Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Bolalar va o‘smirlar iste’mol qilishi uchun tavsiya qilinadigan kunlik oqsillar



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Bolalar va o‘smirlar iste’mol qilishi uchun tavsiya qilinadigan kunlik oqsillar, 
yog‘lar va uglevodlar hamda ularning energiya qiymati 
№ 
7-10 yosh / 11-13 o‘g‘il bola / 11-13 qiz b. / 14-17 o‘g‘il b. / 14-17 qiz b. 
1. 
 
Energiya (kkal) 
2400  2800  2500  3100  2750 


56 
 
2. 
 
Oqsillar (g) jami  80.5  92 
85 
104  90 
3. 
 
Hayvon oqsillari  49 
56 
50 
63 
58 
4. 
 
Yog‘lar (g)  80 
93 
85 
104  90 
5. 
 
Uglevodlar (g) 
340  394  355  450  380 
Bir kunda iste’mol qilinadigan mahsulotlar (g) 
№ 
Mahsulotlar 11 - 13 yoshlar 
14 - 17 yoshli yigitlar 
14 - 17 yoshli qizlar 
1. 
 
Jaydar noni  100  150  100 
2. 
 
Bug‘doy non 
200  250  200 
3. 
 
Bug‘doy uni 20 
20 
20 
4. 
 
Kartoshka uni 



5. 
 
Makaron mahsulotlari 
15 
15 
15 
6. 
 
Yormalar 
35 
35 
35 
7. 
 
Dukkakliklar 
10 
10 
10 
8. 
 
Go‘sht mahsulotlari 
175  220  220 
9. 
 
Tuxum 



10. 
 
Baliq mahsulotlari 60 
70 
70 
11. 
 
Sut 
500  500  500 
12. 
 
Tvorog va tvorog mahsulotlari  45 
50 
50 
13. 
 
Smetana va qaymoq 
15 
15 
15 
14. 
 
Pishloq 
10 
15 
15 
15. 
 
Sariyog‘ 
25 
30 
30 
16. 
 
O‘simlik yog‘i 
15 
15 
15 
17. 
 
Kartoshka  250  300  275 
18. 
 
Turli xil sabzavotlar 
300  350  350 
19. 
 
Yangi uzilgan mevalar  150-200 
150-200 
150-200 
20. 
 
Quritilgan mevalar 10-15 10-20 10-20 
21. 
 
Shakar va qandolat mahsulotlari 
85 
100  100 
22. 
 
Choy  0.2 
0.2 
0.2 
23. 
 
Tuz  7-8 
9-10  8-9 
 
Bir kunda iste’mol kilinadigantaomlarning hajmiy me’yori (g) 
№ 
Mahsulotlar 11 - 13 yoshlar 
14 – 17 yoshli yigitlar 
14 - 17 yoshli qizlar 
Nonushta 
1. 
 
Sutli bo‘tqa yoki sabzavotli taom 
200  240  280 
2. 
 
Go‘shtli, baliqli taom, omlet yoki tvorog 
70 
90 
100 


57 
 
3. 
 
Sut, sharbat, madanli suv 200  200  200 
Tushlik 
1. 
 
Salat  50 
50 
50 
2. 
 
Sho‘rva, bulon 
35 
35 
35 
3. 
 
Go‘shtli, baliqli taom 
70 
75 
75-100 
4. 
 
Garnir, ko‘katlar  175  220  220 
5. 
 
Sharbat, kompot, kisel  200  200  200 
Tolma choy 
1. 
 
Qatiq, sut 
200  200  200 
2. 
 
Bulochka, pechene 
50 
50 
50 
3. 
 
Mevalar 
200  200  200 
Kechki ovqat 
4. 
 
Yog‘siz go‘shtli, sabzavotli yoki sutli taom, sabzavotli salat, ko‘katlar
 
250  200  300 
5. 
 
Qatiq, sut, na’matak damlamasi 
200  200  200 
Bir kunlik non, miqdori 
6. 
 
Bug‘doy uni 165  200  200 
7. 
 
Qora non 
75 
100  100 
 
 
 


58 
 
4-BOB. KLINIK NUTRITSOLOGIYA ASOSLARI 
Nutritsion holat va dieta tahlili 
Bemorlarda  diet  anamnez  yig‘ishda  oqsil  va  quvvat  etishmovchiligini  xavfli 
guruhlarida quyidagilarga e’tibor berish kerak: 
- tana vaznini o‘zgaruvchanligi 
- tana vaznini o‘zgarish davrlari 
- ishtaha holati 
- kechirgan kasalliklar 
- tana  vaznini  o‘zgarishiga  sababchi  omillar  (ishtahani  kamayishi,  ovqat 
ratsionidagi o‘zgarishlar va boshqalar) 
- ovqatlanish tartibini buzilishi yoki oziq-ovqat tarkibini o‘zgarish davrlari va 
dispepsiya holati 
- ovqat qo‘shimchalarini iste’mol qilish 
- anamnezda yot illatlar mavjudligi (alkogol, narkotiklar) 
- jismoniy faollik 
  Dietanamnez to‘plashda bemorning kasallik boshlanishidan oldin ovqatlanish 
xususiyatlarini, oziq-ovqatlar turlarini optimal o‘zlashtirishini, ovqatlanish tartibi va 
tana vaznini kamaytirishga moslangan parhez tutishi kabi ma’lumotlarga ahamiyat 
berish lozim. 
  Shuningdek,  ovqatlanishni  sutkalik  ratsioni  va  haftalik  ovqatlanish 
kundaligidagi ma’lumotlarni  tahlil qilish kerak. 
  Bemorning  dietanamnezida  oziq-ovqat  ratsioni  tarkibi,  oqsil-quvvat 
komponentlari va iste’mol qilingan nutrientlarni tahlil etishda ovqatlanish kundalik 
daftari muhimdir. 
Bemorni ko‘rikdan o‘tkazish. 
  Bemorlarni  klinik  ko‘rikdan  o‘tkazishda  oqsil-quvvat  va  nutrienlar 
etishmovchiligi  asosida  tana  a’zolari,  tizimlarni  ikkilamchi  kasalliklarni  aniqlash 
mumkin. 
  Jahon  Sog‘liqni  Saqlash  tashkiloti,  oziq-ovqat  va  qishloq  xo‘jalik 
mahsulotlari  (FAO)  tashkilotlarining  ekspertlari  oqsil-quvvat  etishmovchilikning 
klinik  belgilari  sifatida  terini  elastiklik  xususiyatini  kamayishi,  soch  tolalarini 
siyraklashishi,  teri  va  sochlarni  depigmentatsiyasi,  shishlar,  mushaklar  tonusini 
susayishi,  aqliy,  jismoniy  qobiliyatni  susayishi  kabilar  ahamiyatga  ega  deb 
hisoblaydi. Bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazishda antropometrik tekshiruv muximdir. 
Antropometrik va tana qismlarini tahlil qilish. 
  Antropometrik tekshiruvlar yordamida bemorning tana qismlarini taxlil etib, 
ularni  dinamikada  o‘zgarishi  va  tana  kontsistuttsiyasi  turini,  shuningdek  modda 
almashinuvi holatini aniqlash mumkin. 


59 
 
  Ovqatlanish  holatini  tadqiqot  qilishda  tana  vaznini  aniqlash  muhimdir  va  u 
quyidagi formula orqali amalga oshiriladi: 
tavsiya etilgan tana vazni = (bo‘y o‘lchami-100) ± 10%. 
  Tana vaznini kamayishi = (oddiy tana vazni – xaqqoniy tana vazni). Nutritsion 
holatni  buzilishi tana vaznini quyidagicha kamayishiga bog‘liq, ya’ni bir oyda 5%, 
3 oyda tana vazn indeksini aniqlash (TVI) yuqori axborotga ega bo‘lib, quyidagicha 
aniqlaniladi: 
tana vazni (kg) bo‘y o‘lchami 2 (m). 
  Tana  vazn indeksi me’yorda odam yoshiga bog‘liq holda 18,5+19,9 dan 2-26 
kg/m2  ni  tashkil etadi.  Tana oziqlanishini  kamayishi III-  darajada,  ya’ni engil 17-
18,9  kg.  O‘rta  15-16,9  kg/m2    va  og‘ir  darajasi  15  kg/m2  dan  kam  holatda. 
Oziqlanishni  ortishi  esa  semizlik  kasalida  25-29,9  kg/m2.  I-darajasida  30-34,9 
kg/m2, II-darajada 35-40 kg/m2  va III-darajada 40 kg/m2 dan yuqori bo‘ladi. 
  Organizmda  yog‘  zaxiralarini  kamayishi  ovqatlanishda  quvvat  komponenti 
ozayishi  belgisidir.  Yog‘  miqdoridini  tanada  aniqlash  teri-yog‘  qatlamining 
burmalarini kliper yordamida aniqlashga asoslangan va u standart holda 10 mg/sm3 
ni tashkil etadi. Vazn, bo‘y o‘lchami, teri-yog‘ qatlamlaridan tashqari ko‘krak qafasi 
va oyoq-qo‘l o‘lchamlari ham aniqlanadi. 
  Antropometr  ko‘rsatkichlar  o‘rta  hisobda  standartga  nisbatan  90-100  %  ni 
tashkil etsa, me’yor darajasida, 80-90 % engil darajadagi, 70-80 % o‘rta darajadagi 
va 70 % dan kam og‘ir darajadagi oziqlanish etishmovchiligini bildiradi. 
  Antropometrik  ko‘rsatkichlar  avvalo  oqsillarni  periferik  zaxirasi  xaqidagi 
ma’lumot bersa, qon tarkibidagi bioximik ko‘rsatkichlar esa ularni vistseral a’zo va 
tizimlardagi holatini belgilaydi. 
  Umumiy oqsil miqdori turli holatda, ya’ni tana degidratatsiyasida, shish, astsit 
va  boshqa  holatlarda  uning  ayrim  fraktsiyalarini  o‘zgartirishiga  mos  turg‘un 
bo‘lmagan  miqdoriy  ko‘rsatkichlarga  ega  bo‘lishi  mumkin.  Shuning  uchun 
nutritsion  holatni aniqlashda albumin ko‘rsatkichi  ishonchli  hisoblanadi.  Albumin 
oqsilni jigarda sutka davomida 10-12 gr sintez qilinadi va  funktsional davri 18-20 
kunni tashkil etadi. Albuminni aksariyat miqdori interstitsial suyuqlikda bo‘lib, qon 
tomir ichida esa 40 % ni tashkil etadi. 
  Albumin  asosan  onkotik  bosimni  hosil  bo‘lishida,  transport  va  dinamik 
xususiyatlarga  ega.  Vistseral  oqsillarni  holatini  aniqroq  belgilovchi  transport 
oqsillardan preal buminlarda va retinolni bog‘lovchi oqsillardir. 
  Immun  tizimi  holatini  belgilashda  organizmda  uchraydigan  antigenlarni 
yuborilganda teri reaktivligini o‘zgarishi ahamiyatga egadir. Teri osti sinamasi oqsil 
etishmovchiligi, ayniqsa albumin miqdorini ozayishi bilan bog‘liqlikni ko‘rsatadi. 
  Nutritsion holatni ya’ni bir aniq indikatori periferik qonda immunoregulyator 
xujayralari,  ya’ni  T-limfotsitlar  tizimini  va  monotsitlar  funktsiyasini  o‘rganishdir. 


60 
 
Oqsil-quvvat  etishmovchilik  belgilari  a’zolarni  funktsional  va  moslanish  holatini 
buzilishiga  ham  bog‘liq.  Ba’zi  a’zolarning  funktsional  xususiyatlari  turli  usullar, 
masalan mushak tonuslari dinometriya, nafas tizimi spirometriya, yurak-qon tomir 
tizimi veloergometriya va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. 
Nutritsion holatni aniqlashni kompleks usullari. 
  Evropa  parental  va  egteral  oziqlanish  jamiyatining  tavsiyasiga  ko‘ra, 
oziqlanish etishmovchiligi diagnozi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida qo‘yiladi: 
- tana vaznini kamayishi 10 %dan yuqori 
- qonda umumiy oqsil miqdori 65 g/l dan kam bo‘lishi 
- qonda albumin oqsili 35 g/l dan 
- limfotsitlar absolyut miqdori 1800 mkl dan kam. 
  Shuningdek,  klinik  belgilar,  ya’ni  vaznni  oxirgi  6  oyda  kamayishi, 
ovqatlanishida  o‘zgarishlar,  ko‘ngil  aynish,  qayt  qilish,  anorektsiya,  diariya, 
metiorizm va kasalliklarni faolligi ham nutritsion holatni belgilashda ahamiyatlidir. 
  Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar antrogometrik, bioximik, immunologik va 
funktsional tekshiruvlar bilan birgalikda nutritsion  holatni aniqlashda qo‘llaniladi. 
Bemorlar  oziqlanish  darajasi  bo‘yicha  me’yorda,  o‘rta  darajada  ozish  va  og‘ir 
darajada ozish turlariga bo‘linadilar. Organizmni nutritsion holati kamayganda, bu 
holatni faollashtiruvchi ozuqalar enteral va parenteral usullarda qo‘llaniladi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish