Klinik dietologiya va nutrisiologiya



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Yo‘g‘on  ichak  -  ingichka  ichakning  davomi  bo‘lib,  hazm  qilish  traktining 
yakuniy  bo‘limini  tashkil  etadi.  U  iliosekal  klapan  bilan  boshlanib,  anus  bilan 
tugaydi. Yo‘g‘on  ichakda suvning qoldiqlari so‘riladi  va kal  massalari shakllanib, 
to‘g‘ri  ichak  orqali  chiqarib  yuboriladi.  Yo‘g‘on  ichakning  uzunligi  o‘rtacha  1,5 
metr, diametri o‘rta bo‘limlarida 8 sm gacha, oxirgi bo‘limlarida 4 sm gacha bo‘ladi. 
Yo‘g‘on ichak uchta asosiy qismdan iborat: ko‘richak va uning chuvalchangsimon 
o‘simtasi,  chambar  ichak  va  to‘g‘ri  ichak.  Chambar  ichakda  o‘z  navbatida  to‘rtta 
qism farqlanadi: ko‘tariluvchi chambar ichak, ko‘ndalang chambar ichak, tushuvchi 
chambar  ichak  va  sigmasimon  chambar  ichak.  Yo‘g‘on  ichak  kichik  chanoqning 
qorin bo‘shlig‘ida joylashadi. 
Ko‘richak  yo‘g‘on  ichakning  qopsimon  kengaygan  bo‘limi  bo‘lib,  iliotsekal 
klapandan boshlanadi va o‘ng yonbosh chuqurchasida joylashgan va uning uzunligi 
– 8 sm bo‘ladi. 


21 
 
Appendiks  (chuvalchangsimon  o‘simta)  ko‘richakning  o‘simtasi  bo‘lib, 
o‘lchamlari o‘zgaruvchan bo‘ladi, uzunligi – 3 sm dan 5 sm gacha, diametri – 1 sm 
gacha.  Chuvalchangsimon  o‘simta  hamma  tomondan  qorin  parda  bilan  o‘ralgan. 
Appendiks asosan o‘ng yonbosh chuqurchasida joylashadi, ba’zan kichik chanoqqa 
tushadi, hatta qorin pardadan tashqari joylashishi mumkin. 
Chambar ichak qorin bo‘shlig‘i pastki qavatining o‘rtasida joylashgan ingichka 
ichak  qovuzloqlarining  atrofida  joylashadi.  Ko‘tariluvchi  chambar  ichak  o‘ng 
tomonda,  tushuvchi  chambar  ichak  chap  tomonda,  ko‘ndalang  chambar  ichak 
yuqorida, sigmasimon ichak esa pastki chap tomonda joylashadi.  
Ko‘tariluvchi  chambar  ichak  ko‘richakning  davomi  hisoblanadi.  U  vertikal 
yo‘nalishda ko‘tarilib, avval belning kvadrat muskulining old tomonidan, keyin o‘ng 
buyrakning old tomonidan o‘tadi va jigarning o‘ng bo‘lagining pastki yuzasigacha 
etib boradi. Shu joyda u keskin chapga burilib, chambar ichakning o‘ng bukilmasini 
hosil qiladi va ko‘ndalang chambar ichakka davom etadi. 
Ko‘ndalang  chambar  ichakning  chap  bukilmasi  uning  tushuvchi  chambar 
ichakka  o‘tish  joyi  hisoblanadi.  Tushuvchi  chambar  ichak  pastga  yo‘nalib,  chap 
yonbosh chuqurchasigacha boradi va sigmasimon ichakka o‘tadi. 
Sigmasimon  chambar  ichak  chap  yonbosh  chuqurchasida  joylashgan  bo‘lib, 
to‘g‘ri  ichak  uning  davomi  hisoblanadi.  Sigmasimon  ichak  ikkita  qovuzloq  hosil 
qiladi: proksimal qovuzloq - yonbosh muskulida yotadi, distal qovuzloq esa belning 
katta muskulida yotadi. Sigmasimon ichakning uzunligi o‘zgaruvchan bo‘lib, 15 sm 
dan 65 sm gacha bo‘lishi mumkin. Sigmasimon ichak qorin bo‘shlig‘i orqa devoriga 
yopishgan  mezenteriy  sababli  harakatchan  bo‘ladi.  Sigmasimon  ichak  hamma 
tomondan qorin parda bilan o‘ralgan. 
To‘g‘ri  ichak yo‘g‘on ichakning oxirgi bo‘limi  hisoblanadi va kichik chanoq 
bo‘shlig‘ida, aniqrog‘i chanoq tubi muskullari, dumg‘aza va dum suyaklaridan hosil 
bo‘lgan  orqa  devorida  yotadi.  To‘g‘ri  ichakda  axlat  massalari  to‘planadi  va 
tashqariga  chiqariladi,  shuningdek  bu  erda  suv  so‘riladi.  Uning  uzunligi  16  sm, 
diametri esa 4-5 sm atrofida bo‘ladi. To‘g‘ri ichak tuzilishiga ko‘ra to‘g‘ri bo‘lmay, 
ikkita bukilma: oraliq va dumg‘aza bukilmalarini hosil qiladi. 
Yo‘g‘on  ichakda  ovqat  hazm  bo‘lishining  fiziologik  xususiyatlari  shundan 
iboratki,  yo‘g‘on  ichakda  suvning  so‘rilishi  amalga  oshishi  hisobiga  ximus 
quyuqlashadi va axlat massalari shakllanadi, hamda to‘g‘ri ichak orqali tashqariga 
chiqariladi. Yo‘g‘on ichak bo‘shlig‘iga ham fermentlarga boy bo‘lgan ichak shirasi 
ajraladi, lekin ularning faolligi ingichka ichakdagiga nisbatan sezilarli darajada past 
bo‘ladi.  Yo‘g‘on  ichakda  ham  xususiy  mikroflora  bo‘lib,  u  begona  mikroflora 
rivojlanishiga  to‘sqinlik  qiladi,  hazm  qilishda  qatnashadi,  V  va  K  guruh 
vitaminlarini  sintezlaydi.  Peristaltik,  antiperistaltik,  mayatniksimon  va  propulsiv 
qisqarishlar  vositasida  yo‘g‘on  ichakning  motor  funktsiyasi  amalga  oshiriladi. 
Motor  faoliyat  hisobiga  axlat  massalari  yo‘g‘on  ichak  bo‘ylab  harakatlanadi  va 
defekatsiya akti sodir bo‘ladi. Defekatsiya akti qisman ixtiyoriy akt bo‘lib, to‘g‘ri 
ichakning  bo‘shashiga  olib  keladi.  Bu  jarayon  yo‘g‘on  ichak  muskullari  va  orqa 
chiqaruv  teshigi  sfinkterlarining  uyg‘unlikdagi  harakati  natijasida  ro‘y  beradi. 


22 
 
Me’yorda  defekatsiya  akti  sutkada  bir  marta  bo‘lib,  najas  massasi  200  g  atrofida 
bo‘ladi.  
Jigar.  Jigar  ovqat  hazm  qilish  tizimining  eng  katta  bezi  bo‘lib,  asosiy  qismi 
qorin bo‘shlig‘ining yuqori o‘ng bo‘limida, diafragmaning ostida joylashadi. Jigar – 
murakkab  tarmoqlangan  naysimon  bez.  Uning  vazni  katta  yoshli  odamda  1,5  kg 
atrofida  bo‘ladi.  Hazm  qilish  jarayonidan  tashqari  jigar  moddalar  almashinuvida 
dezintoksikatsiyada va qon yaratilishida ishtirok etadi. Jigar noto‘g‘ri shaklga ega: 
yuqori qismi qavariq, pastki qismi botiq. Jigarning boylamlar birikadigan joylari va 
o‘t  pufagi  yotgan  joyidan  tashqari  hamma  qismi  qorin  parda  bilan  o‘ralgan. 
Jigarning qorin parda bilan qoplanmagan eng katta joyi diafragmal yuzasining orqa 
qismida bo‘lib, qorin pardadan tashqari soha deb ataladi. Jigar qizil-qo‘ng‘ir rangga 
va  yumshoq  konsistentsiyaga  ega.  Jigar  parenximasida  qon  tomirlarining 
joylashuviga ko‘ra, ushbu organda ikkita bo‘lak, beshta sektor va sakkizta segment 
farqlanadi. Chap bo‘lakda – uchta sektor va to‘rtta segment, o‘ng bo‘lakda – ikkita 
sektor  va  to‘rtta  segment  bor.  Sektor  –  jigarning  darvoza  venasi  va  jigar 
arteriyasining  ikkinchi  tartibli  tarmoqlari  va  nervlar  kiruvchi  hamda  sektoral  o‘t 
yo‘li  chiquvchi  qismidir.  Jigar  o‘n  ikki  barmoqli  ichakning  bo‘shlig‘iga  o‘t 
suyuqligini  ajratadi.  Jigar  o‘t  suyuqligi  (PH-7,5)  va  pufak  o‘t  suyuqligi  (Rh-6,5) 
farqlanadi. Ular bir-biridan tarkibi bilan farq qiladi. Jigar o‘t suyuqligida pufak o‘t 
suyuqligiga  nisbatan  suvning  ulushi  ko‘proq,  quruq  qoldiqning  ulushi  kamroq 
bo‘ladi.  O‘t  ko‘plab  fermentlarni  faollashtiradi,  yog‘larning  parchalanishi  va 
parchalanish  mahsulotlarining  so‘rilishini  osonlashtiradi.  Bundan  tashqari,  o‘t 
suyuqligi  ichak  motorikasini  stimullaydi  va  begona  mikroflora  rivojlanishiga 
to‘sqinlik  qiladi.  O‘t  suyuqligining  chiqarilishi  o‘t  pufagi  muskulaturasi  va 
sfinkterlarining  birgalikdagi  faoliyati  hisobiga  amalga  oshiriladi.  Hazm  qilish 
jarayoni bo‘lmagan paytda o‘t suyuqligi o‘t pufagida yig‘iladi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish