Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Kundalik iste’mol kilinadigan mahsulotlar va taomlarning hajmiy me’yori



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Kundalik iste’mol kilinadigan mahsulotlar va taomlarning hajmiy me’yori 
(grammlarda)
 


52 
 
№  Taomlar 
Bolaning yoshi 
1 – 2 
3 – 4 
5 – 6 
7 – 10 
11 – 13 
Nonushta 
1.    Sutli bo‘tqa yoki 
sabzavotli taom 
150 
180 
200 
200 
240 
2.    Go‘shtli, baliqli 
taom, omlet yoki 
tvorog 
60 
70 
60 
70 
90 
3.    Sut, sharbat, 
madanli suv 
150 
180 
150 
200 
200 
Tushlik 
1.    Salat 
40 
50 
50 
50 
50 
2.    Sho‘rva, bulon 
150 
180 
200 
300 
400 
3.    Gushtli yoki 
baliqli taom 
60 
70 
70 
70 
75 
4.    Garnir 
120 
130 
130-150 
150 
200 
5.    Sharbat, kompot, 
kisel 
150 
180 
150 
200 
200 
Tolma choy 
6.    Qatiq, sut 
150 
200 
200 
200 
200 
7.    Bulochka, 
pechene 
60 
70 
35-50 
50 
50 
8.    Mevalar 
100 
150 
150 
200 
200 
Kechki ovqat 
9.    Sabzavotli yoki 
sutli taom 
180 
200 
200 
250 
250 
10.   Qatiq, sut yoki 
na’matak 
damlamasi 
150 
200 
200 
200 
200 
11.   Bir kunlik non 
me’yori: 
bug‘doy noni 
20 
70 
120 
165 
200 
12.   Jaydari non 
10 
20 
40 
75 
100 
 
O‘smirlar ovqatlanishi 
O‘smirlik  yoshi  o‘ndan  o‘n  sakkiz  yoshgacha  bo‘lgan  davr  hisoblanadi.  Bu 
davr  o‘sishning  kuchli  rivojlanishi  natijasida  ko‘p  energiya  sarflanishi  bilan 
birgalikda  kuchli  bo‘lmagan  ishtahani  talab  qiladi.  O‘smirlarning  sog‘lom 


53 
 
ovqatlanishi  -  oziqa  moddalari  va  energiyaga  boy  bo‘lgan  ratsiondan  iboratdir. 
Shirinliklar  va  yog‘lik  taomlarni  ko‘p  iste’mol  qilish  xavf  omillarini  keltirib 
chiqarishi  sababli,  o‘smirlik  davrida  iste’mol  qilinayotgan  ovqatlarni  alohida 
guruhlarga  ajratib  olish  tavsiya  etiladi.  Bu  davrda  ikkilamchi  jinsiy  bezlarning 
shakllanishi bilan birgalikda o‘sish kuchayadi, natijada ichki a’zolar va tizimlarning 
to‘liq  rivojlanish  yuzaga  keladi.  Kechagi  bola  bugungi  katta  kishi  -  inson  bo‘lib 
shakllanadi.  O‘smirlar  organizmining  me’yorida  rivojlanishi  va  navqiron  inson 
bo‘lib shakllanishida ovqatlanishning ahamiyati juda katta. O‘smirlik davrida qator 
kasalliklarning  shakllanishi  noto‘g‘ri  ovqatlanish  sababli  yuzaga  keladi.  Ushbu 
yoshlarda chizburger, gamburger, xod-dog, chipslar bilan birgalikda kola, gazli va 
rangli salqin  ichimliklarning  iste’mol qilinishi tur  xil kasalliklarning  rivojlanishga 
zamin  yaratadi.  Kichik  maktab  yoshida  (7-11  yosh)  sut  tishlarining  doimiy  tishlar 
bilan  almashinishi  sodir  bo‘ladi,  jismoniy  rivojlanishda  yaqqol  jinsiy  dimorfizm 
kuzatiladi. O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida o‘sish hamda rivojlanish tipi bo‘yicha ham, 
jinsga  xos  bo‘lgan  tana  tuzilishining  shakllanishi  bo‘yicha  ham  farqlar  mavjud 
bo‘ladi.  Mayda  mushaklarda  murakkab  muvofiqlashtiruvchi  harakatlar  tez 
rivojlanadi  buning  hisobiga  yozish  imkoniyati  paydo  bo‘ladi.  O‘smirlik  davri 
endokrin bezlar faoliyatining keskin o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda qiz 
bolalarda  kuchli  jinsiy  rivojlanish,  o‘g‘il  bolalarda  esa,  uning  boshlanish  davri 
kuzatiladi.  O‘sishning  sakrashi,  unga  xos  bo‘lgan  ba’zi  organizm  gormonlari  jins 
uchun xos bo‘lgan qirralarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi sodir bo‘ladi. Bu ruhiy 
rivojlanishdagi,  iroda,  ong,  hulq-atvorning  shakllanishidagi  murakkab  davrdir. 
Ko‘pincha  bu  hayotdagi  ahamiyatli  jihatlar  tizimini,  o‘ziga,  ota-onasiga, 
tengdoshlariga va butun jamiyatga bo‘lgan munosabatni etarli darajada qayta ko‘rib 
chiqishdir.  Qaltis  fikrlash  va  harakatlar,  o‘zini  ma’qullashga  va  ziddiyatlarga 
bo‘lgan  intilish  ham  mana  shu  davrda  kuzatiladi.  Oqsillarning  o‘smirlar 
ovqatlanishida  ahamiyati.  Kitobning  oldingi  qismlarida  bayon  etilganidek,  inson 
evolyutsiyasi  davomida  uning  ovqatlanishida  oqsil  ustuvor  bo‘lib,  organizmga 
almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar tushishining minimal fiziologik darajasi 
ta’minlanishi zaruriyati bilan ifodalanadi. U azotni muvozanat holati va ovqat bilan 
tushayotgan oqsilning biologik qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Organizmning o‘sish va rivojlanish davrida oqsilga ehtiyoj tana vazni birligida 
katta odamnikiga nisbatan oshiqroq bo‘ladi. 
Ko‘p  sonli  tekshiruvlarda  to‘laqonli  oqsilga  ega  bo‘lgan  hayvon 
mahsulotlarining biologik qiymati o‘simliklarnikidan yuqoriroq bo‘lishi aniqlangan. 
Turli mahsulotlardagi oqsillarning organizmga singishi quyidagicha: tuxum va sut – 
96 %; go‘sht va baliq – 95 %; 1 va 2 navli undan yopilgan non – 85 %; sabzavotlar 
– 80 %; kartoshka, dukkaklilar, yirik tortilgan un noni – 70 %. O‘smirlarda oqsillarni 
kunlik  iste’mol  talabi  1kg  tana  vazniga  1,5  –  2,0  gramm  va  undan  50  % 


54 
 
hayvonlarniki  bo‘lishi  kerak  (mol  va  parranda  go‘shti,  baliq  va  sut  mahsulotlari). 
Ilgari  ta’kidlaganimizdek,  oqsillar  birlamchi  mahsulot  hisoblanib,  organizmning 
o‘sishi  va  immun  tizimni  ta’minlovchi  manba  hisoblanadi.  Ularning  etishmasligi 
oqibatida bosh miyada o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, aqliy qobiliyat va xotira pasayadi, 
o‘smirlarda  tez  charchash  yuzaga  keladi.  Immunitetning  pasayishi  oqibatida 
yuqumli kasalliklarni yuqish ehtimoli kuchayadi. Sut  mahsulotlari nafaqat oqsillar 
balki kaltsiyning ham manbai hisoblanadi. Go‘sht mahsulotlari esa oqsildan tashqari 
temir,  baliq  qator  mineral  moddalar  bilan  birgalikda  fosfor  va  ruxga  boy. 
Yog‘larning o‘smirlar ovqatlanishida ahamiyati. O‘smirlar organizmining yog‘larga 
bo‘lgan  kunlik  talabi  100  gramm  atrofida  hisoblanadi.  Yog‘lar  energiya  manbai 
bo‘libgina qolmay gormonlar sintezida ham ishtirok etadi. Ular orasida ahamiyatlisi 
sariyog‘, smetana va o‘simlik yog‘lari hisoblanadi. O‘simlik yog‘lari to‘yinmagan 
yog‘  kislotalarini,  hayvon  yog‘lari  esa  yog‘da  eriydigan  A  va  D  vitaminlarini 
organizmga tushishini ta’minlaydi. Iste’mol qilinadigan yog‘larning 70 % o‘simlik, 
30 % esa hayvon yog‘lari bo‘lishi kerak. So‘nggisi asosan o‘simliklar, yong‘oqlar, 
suli va grechixa orqali qabul qilinadi. Hayvon yog‘lari esa qo‘y dumbasi, sariyog‘, 
smetana  va  pishloqlar  tarkibida  organizmga  tushadi.  Uglevodlarning  o‘smirlar 
ovqatlanishida  ahamiyati.  Uglevodlar  inson  uchun  asosiy  quvvat  manbai  bo‘lib, 
ovqatlar  bilan  qabul  qilinadigan  kunlik  quvvatning  50  -  70  %  ta’minlaydi.  1  g 
uglevod  o‘zlashtirilishi  natijasida  organizmda  4  kkalga  teng  quvvat  hosil  bo‘ladi. 
Uglevodlar  almashinuvi  yog‘lar  va  oqsillar  almashinuvi  bilan  mustahkam 
bog‘langan. O‘smirlar uchun taomnoma tuzganda oziq - ovqatlar miqdori jihatdan 
etarli bo‘lishi va organizm yo‘qotgan quvvatni qoplashi kerak. Bunda quyidagilarga 
e’tibor berish lozim: - Kunlik ratsionning energetik qiymatiga; - Ratsion tarkibidagi 
oqsillar,  jumladan,  hayvon  oqsillarining  miqdoriga;  -  Taomnoma  tarkibidagi 
yog‘lar,  shuningdek  o‘simlik  yog‘larining  miqdoriga;  -  Ratsion  tarkibidagi 
karbonsuvlarning,  shuningdek  shakar,  ya’ni  disaxaridlar  miqdoriga;  -  Ratsion 
tarkibidagi C, A, D, B1, B2, B6, PP vitaminlar miqdoriga; - Kaltsiy, fosfor, temir va 
magniy  kabi  mineral  moddalar  miqdoriga;  -  Ovqatni  kunning  ma’lum  bir  vaqtida 
iste’mol qilishga (1-jadval); - Kunlik energiyaga bo‘lgan talabni 14 % oqsil, 30 % 
yog‘  va  56  %  uglevodlar  hisobida  to‘ldirilishiga;  -  Taomlar  tarkibidagi 
mahsulotlarning  turli  –  tumanligini  ta’minlashga;  -  Ovqatlanish  tartibiga 
(ovqatlanish  vaqtiga  va  tartibiga  mos  ravishda  asosiy  ozuqa  moddalarini 
taqsimlash). O‘smirlarning oziq - ovqat mahsulotlariga ehtiyoji va energiya talabini 
aniqlashda uning mashg‘uloti, jinsi, yoshi, shug‘ullanadigan sport turi va jismoniy 
yuklamalar  darajasiga  va  yashash  joyining  iqlimining  ham  inobatga  olish  zarur. 
Kunlik  ovqat  ratsionini  quyidagi  tartibda  tuzish  kerak:  umumiy  quvvatning  14  % 
oqsillar,  30  %  yog‘lar,  56  %  karbonsuvlar  hisobiga  qoplanishi  zarur.  Ratsion 
tarkibidagi oqsillar, yog‘lar va karbonsuvlarning nisbati esa 1:1:4 nisbatda bo‘lishi 


55 
 
lozim.  Ovqatlanish  jarayonida  uning  koloriyasini  hisoblashda  quyidagi 
koeffitsentlar  inobatga  olinadi:  1  g  oqsil  -  4,1  kkal,  1  g  yog‘  -  9,3  kkal,  1  g 
karbonsuvlar - 4,1 kkal quvvat beradi. 
O‘smirlar  ovqatlanishi  uchun  tavsiya  etilgan  oziq  -  ovqat  mahsulotlarining 
guruhlari:  
-  Murakkab  uglevodlar  (karbonsuvlar).  Ular  energiya  manbai  bo‘lib, 
organizmning o‘sishi uchun kerakligi;  
-  Oqsillar.  Hayvon,  parranda  va  baliq  go‘shti  oqsillarga  boy.  Ular  yumshoq 
to‘qimalar  va  ichki  a’zolar  qurilishi  uchun  manba  hisoblandi.  Shuningdek,  qizil 
go‘sht mahsulotlari tarkibida temir ko‘p bo‘lib ular kam iste’mol qilinsa kamqonlik 
kasalligi rivojlanadi;  
-  O‘simlik  tolalari.  Bular  sabzavotlar,  ildizli  mevalar  va  mevalardan  iborat. 
Tolalar  oshqozon-ichak  tizimi  faoliyatini  yaxshilab,  organizmdan  toksinlarni 
(zaharlar) chiqarib tashlashga yordam beradigan tabiiy antioksidantlardir;  
- O‘simlik yog‘lari. Bularga o‘simlik yog‘lari va qator yong‘oqlar kiradi. Ularni 
iste’mol  qilish  o‘smirlarni  erta  davrda  sochlarini  to‘kilishi  va  tirnoqlarini 
mo‘rtlashishini oldini oladi;  
-  Sut  va  sut  mahsulotlari.  O‘smirlar  organizmini  almashtirib  bo‘lmaydigan 
aminokislotalar  bilan  birgalikda  vitaminlarning  D  guruhi,  kaltsiy  va  fosfor 
mikroelemetlari bilan ta’minlovchi vositalardir;  
-  Toza  ichimlik  suvi.  Organizmning  me’riy  darajada  ishlashini  ta’minlash 
maqsadida 1 kg tana vazniga kun davomida 30 mg suv iste’mol qilish tavsiya etiladi. 
U yoki bu sababga ko‘ra o‘smir muntazam bir xil va energetik qiymati past hamda 
sifatsiz ovqatlansa quyidagi muammolar yuzaga keladi:  
- Bosh aylanishi yoki ko‘z atrofida ayrim narsalarning ko‘rinishi;  
- Yuqori darajada charchash;  
- Immunitetning pasayishi;  
- Tishlarni kariesi;  
- Bo‘g‘im kasalliklari;  
- Suyaklarning mo‘rtlashishi;  
- Qizlarda hayz ko‘rishning buzilishi;  
- Darsni o‘zlashtirish va xotiraning pasayishi;  
- Ozish yoki semirish. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish