Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Mukovisedozda parhez davo



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Mukovisedozda parhez davo 
Mukovisedoz  nasliy kasallik bo‘lib, bunda barcha sekretlarning qovushqoqligi 
yuqori bo‘ladi va natijada o‘pka, me’daosti bezi, ichaklar zararlanadi. 
Shilliqning yuqori qovushqoqligi uning to‘planib qolishiga olib keladi, so‘ng 
bez to‘qimasi hujayralari o‘rnini dag‘alroq bo‘lgan biriktiruvchi to‘qima egallaydi. 
Mukovisedozning  bir  nechta  shakllari  farqlanadi:  aralash  (o‘pka  va  ichak), 
o‘pka, ichak, atipik va mekoniyning tutilishi. 
Kasallikning birinchi simptomlari 40 % hollarda bola yangi tug‘ilgan davrda, 
80 % hollarda esa, bola hayotining birinchi yilida namoyon bo‘ladi. 
Ichak shaklining simptomlari: qorin dam bo‘lishi, ichning ko‘p, yog‘li bo‘lib 
kelishi  va  chirigan  hidli,  och  kulrang  bo‘lishi;  qorindagi  og‘riqlar;  so‘lakning 
qovushqoq  bo‘lishi;  og‘izning  qurishi;  tana  vaznining  kamayishi;  sariq  kasallik 
bo‘lishi  mumkin;  kasallik  rivojlanishda  davom  etsa,  qo‘shimcha  tarzda  5  % 
holatlarda  ichak  tutilishi,  5  %  hollarda  o‘n  ikki  barmoq  ichak  yoki  ingichka 
ichakning  yara  kasalligi,  25  %  holatlarda  ikkilamchi  seliakiya,  32  %  holatlarda 
ikkilamchi pielonefrit va buyrak-tosh kasalligi rivojlanadi. 
Mekoniy  tutilishi  –  ingichka  ichak  burmalarida  yumshoq  mekoniyning 
to‘planib, ichak bo‘shlig‘ini tiqin kabi yopib qo‘yishidir. Bola hayotining ikkinchi 
sutkasida bezovtalana boshlaydi, qorni shishib, kekirish, o‘t-safro aralash qayt qilish 
kuzatiladi.  Qorin  eshitib  ko‘rilganda  (auskultatsiyada),  peristaltika  bo‘lmaydi. 
Bolaning  bezovtaligi  holsizlik  bilan  almashinib,  hansiray  boshlaydi,  yurak  urishi 
tezlashadi. Asoratlar bo‘lishi mumkin: ichak perforatsiyasi, mekoniyli peritonit. 2 – 
3 kun o‘tib, pnevmoniya ham qo‘shiladi. 
O‘pka shaklida bola hayotining birinchi yilida paydo bo‘ladi, ulardan asosiysi 
–  ko‘k  yo‘taldagi  kabi  qiynoqli  hurujsimon  yo‘taldir  va  pnevmoniya  doimo  ikki 
tomonlama  bo‘ladi.  Katta  yoshlilarda  bronxospazm  bilan  kechuvchi  bronxitlar 
kuzatiladi.  O‘pkada  doimo  nam  xirillashlar  eshitiladi,  surunkali  nafas 
etishmovchiligi  rivojlanadi,  ko‘krak  qafasi deformatsiyaga  uchrab,  barmoqlarning 
oxirgi falangalari baraban tayoqchalariga o‘xshab qoladi. 
Yakuniy diagnoz qo‘yish uchun quyidagi tekshirishlar o‘tkaziladi: Albuminga 
mekoniy  testi,  natriy  va  xlorni  aniqlash  (mukovisedozda  ularning  miqdori  yuqori 
bo‘ladi); bromid ter testi, tirnoqlarda natriyni aniqlash, koprologik analiz steatoreya, 
rentgen-plyonkali  test  (rentgen  plyonkasi  jelatinining  najas  suspenziyasida 
hazmlanishi). 
Dietadavoda  ovqat  ratsionining  sutkalik  kaloriyasi  me’yordan  20  –  30  %  ga 
yuqori  bo‘lishi  va  bu  holat  oqsillar  (go‘sht,  baliq,  tuxum,  tvorog)  miqdorining 
oshirilishi  hisobiga  ta’minlanishi  kerak.  Yog‘lar  miqdori  cheklanadi,  chunki 
mukovisedozda  ularning  faqat  60%  i  o‘zlashtiriladi.  Yog‘lar  emulgirlangan 
ko‘rinishda yaxshiroq o‘zlashtiriladi, o‘simlik yog‘lari hisobiga. 


259 
 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish