Klinik dietologiya va nutrisiologiya


-BOB. HAZM AʹZOLAR TIZIMINING ANATOMIYASI VA



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

1-BOB. HAZM AʹZOLAR TIZIMINING ANATOMIYASI VA 
OVQAT HAZM JARAYONI FIZIOLOGIYASI 
Hazm tizimidagi a’zolar 
Odam  ovqat  hazm  qilish  tizimi  organizmda  juda  muhim  funktsiyani  bajarib, 
ovqatga  mexanik,  kimyoviy  va  fermentativ  ishlov  berilishini  ta’minlaydi,  foydali 
moddalarning  so‘rilishini,  o‘zlashtirilmagan  ovqat  qoldiqlarining  tashqariga 
chiqarilishini  amalga  oshiradi.  Shu  bilan  birgalikda  hazm  tizimi  organizmni 
infektsiyadan  himoya  qiluvchi  immun  himoya  a’zosi  vazifasini  bajaradi.  Hazm 
tizimini og‘iz bo‘shlig‘i bilan boshlanib, orqa chiqaruv teshigi bilan tugovchi uzun 
kanalga qiyoslash  mumkin.  Hazm qilish kanali turli qismlarda turli diametrga ega 
bo‘ladi  va  ko‘plab  bukilmalar  hosil  qiladi.  Hazm  qilish  kanalining  devori  to‘rt 
qavatdan iborat: shilliq parda, shilliq osti asos, mushak qavat va tashqi seroz qavat. 
Bajaradigan  funktsiyasiga  qarab,  ovqat  hazm  qilish  tizimining  turli  bo‘limlarida 
qaysidir  qavat  kuchli  rivojlangan  bo‘lishi,  yoki  rivojlanmagan  bo‘lishi  mumkin. 
Hazm  qilish  tizimi  bosh,  bo‘yin  sohalarida, 
ko‘krak  qafasida,  qorin  bo‘shlig‘i  va 
chanoqda  joylashgan  a’zolardan  tashkil 
topgan.  Og‘iz  bo‘shlig‘ida  ovqatning  tishlar 
yordamida  chaynalishi,  maydalanishi  amalga 
oshadi,  maydalangan  ovqat  til  yordamida 
og‘iz  bo‘shlig‘idagi  ko‘plab  bezlarning 
sekreti  hisoblanuvchi so‘lak bilan aralashadi. 
Shu  yo‘l  bilan  ovqat  luqmasining  hosil 
bo‘lishi  amalga  oshadi.  Yutish  harakatlari 
yordamida  luqma  halqumga,  undan  esa 
qizilo‘ngach orqali me’daga tushadi. Me’dada 
ovqat  bir  necha  soat  davomida  ushlanib 
qoladi: u erda ovqat fermentlarga boy bo‘lgan 
me’da  shirasi  ta’siriga  uchraydi,  faol  tarzda 
aralashtiriladi,  bo‘kadi  va  qisman  so‘riladi. 
Undan keyin ovqat moddasi ingichka ichakka 
o‘tadi, bu erda jigarda ishlanuvchi o‘t, me’da 
osti  bezi  va  ichak  bezlari  sekretlari  ta’sirida 
ovqatga  kimyoviy  ishlov  berilishi  davom 
etadi. O‘t va me’da osti bezi shirasi ingichka 
ichakning  eng  boshlang‘ich  qismi  –  o‘n  ikki 
barmoqli ichakka quyiladi. O‘n ikki barmoqli 
ichakdan  bo‘kkan  ovqat  och  ichakka,  so‘ng  yonbosh  ichakka  o‘tadi  va  uning 
fermentlar  yordamida  to‘liq  kimyoviy  ishlanishi,  qon  va  limfa  kapillyarlariga 
samarali  so‘rilishi  amalga  oshadi.  Keyin  hazmlanmagan  va  so‘rilmagan  ovqat 
yo‘g‘on  ichakka  o‘tadi.  Yo‘g‘on  ichak  ko‘richak,  ko‘tariluvchi  chambar  ichak, 
ko‘ndalang chambar ichak, tushuvchi chambar ichak, sigmasimon ichak va to‘g‘ri 


15 
 
ichakdan  iborat.  Yo‘g‘on  ichakda  axlat  massalarining  hosil  bo‘lishi  va  suvning 
so‘rilishi amalga oshadi.  
Har  bir  inson  ovqat  qabul  qilishdan  oldin  qondagi  ozuqa  moddalari 
miqdorining  asta-sekin  kamayib  borishi  tufayli  yuzaga  keluvchi  murakkab 
fiziologik  jarayon  –  ochlik  hissini  sezadi.  Ochlik  hissining  hosil  bo‘lishida  ikkita 
bosqich ajratiladi. I bosqich bo‘sh oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakdan keluvchi 
impulslar  hisobiga  yuzaga  keladi.  Bo‘sh  qolgan  oshqozon  va  o‘n  ikki  barmoqli 
ichakning tonusi yuqori bo‘ladi. II bosqichda faqatgina ochlik hissi paydo bo‘ladi va 
u  qondagi  ozuqa  moddalari  miqdorining  kamayishi  hisobiga  yuzaga  keladi.  Bu 
bosqichda  murakkab  nerv  faoliyati  boshlanib,  depo  organlardan  qonga  ozuqa 
moddalarining o‘tishi to‘xtaydi. Mazkur fiziologik akt natijasida oliy nerv bo‘limlari 
qo‘zg‘alib,  ochlik  hissi  kuchayadi.  Ochlik  hissi  vujudga  kelishiga  javob  beruvchi 
oliy  nerv  strukturasi  gipotalamusdir.  Ochlik  odamdagi  eng  kuchli  shartli 
reflekslardan biri bo‘lib, u ovqat izlab topish va iste’mol qilishga qaratilgan. Ochlik 
hissining sub’ektiv namoyon bo‘lishi: holsizlik, bosh og‘rig‘i, ba’zan ko‘ngil aynishi 
hisoblanadi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish