Podagra kasalligida parhez ovqatlanish
Podagra – bu moddalar almashinuvining buzilishi natijasida, qonda siydik
kislotasining miqdori keskin ko‘tarilib ketadigan (giperurikemiya) kasallikdir.
Buning natijasida, siydik kislota kristallari, yoki uning tuzlari, masalan, natriy urat
organizm to‘qimalarida yig‘ilib qoladi. Bu jarayonlar purin asoslari va siydik
kislotasi almashinuvining buzilishi natijasida paydo bo‘ladi. Bo‘g‘imlarda siydik
kislota tuzlarining to‘planishi natijasida yallig‘lanish jarayoni boshlanib, kuchli
og‘riq kuzatiladi va qo‘l-oyoq harakati cheklanadi. Odatda qo‘l va oyoq
barmoqlaridagi bo‘g‘imlar zararlanadi. Podagra asosan erkaklarda kuzatiladi (95
%). Ayollar va bolalar kamdan-kam hollarda podagra kasalligiga chalinadi.
So‘nggi o‘n yillikda podagra bilan og‘rigan bemorlar soning ortishi aholi
moddiy ahvolining, ovqatlanishining yaxshilanishi, kam harakatli hayot tarzi,
alkogol iste’mol qilish va kasallik diagnostika darajasini ortishi bilan bog‘liq.
Podagra eng ko‘p hollarda hayot darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda aniqlanadi.
Ko‘p hollarda podagra umumiy semirish fonida kechadi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, podagra qonda siydik kislotasi miqdori oshib
ketishining sinonimi emas, chunki mazkur simptom ko‘plab kasalliklarda (psoriaz,
qon kasalligi va b.), shuningdek sog‘lom kishilarda ham kuzatilishi mumkin.
Podagra qadimgi davrlardan ma’lum bo‘lgan. Yunon olimi Gippokrat podagra
haqida bundan 2400 yil avval yozgan. Terminning o‘zi yunoncha podagra – “oyoq
uchun qopqon” degan so‘zdan kelib chiqqan. Mazkur kasallikning klassik ta’rifi
taxminan 1660 yillarda ingliz vrachi T. Sidenxem tomonidan berilgan.
Sidenxemning o‘zi podagra bilan og‘rigan. Bundan tashqari podagradan ko‘plab
mashhur insonlar (B. Mikelandjelo, O. Kromvel, J. Mazarini, Stendal, G. de
Mopassan, I.S. Turgenev, I.V. Gyote, O. fon Ch. Bismark, A.V. Suvorov) aziyat
chekkan.
Kasallikning sababini ko‘rib chiqish uchun, siydik kislotasining organizmdagi
rolini eslab o‘tish kerak. Purin asoslari almashinuvining oxirgi mahsuloti bo‘lib
siydik kislotasi va uning tuzlari (asosan natriy urat) hisoblanadi. Iste’mol qilinadigan
ovqat tarkibida ma’lum mahsulotlar, asosan ko‘p miqdorda purin asoslarini tutuvchi
go‘sht va go‘sht mahsulotlarining ko‘p bo‘lishi qonda siydik kislotasi va uning
228
tuzlari miqdorining sezilarli ortishiga sabab bo‘ladi. Organizmda, shuningdek
doimiy ravishda siydik kislotasi sintezlab turiladi. Sog‘lom odamning qonida, hatto
purin asoslarini tutuvchi mahsulotlarni iste’mol qilmagan holatda ham, ma’lum
miqdorda siydik kislotasi bo‘ladi.
Podagraning eng asosiy sabablaridan biri – nasliylikdir. Lekin, kasallik
rivojlanishi uchun, boshqa omillarning ham ta’siri ahamiyatli (masalan, me’yoridan
ko‘p ovqatlanish, alkogol iste’mol qilish va b.). Buning yaqqol isboti sifatida
aytishimiz mumkinki, er sharini ovqat ratsioni asosan purin mahsulotlarini kam
tutuvchi uglevod mahsulotlaridan iborat hududlarida (Xitoy, Hindiston, Afrika)
podagra juda kam holatlarda uchraydi.
Podagraning semirish, gipertoniya kasalligi kabi bir qancha jiddiy kasalliklar
bilan o‘zaro bog‘liqligi ham katta ahamiyatga ega. Gipertoniya kasalligi podagra
bilan bir necha yo‘llar orqali bog‘liqdir. Bir tomondan, gipertoniya holati uratlarning
chiqarib tashlanishini kamaytiradi, boshqa tomondan, jigar to‘qimasida siydik
kislotasi yig‘ilib qolgan maydonlar (mikrotofuslar) ning hosil bo‘lishi ikkilamchi
jigar gipertenziyasi rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Podagrada ko‘p hollarda
qonda yog‘lar miqdorining ortishi, ateroskleroz sodir bo‘lishi, o‘z navbatida,
podagraning eng salbiy oqibatlaridan biri – qon-tomir asoratlarining kelib chiqishi
hisoblanadi.
Ko‘p hollarda podagra qandli diabet bilan birgalashib keladi, bu qandli diabet
vaqtida qondagi qand miqdorining yuqori bo‘lishi siydik haydovchi effektga ega
ekanligi bilan bog‘liq. Uratlarning patologik insulinga rezistentlikka ta’siri
aniqlangan. Bu rezistentlik, o‘z navbatida, gipertoniya va koronar etishmovchilik
rivjlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, purin, uglevod va yog‘lar
almashinuvining buzlishi – podagra bilan kasallangan bemorga xos bo‘lgan
kompleksdir.
Podagraning klinik belgilari:
Podagra asosan, podagra tugunlari, podagrik artrit, shuningdek, siydik-tosh
kasalligi (bunda toshlar siydik kislotasi tuzlaridan va siydik kislotasining
kristallaridan iborat bo‘ladi) orqali namoyon bo‘ladi. Podagra tugunlari (tofuslari) –
bu uncha katta bo‘lmagan konglomeratlarni hosil qiluvchi siydik kislotasi
tuzlarining kristallaridir. Ular tananing istalgan qismida to‘planishi mumkin.
Bunday to‘plamlar bo‘g‘imlarda va bo‘g‘imlar atrofidagi to‘qimalarda hosil bo‘lsa,
ularga yot modda sifatida organizmda reaktsiya hosil bo‘ladi va o‘tkir yallig‘lanish
rivojlanadi. Bu holatga podagra artriti deyiladi.
Podagra artritining tipik hurujlari podagraning eng xarakterli simptomi bo‘lib,
bitta bo‘g‘imda, odatda oyoqning bosh barmog‘ida, boldir-tovon bo‘g‘imi yoki tizza
bo‘g‘imida hosil bo‘ladi. Huruj asosan ertalab, zararlangan bo‘g‘imdagi kuchli
siquvchi og‘riq ko‘rinishida sodir bo‘ladi. Kunduzi og‘riq biroz tinib, kechasi yana
kuchayadi. Jarayon qaytarilganda, unga boshqa bo‘g‘imlar ham qo‘shilishi mumkin.
Buning natijasida suyaklarning qisman parchlanishi sodir bo‘ladi.
Qonda siydik kislota tuzlarining miqdori ko‘p bo‘lsa, ular buyraklarda
to‘planib, urat toshlarini hosil qiladi. Boshqa hollarda bu toshlar siydik kislota
tuzlaridan emas, balki siydik kislota kristallaridan iborat bo‘lishi mumkin. Podagra
229
natijasida buyrakda hosil bo‘luvchi toshlar buyrak etishmovchiligi va uning og‘ir
oqibatlariga sabab bo‘ladi.
Podagrani davolash farmakoterapiya va dietoterapiya usullari bilan amalga
oshiriladi.
Podagrani davolash uchun ovqat bilan tushuvchi nukleoproteinlarni cheklash
yo‘li bilan va siydik kislotasi va uning tuzlari hosil bo‘lishini kamaytiruvchi,
chiqrilib yuborishini kuchaytiruvchi medikamentoz vositalarni qo‘llash yo‘li bilan
organizmdagi siydik kislotasi va uning tuzlarining miqdorini kamaytirish kerak.
Podagrani davolashda, u o‘tkirlashmagan holatlarda Pevzner bo‘yicha dieta №
6 qo‘llaniladi. Bu dietaning mohiyati shundan iboratki, ratsiondan
nukleoproteinlarga va shavel kislotasiga boy mahsulotlar olib tashlanib, kam
miqdorda nukleoproteinlar tutuvchi mahsulotlar kiritiladi.
Davolovchi ovqatlanish yordamida siydikning kislotali reaktsiyasiga ta’sir
qilib, uni ishqoriy tomonga siljitish juda muhimdir. Buning natijasida siydik
kislotasining eruvchanligi ortib, podagrik siydik-tosh kasalligi paydo bo‘lish yoki
kuchayish ehtimoli kamayadi.
100 gr ovqat mahsulotlaridagi purin asoslarining miqdori.
Mahsulot
Purin asoslari, gr Siydik kislotasi, gr
Purin asoslariga boy bo‘lgan mahsulotlar
Mol go‘shti 0,0375
0,0111
Buzoq go‘shti
0,0385
0,114
Qo‘y go‘shti 0,0265
0,078
Cho‘chqa go‘shti 0,0412
0,123
Dudlangan vetchina 0,0176
0,051
Go‘shtli bulon (2 soat davomida qaynatilgan) 0,0159
0,045
Til
0,176 0,061
Miya 0,830 0,990
Mol jigari
0,0935
0,279
Mol buyragi 0,0804
0,240
Tovuq 0,029 0,087
G‘oz 0,0336
0,990
Treska 0,0287
0,114
Sudak 0,0458
0,135
Shuka 0,0485
0,144
Seld
0,069 0,207
Shprot 0,0829
0,268
Sardina
0,1182
0,354
Dukkakliklar 0,027 0,081
No‘xat 0,018 0,054
Yasmiq
0,054 0,102
Loviya 0,017 0,051
Oq qo‘ziqorinlari 0,0184
0,054
Sut qo‘ziqorinlari 0,0185
0,054
Shampinon 0,0051
0,015
230
Gulkaram
0,0084
0,024
Ismaloq
0,0244
0,072
Kam miqdorda purin asoslarini tutuvchi mahsulotlar
Sut
-
-
Shvetsarcha pishloq -
-
Tovuq tuxumi
-
-
Ikra
-
-
Kartoshka
0,0026
0,006
Sabzi -
-
Salat 0,003 0,009
Oq non -
-
Qora non
Iz
Iz
Grechka yormasi
-
-
Perlovka yormasi -
-
Guruch -
-
Bug‘doy
-
-
Suli uni
-
-
Olma -
-
Nok
-
-
Olxo‘ri -
-
O‘rik -
-
Apelsin
-
-
Uzum -
-
O‘rmon yong‘og‘i -
-
Yong‘oq
-
-
Agar podagra bilan birgalikda semirish ham bo‘lsa, oson o‘zlashtiriluvchi
uglevodlarni ham cheklash kerak. Sutkalik ratsionning kimyoviy tarkibi va quvvat
qiymati quyidagicha: oqsillar – 70 -80 gr, yog‘lar 80 – 90 gr, uglevodlar – 400 gr;
quvvat qiymati – 2700 – 2800 kkal.
Ovqatlanish tartibi oz-ozdan kuniga 4 mahal. Ovqat qabullari va och qoringa
qo‘shimcha tarzda suyuqlik qabul qilish kerak.
Osh tuzi miqdori qisman cheklanadi (mahsulotlar tarkibidagi bilan birga 3-4
gr), sutkalik ratsiondagi siydik reaktsiyasini ishqoriy tomonga siljituvchi
mahsulotlar, ya’ni sabzavotlar, mevalar va sut mahsulotlarining foiz nisbati
oshiriladi. Suv – tuz almashinuvi buzilishini korrektsiya qilish uchun ko‘p miqdorda
suv iste’mol qilish (agar yurak – qon tomir tizimi tomonidan qarshi ko‘rsatmalar
bo‘lmasa) tavsiya etiladi. Erkin suyuqlik miqdori kuniga 1,5 – 2 litrni tashkil etishi
kerak.
Ovqatning kulinar ishlovi oddiy. Go‘sht, qush, baliq bundan mustasno bo‘lib,
ular avvaliga qaynatilishi kerak. Bunday qilinishining sababi, qaynatilganda
mahsulot tarkibidagi 50 % gacha purin asoslari bulyonga o‘tadi. Qaynatilgandan
so‘ng go‘sht, qush, baliqni turli taomlar tayyorlash uchun ishlatish mumkin
(dimlangan, qovurilgan, bug‘da tayyorlangan va hokazo). Go‘sht va baliqni
taxminan bir xil miqdorda birga tayyorash mumkin. Go‘shtli va baliqli taomlar
231
ratsionga haftasiga 2 – 3 martadan ortiq kiritilmaydi. Go‘sht bo‘lagi 150 g dan ortiq
bo‘lmasligi kerak (oqsillar – 17,7, yog‘lar – 3,6 g, kaloriya – 106 kkal). Baliqning
miqdori 170 g gacha b’lishi mumkin (oqsillar – 14,9, yog‘lar – 0,4 g, quvvat – 65
kkal).
Ratsiondan to‘yingan yog‘ kislotalariga boy hayvon yog‘larini olib tashlash
tavsiya etiladi, chunki ularning ovqatdagi miqdori, plazmadagi siydik kislota
miqdorining ortishi va uning siydik bilan ajralishining kamayishi o‘rtasida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlangan.
Ishqoriy valentliklarga boy mahsulotlar (sabzavotlar, mevalar) ni iste’mol
qilish siydik muhitining ishqoriylashuviga olib keladi. Bu mahsulotlarning yana bir
ijobiy ta’siri ular tarkibida kaliy mavjudligi bilan bog‘liq. Kaliy siydik haydovchi
xususiyatga ega bo‘lib, siydik kislotasi va uning tuzlarining organizmdan chiqarib
yuborilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Podagrada organizmni etarli miqdordagi vitamin S (askorbin kislotasi), vitamin
V1 (riboflavin) va niatsin bilan ta’minlash zarur.
Uyqudan avval podagra bilan kasallangan bemor albatta 1 stakan suyuqlik
ichishi zarur. Bu achchiq bo‘lmagan choy, kofe, shirchoy, limonli choy, kefir,
bug‘doyli damlama, sharbatlar bo‘lishi mumkin. Asabni qo‘zg‘atuvchi
mahsulotlarni (kofe, kakao, achchiq choy, achchiq eguliklar va b.) cheklash kerak.
Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish podagra hurujlariga sabab bo‘lishi mumkin,
chunki, alkogol buyraklar tomonidan siydik kislotaning chiqarib yuborilishini
yomonlashtiradi.
Podagrada haftada bir marta kam oziqlanuvchi kunlar – tvorogli, kefirli, sutli
va mevali tashkil etish tavsiya qilinadi. Bemor 1,5 – 2 litrdan kam bo‘lmagan
miqdorda suyuqlik qabul qilishi kerak.
Agar podagra ortiqcha vazn bilan birga kelsa, kam yuklamali kunlar
foydalaniladigan dieta № 8 belgilanadi. Davolashning har qanday variantlarida
sutkasiga bemor 1,5 – 2 litr suyuqlik qabul qilishi shart.
Pevzner bo‘yicha dieta №6 uchun ruxsat etilgan va taqiqlangan mahsulotlar
to‘plami.
Mahsulotning nomlanishi Ruxsat etilgan mahsulotlar
Ta’qiqlangan
mahsulotlar
Non va un mahsulotlari
1 va 2-navli bug‘doy non va qora non. Turli
pishiriqlar Oliy navli un va xamirli taomlar
Sho‘rvalar
Turli sabzavot va yormalar qo‘shilgan go‘shtsiz sho‘rvalar:
borsh, shi, sabzavotli, kartoshkali, (okroshka, lavlagili), sutli, mevali. Go‘shtli,
baliqli, qo‘ziqorinli, bulonlar, shavel, ismaloq, dukkaklisho‘rvalar
Go‘sht va qush go‘shti
Go‘shtning yog‘siz nav va turlari: mol, quyon,
tovuq, kurka qaynatilgan holda. Haftasiga 2 – 3 marta, 150 gr dan ko‘p emas.
Yosh hayvon va qushlarning go‘shtlari (buzoq, jo‘ja), go‘shtning yog‘li turlari
(qo‘y, cho‘chqa), submahsulotlar (til, buyrak, jigar, miya), kolbasa, dudlangan
mahsulotlar, konservalar
Baliq Qaynatilgan holda yog‘siz turlari. Haftasiga 2 – 3 marta, 170 gr dan
ko‘p emas. Yog‘li, tuzli, dudlangan baliq, baliq konservalari, ikra
232
Tuxum Kuniga bir dona. Kulinar ishlovi istalgan turda
----
Sut va sut mahsulotlari
Tabiiy sut, qatiq mahsulotlari (kefir, prostokvasha),
tabiiy tvorog va undan tayyorlangan ovqatlar, smetana, achchiq bo‘lmagan pishloq
Achchiq, sho‘r pishloqlar, brinza
Yorma va makaronlar
O‘rtacha miqdorda, istalgan holda tayyorlangan
yorma va makaron mahsulotlari
Dukkaklilar (no‘xat, loviya, yasmiq)
Sabzavotlar Ko‘p miqdorda hom va istalgan usulda pishirilgan holda
kartoshka va undan tayyorlangan taomlar, lavlagi, sabzi, kabachki, qovoq, pomidor,
bulg‘or qalampiri, baqlajon, oq karam, bodring
Salat, rovoch, shavel, ismaloq,
gulkaram, sparja. Tuzlangan va marinovka qilingan sabzavotlar cheklanishi kerak
Mevalar, shirinliklar
Kulinar ishlov berilmagan va berilgan mevalar,
(qulupnay, olma, o‘rik, uzum, olxo‘ri, nok, shaftoli, olcha, apelsin), yong‘oq,
quruqmevalar, shokoladsiz konfetlar, shakar, asal, murabbo, marmelad, pastila.
Anjir, malina, klyukva, shokolad
Podagra o‘tkirlashgandagi davolovchi ovqatlanish.
O‘tkir podagra huruji ro‘y berganda bemorning qat’iy yotoq tartibini va
zararlangan qo‘l yoki oyoqni umuman ishlatmasligini ta’minlash kerak. Bu kunlarda
dietaga qattiq rioya qilish va adekvat medikamentoz terapiyani amalga oshirish juda
muhimdir.
Podagra o‘tkirlashgan vaqtda go‘shtli va baliqli ovqatlar umuman ruxsat
etilmaydi. Ovqat ratsioni asosan suyuq mahsulotlar (sut, qatiq mahsulotlari, kisellar,
kompotlar, sabzavot va meva sharbatlari, achchiq bo‘lmagan sutli yoki limonli choy,
sabzavotli sho‘rvalar, suyuq bo‘tqalar) dan iborat bo‘ladi. Bemor och qolmasligi va
sutkasiga 2 litrgacha suyuqlik qabul qilishini nazorat qilish lozim. Bu kunlarda
ishqoriy mineral suvlarni ichish juda foydali bo‘ladi.
Podagra o‘tkirlashgan vaqtda ko‘p hollarda hazm qilish sistemasida buzilishlar
kuzatilib, dori vositalar hazm qilish sistemasini qo‘zg‘atib, uning ahvolini yanada
og‘irlashtiradi, shu sababli, asrovchi dietaga amal qilish kerak. Kasallik
o‘tkirlashuvining so‘nish davrida oz miqdordagi go‘shtli ovqatlar iste’mol qilishga
ruxsat beriladi (haftasiga bir – ikki marta, 100 – 150 g dan qaynatilgan go‘sht).
Qolgan kunlarda sut mahsulotlari, tuxum, yormalar, kartoshka, sabzavot va mevalar
iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Bunday dieta 1 – 2 haftaga belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |