Klinik dietologiya va nutrisiologiya



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Ingichka ichak. Ingichka ichak ovqat hazm qilish tizimining me’dadan so‘ng 
keluvchi qismi bo‘lib, yo‘g‘on ichakka o‘tish joyida ileosekal teshik bilan tugaydi. 
Ingicha ichak hazm qilish sistemasining eng uzun bo‘limi hisoblanib, uzunligi 4,5 – 
5 metrgacha etadi, diametri turli qismlarida turlicha bo‘lib, boshlang‘ich qismlarida 
5 sm dan, oxirgi qismlarida 2,5 sm  gacha  farq qiladi.  Ingichka  ichak  uchta asosiy 
qismdan tarkib topgan: o‘n ikki barmoqli, och va yonbosh ichak. Och va yonbosh 
ichaklar  ingichka  ichakning  mezenteral  qismini  tashkil  etib,  qorin  bo‘shlig‘ining 
pastki  qavatini  deyarli  to‘laligicha  egallab  turadi.  Me’da  shirasi  va  so‘lak  bilan 
ishlov berilgan ovqat ingichka ichakda ichak shirasi, jigarda ishlab chiqarilgan o‘t 
va  me’da  osti  bezi  shirasi  ta’siriga  uchraydi.  Ingichka  ichakda  ovqatning  asosiy 
komponentlari so‘riladi. 
O‘n  ikki  barmoqli  ichak.  O‘n  ikki  barmoqli  ichak  ingichka  ichakning 
boshlang‘ich bo‘limi bo‘lib, uzunligi tahminan 20 sm ni tashkil etadi. U me’daning 
pilorik qismidan  boshlanib,  me’da  osti  bezining bosh  qismini aylanib  o‘tadi.  O‘n 
ikki  barmoqli  ichak  kichik  o‘lchamga  ega  bo‘lishiga  qaramay,  unda  to‘rtta  qism 
farqlanadi:  yuqorigi,  tushuvchi,  gorizontal  va  ko‘tariluvchi  qismlar.  Yuqorigi 
qismning atrofida muhim anatomik tuzilmalar: umumiy o‘t yo‘li, darvoza vena, jigar 
joylashadi. 
O‘n ikki barmoqli  ichakka doimiy  ravishda me’dadan kislotali  me’da ximusi 
o‘tib  turadi.  O‘n  ikki  barmoqli  ichakda  barcha  asosiy  ovqat  komponentlarining 
parchalanishi sodir bo‘ladi. Uning bo‘shlig‘iga ichakda yog‘larning hazmlanishi va 
so‘rilishida  muhim  rol  o‘ynovchi  o‘t  suyuqligi,  barcha  ovqat  komponentlarining 
hazmlanishi  uchun  zarur  bo‘lgan  fermentlarga  boy  pankreatik  va  ichak  shiralari 
quyilib turadi.  
Och  va  yonbosh  ichaklar.  Och  va  yonbosh  ichaklar  bir  xil  tuzilishga  ega 
bo‘lganligi  va  ingichka  ichakning  mezenteral  qismini  tashkil  etganligi  sababli, 
ularning tuzilishi, anatomik xususiyatlari va fiziologiyasini birgalikda ko‘rib chiqish 
mumkin. Och ichak o‘n ikki barmoqli ichakning davomi bo‘lib, uning qovuzloqlari 
(7  tagacha)  qorin  bo‘shlig‘ining  yuqori  chap  tomonida  yotadi.  Och  ichakning 
qovuzloqlari old  tomondan  me’daning katta egriligidan boshlanuvchi katta charvi 
bilan  qoplangan,  orqa  tomondan  esa  parietal  qorin  pardaga  tegib  turadi.  Yonbosh 


20 
 
ichak  och  ichakning  davomi  bo‘lib,  uning  qovuzloqlari  (8  tagacha)  qorin 
bo‘shlig‘ining  pastki  o‘ng  tomonida  yotadi.  Kichik  chanoq  bo‘shlig‘ida  yonbosh 
ichakning  so‘nggi  qovuzloqlari  joylashib,  ikki  qavat  bo‘lib  yotadi.  Ular  old 
tomondan  siydik  pufagi,  orqa  tomondan  erkaklarda  to‘g‘ri  ichak,  ayollarda 
bachadon  bilan  chegaralanadi.  Ingichka  ichak  mezenteral  qismining  diametri 
proksimal  qismlarida  5  sm  gacha,  distal  qismlarida  3  sm  gacha  etishi  mumkin. 
Ingichka  ichakning  bu  qismi  hamma  tomondan  qorin  parda  bilan  o‘ralgan  bo‘lib, 
intraperitoneal  joylashadi.  Qorin  parda  tashqi  seroz  qavat  bo‘lib,  yupqa  subseroz 
asosda yotadi. Ingichka ichakning mezenteral qismida ikkita tomon farqlanadi: erkin 
va mezenteral tomonlar. Mezenteral tomoni bilan ichak mezenteriy bilan bog‘lanadi.  
Ingichka ichakda kislotali muhitga ega bo‘lgan me’da ximusining ishqorlanishi 
amalga oshadi. Shu yo‘l bilan ichak fermentlari va pankreatik shira fermentlarining 
ta’sir qilishi uchun optimal muhit yaratiladi. Ichak shirasining 98 %i suv, qolgan 2 
%i  organik  va  anorganik  moddalarga  to‘g‘ri  keladi.  Uni  PH  holati  o‘zgaruvchan 
bo‘lib,  yuqori  bo‘limlarida  7,3,  pastki  bo‘limlarida  esa  8,6  gacha  etishi  mumkin. 
Sutkasiga  katta  yoshli  odamda  2,5  litrgacha  ichak  shirasi  ajralishi  mumkin.  Ichak 
shirasi  fermentlarga  juda  boy.  Ovqat  qabul  qilish  jarayonida  ichak  shirasi  ishlab 
chiqarilishi kamayadi. Ingichka ichakda hazmlanishning uch xil ko‘rinishi amalga 
oshadi: membranadagi, bo‘shliqdagi va devor oldidagi hazmlanish. Ingichka ichak 
faol  motor  funktsiyasiga  ega  bo‘lib,  u  quyidagi  turlardan  iborat:  ritmik 
segmentatsiya,  ya’ni  bir  nechta  tsirkulyar  mushaklarning  bir  vaqtda  qisqarishi; 
ichakning  proksimal  uchidan  distal  uchiga  yo‘nalgan  peristaltik  qisqarishlar, 
me’dadagi kabi tonik qisqarishlar, bo‘ylama va tsirkulyar mushaklarning bir vaqtda 
qisqarishi  natijasida  hosil  bo‘luvchi  mayatniksimon  qisqarishlar.  Ingichka  ichak 
motorikasi markaziy asab tizimini ta’sirida, nerv va miogen mexanizmlar hisobiga 
va  reflektor  usulda  boshqariladi.  Ingichka  ichakda  so‘rilish  sodir  bo‘ladi,  u 
murakkab fiziologik jarayon bo‘lib, ozuqa moddalarining ichak bo‘shlig‘idan ichak 
devori orqali qon va limfa tomirlariga o‘tkazilishidan iborat. So‘rilish hazm qilish 
traktining  hamma  qismlarida,  lekin  turli  moddalarga  nisbatan  turli  intensivlikda 
amalga oshadi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish