Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Allergik kasalliklarda  shifobaxsh ovqatlanish



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Allergik kasalliklarda  shifobaxsh ovqatlanish 
Allergik  kasalliklardagi  shifobaxsh  ovqatlanish  profilaktik  va  parhez 
ovqatlanishga  bo‘linadi.  Profilaktika  eng  kam  allergenlik  xususiyatlariga  ega 
bo‘lgan  ovqatlarni  iste’mol  qilish  tamoyiliga  amal  qilishdan  iborat  hayvon 
oqsillarini,  apelsin,  mandarin,  ananas  kabi  sensibilizatsiyalovchi  xususiyatga  ega 
meva va sabzavotlarni cheklash.  
Agar allergiya allaqachon shakllanib bo‘lib, allergen almashtirish qiyin bo‘lgan 
mahsulot (sigir suti, tuxum kabi) bo‘lsa, ratsiondan allergenlarni chiqarib tashlash 
bilan  birga,  mavjud  allergenni  ham  cheklash  lozim.  Buning  uchun  individual 
eliminatsion  dietani belgilash  lozim. Ovqatlanish ratsionidan  yuqori qiymatga ega 
bo‘lgan  allergenlarning  (sut,  tuxum,  baliq)  olib  tashlanishi  bemor  ahvolining 
yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan.  
Organizmda  allergik  reaktsiya  chaqirish  qobiliyatiga  ega,  ya’ni  yuqori 
sensibilizatsiyalovchi  aktivlikka  ega  bo‘lgan  ovqat  mahsulotlari  obligat  ovqat 
allergenlari  deb  ataladi.  Ratsiondagi  qiymati  va  ahamiyatiga  ko‘ra  obligat 
allergenlar ikki guruhga bo‘linadi: 
1)  ratsiondan  katta  zararsiz  chiqarib  yuborish  mumkin  bo‘lgan  mahsulotlar 
(shokolad, kakao, tsitrus mevalari, anor, qovun, smorodina, qulupnay, malina, asal, 
baliq, ikra, yong‘oq, qo‘ziqorinlar); 
2)  Allergik  reaktsiya  chaqirishga  moyillik  mavjudligiga  qaramasdan, 
ratsiondagi qiymati yuqori bo‘lganligi uchun ratsiondan to‘liq olib tashlanmaydigan 
mahsulotlar  sigir  suti  va  tovuq  tuxumi  bo‘lib,  ularning  miqdori  2-3  barobar 
qisqartiriladi, kulinar ishlov beriladi. 


209 
 
Bundan  tashqari  mannka  yormasi,  bug‘doy  non,  tvorog,  to‘liq  sut,  smetana, 
yog‘li mol go‘shti va cho‘chqa go‘shti, tovuq go‘shti iste’moli cheklanadi. 
Gipoallergen dietadan ichaklar shilliq qavatida oqsillar, ya’ni ovqat allergenlari 
o‘tkazuvchanligini oshiruvchi ekstraktiv moddalar, o‘tkir ziravorlar, sho‘r taomlar 
istisno  qilinadi.  Go‘shtli  bulyonlar  sabzavotli  qaynatmalar  bilan  almashtiriladi, 
qovurilgan sabzavotlar va go‘sht esa qaynatilgan yoki bug‘da tayyorlanganlari bilan 
almashtiriladi.  Yumshatuvchi  ta’sir  ko‘rsatib,  allergenlarning  qonga  o‘tishiga 
to‘sqinlik qiluvchi mahsulotlar jumladan suli, guruch bo‘tqalari tavsiya qilinadi. 
Qo‘shimchalar  tutuvchi  barcha  mahsulotlarni  –  konservalarni,  dudlangan 
mahsulotlarni,  siroklarni,  gorchitsani,  xrenni,  qalampirni  cheklash  zarur.  Ovqat 
qo‘shimchalari  sensibilizatsiyalovchi  faollikka  ega  bo‘lmasada,  allergiyasimon 
reaktsiyalarga sabab bo‘lishi mumkin.  
Hayvon oqsillari defitsitini to‘ldirish uchun mol go‘shti iste’moli oshiriladi va 
haftada ikki  marta  mol  go‘shti o‘rniga tovuq  go‘shti ishlatiladi. O‘simlik oqsillari 
gipoallergen dietada huddi oddiy dietadagi kabi bo‘ladi. 
Qo‘zg‘alish davrida oqsilning sutkalik miqdori ikki barobar kamaytiriladi, shu 
bilan birga dieta meva va sabzavotlar bilan boyitiladi.  
Gipoallergen dietada yog‘larning 15-20% i o‘simlik yog‘laridan iborat bo‘ladi. 
O‘simlik  yog‘i  tarkibidagi  to‘yinmagan  yog‘  kislotalari  ichaklar  shilliq  qavatiga 
ijobiy ta’sir qiladi.  
Oddiy  uglevodlar  ya’ni  shakar,  siroplar,  asal  kabi  oson  o‘zlashtiriladigan 
uglevodlar miqdori cheklanadi, chunki ular organizmda suyuqliklarni ushlab qolib, 
allergik  reaktsiyalarni  kuchaytirish  xususiyatiga  ega.  Uglevodlarga  bo‘lgan  talab 
sabzavotlar va don mahsulotlari hisobiga ta’minlanadi. 
Suyuqlik  miqdori  faqatgina  shishish  bilan  kechuvchi  allergik  reaktsiyalarda 
jumladan  Kvinke  shishi,  krapivnitsa  kabi  holatlarda  cheklanadi.  Suyuqlikning 
organizmda  ushlanib  qolishini  profilaktika  qilish  maqsadida  osh  tuzi  iste’moli 
kamaytiriladi. 
Bir  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarda  allergik  kasallik  belgilari  bo‘lsa,  bu  vaqtda 
ko‘krak  suti  bilan  oziqlantirish  optimal  variant  bo‘lganligi  uchun,  ona  albatta 
gipoallergen dietaga amal qilishi kerak. 
Qo‘shimcha  ovqatlantirish  uchun  sabzavot  pyurelari  qaynatilgan  holda 
tayyorlanadi.  Bo‘tqalar  turli-tuman  bo‘lishi  kerak,  chunki,  qaysidir  bir  donli 
mahsulot  qancha  uzoq  vaqt  davomida  iste’mol  qilinsa,  unga  nisbatan  allergik 
munosabat paydo bo‘lishi ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi.  
Sabzi, tsitrus mevalari va o‘rmon mevalaridan tayyorlangan sharbatlar va baliq 
yog‘i  allergik  reaktsiya  chaqirgani  sababli,  ularni  iste’mol  qilgach  bolada  hatto 
kichik allergik belgilar paydo bo‘lsa ham, bu mahsulotlarlardan to‘liq bosh tortish 
lozim. 
Gipoallergen dietada ruxsat etilgan mahsulotlar: 
1. Kurka, quyon, buzoq go‘shtlari. 
2. Karam, kabachki, kartoshka, bodring, olma, nok. 
3. Grechka, perlovka, suli va guruch yormalari. 
4. Kungaboqar, zaytun yog‘i. 


210 
 
5. Sariyog‘. 
6. Kefir, ryajenka, yogurt. 
7. Olma, nok kompotlari, na’matak damlamasi, gazsiz mineral suv, choy. 
Yarim  tayyor  mahsulotlar,  konservalar,  qandolat  mahsulotlari  iste’molidan 
cheklanish lozim, chunki ularda turli yashirin allergenlar bo‘lish ehtimoli bor. Ko‘p 
miqdorda  gistamin  va  tiramin  tutuvchi  mahsulotlar,  ya’ni  pishloq,  alkogolli 
ichimliklari,  konservalangan  baliq,  dudlangan  mahsulotlar  ya’ni  kolbasa,  sosiska, 
sard 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish