Kirish,,0'rta asrlar tarixi haqida


Yevropaliklarning kirib kela boshlashi



Download 448 Kb.
bet92/97
Sana06.02.2023
Hajmi448 Kb.
#908550
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
Kirish,,0\'rta asrlar tarixi haqida

Yevropaliklarning kirib kela boshlashi. XV asr oxirlaridan boshlab janubi-g`arbiy Hindistonga yevropaliklarning kirib kelishi boshlangan. 1498-yilda portugaliyalik sayyoh Vasko da Gama eskadrasi Kalikut shahriga kelib tushgan.
Portugallar qisqa muddat ichida Hindistonning g`arbiy va janubiy qirg`oqlarida bir qancha joylarni egallaganlar. Ular tez orada Hind okeani, Fors qo`ltig`i va Qizil dengizda hukmron bo`lib olib, dengiz qaroqchiligi bilan shug`ullanganlar. Keyingi asrlarda gollandlar va inglizlar ham kirib kela boshlaganlar. Shu tariqa Hindistonning bosqichma-bosqich yevropaliklar asoratiga tushish jarayoni boshlangan.
Atamalar mazmunini bilib oling
Eskadra - harbiy kemalar qo`shilmasi.
Iqto` - hukmdor tomonidan katta xizmat evaziga in'om etilgan chek yer. Iqto` olgan shaxs iqto`dor deb atalgan. Iqto` yerlar dastlab ma’lum muddatga berilgan. Iqto` iqto`dorning xususiy mulki hisoblanmagan. Hukmdor uni qaytarib olib, boshqa shaxsga berish huquqiga ega bo`lgan. Iqto`dor yerga emas, shu yer-mulkdan olinadigan soliqning ma'lum qismiga yoki hammasiga egalik qilgan.
Hinduiylik - milodning birinchi ming yilligi boshlarida Braxma dinini isloh qilish natijasida vujudga kelgan din. VIII asrdan boshlab Hindistonda ham islom dini tarqala boshlagan. Bu dinni qabul qilmaganlar shartli ravishda „hindlar", dinlari esa „hinduiylik" deb atalgan.
40-§. Afrika xalqlari o`rta asrlarda
Tayanch tushunchalar: Hindular. Hindular hayoti. Oliy Inka. „ Quyosh o 'g 'illari ". Afrika xalqlari hayoti.
Amerikaning tub aholisi va ularning mashg`ulotlari. Amerikaning tub aholisi hindular deb ataladi. Bu aholi hozir ham mavjud. Ularning ajdodlari bir necha o`n ming yillar avval Osiyodan Bering bo`g`ozi orqali Amerikaga kelib qolgan. Hindular o`rta asrlarda ham urug`chilik tuzumida yashar edilar. Ko`pdan-ko`p hindu xalqlari orasida mayya, atstek va ink xalqlari xo`jalik hamda madaniy jihatdan boshqalardan ustun edilar. Aholining ko`pchilik qismi ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirishgan. Biroq Shimoliy Amerikaning janubida, Markaziy va Janubiy Amerika qirlari hamda tog`larida dehqonchilik ham rivojlangan. Dehqonlar toshboltalarda o`rmon kesib, daraxtlarni yoqib, yer ochishgan. Yerni yog`och so`qalar bilan ag`darib yumshatishgan. Ilgari paytlarda yevropaliklarga ma'lum bo`lmagan makkajo`xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki kabi ekinlarni o`stirishgan.
Qifaning kattagina qismida hayvonlarni ishga o`rgatishni bilishgan. Amerikada otlar yo`q edi. Faqat shimolda itlarni, lamaga o`xshash tuyalarni qo`lga o`rgata boshlashgan. Parrandalardan kurka va o`rdaklarni boqishgan.
Hindular temir asbob-uskunalar, omoch, g`ildirak, o`tochar qurollar nimaligini bilishmagan. Ular mehnat qurollarini yog`och, tosh va jez (bronza)dan yasar edilar.
Mayyalar. Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida, qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi.
Yerlar jamoalarga tegishli edi. Jamoalar o`zlariga qarashli oilalarga o`rmondan tozalangan bo`liq yerlarni foydalanish uchun berardi.
Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Har bir shaharga "Ulug` inson" hukmdorlik qilardi. Hokimiyat nasldan-naslga meros bo`lib o`tgan.
Zodagonlar shahar markazidagi tosh qasrlarda, "past odamlar" - dehqonlar va hunarmandlar esa shahar atrofidagi tomi qamishdan yasalgan kulbalarda yashar edilar.
Yangi eraning boshlarida mayya xalqida yozuv vujudga keldi. Kohinlar qilqalam bilan iyerogliflarni qog`ozga tushirishardi. Shuningdek, ular qasrlarning devorlari va ustunlariga surat harflarni o`yib, duo, oyat, afsona va tarixiy voqealarni ham yozib qoldi-rishardi.
Kohinlar jamoa a'zolariga dala ishlarining muddatlarini belgilab berishardi. Dehqonchilik ehtiyojlari uchun taqvim zarur edi. Mayya hindulari taqvimlari qadimgi xalqlarning eng aniq taqvimlaridan hisoblanadi.
Matematika muvaffaqiyatlari ham shu bilan bog`liq. Mayyalar dunyoda birinchi bo`lib, "0" raqamini ishlata boshlashgan. Mayya shaharlaridan astronomik rasadxonalar topilgan. Kohinlar sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish vaqtlarini hisoblab chiqqanlar. Ular Quyosh va Oy tutilishlarini oldindan bashorat qila olganlar.
Arxitektura-me'morchilikda ham mayyalar ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan edilar. Ular yuksak poydevorlarda va sun'iy tepaliklarda zinali piramidalar shaklida qasrlar va ibodatxonalar qurishgan. Imoratlarni releflar, ma'budalarning haykallari freskalar bilan bezashgan. Mayyalar binolarni derazasiz qurishgan. Xonalarga yorug`lik darvozalarning tirqishlaridan tushgan. Shaharlar orasida tarashlangan toshlardan yo`llar yotqizilgan.

Download 448 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish