonsuvlar -350 g bo‘lib, kaloriyasi -2800 - 
2900.  Taomlar  qaynatib  yoki  duxovkada  pishiriladi.  Ratsionda  ekstraktiv 
moddalar(go‘sht va baliqning ekstraktiv moddalari, xolesterin, efir yog‘lari) keskin 
kamaytiriladi.  
  Parhezda  tavsiya  etiladi:  sabzavotlar  va  mevalar,  lipotrop  moddalarga  boy 
mahsulotlar  (tvorog,  yog‘siz  go‘sht,  tuxum  oqi,  tozalangan  o‘simlik  yog‘lari, 
sariyog‘). 
  Tavsiya etilmaydi: xamirli mahsulotlar, sut, qiyin eriydigan hayvon yog‘lari 
va boshqa 5-son parhez dasturxonda man etilgan mahsulotlar. 
  Ushbu parhezning bir kunlik taxminiy taomnomasi 
  Nonushtaga: Shirguruch, limon choy 
  Soat 1100 da:Tvorog shakar va ozgina smetana bi¬lan - 50/15/5 g 
  Tushlikka: Qiymali mastava, parhez manti, apel¬sin sharbati. 
  Soat 1600 da: Dimlangan olma. 
  Kechki taomga: Parhez pishgan karam dulma, limon choy. 
  Kechga: Chuchuk qatiq. 
 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish