O`zaro ichki urushlarning avj olishi. o`rta asr yer egaligi jamiyati sharoitida toj-u taxt uchun kurash hech qachon to`xtamagan. Yaponiya ham bundan mustasno emasdi.
Yirik yer egalari qudratining o`sishi barobarida Xodzyo xonadoni hokimiyati zaiflashib borgan.
U amalda yirik feodallar ustidan hukmronligini yo`qotgan.
Shu sharoitda imperator xonadoni yana o`z hokimiyatini tiklash uchun kurash boshlagan. Va nihoyat, 1333- yilda imperator o`z niyatiga erishgan. Biroq bu hokimiyat uzoq yashamagan. Bunga imperator xonadoni bilan uni qo`llab-quvvatlagan yirik feodal xonadonlar vakillari o`rtasida yuz bergan ixtilof sabab bo`lgan. Natijada harbiy sarkarda Asikaga Takauden 1335- yilda hokimiyatni bosib olgan va o`zini syogun deb e'lon qilgan. Bu xonadon Yaponiyada 1573- yilgacha hukmronlik qilgan.
Xo`jalikning rivojlanishi.Yaponiya qishloq xo`jaligida sholichilik va ipakchilik yetakchi tarmoq bo`lgan. Yaponlar ipakchilikni Xitoydan o`rgangan edilar. Ayni paytda shaharlar, hunarmandchilik va savdo jadallik bilan rivojlanib borgan.
Yapon hunarmandlari qurol-aslaha yasashda dong taratganlar. Chunonchi, ular yasagan qilichlar pishiqligi bilan chet ellarda ham mashhur bo`lgan. Bu qurol juda ko`p miqdorda chetga chiqarilgan. Bundan tashqari, yapon badiiy hunarmandchiligi namunalari ham chet ellarda xaridorgir edi. Ular ichida chinni, yelpig`ich, laklangan, suyak va toshdan yasalgan buyumlar, ip va shoyi gazlamalar alohida o`rin tutgan.
Yaponiya Koreya, Xitoy, Filippin orollari, Vyetnam va Siam (Tailand) bilan qizg`in savdo-sotiq olib borgan. Tashqi savdoning rivojlanishida Yaponiyada port shaharlarning ko`pligi muhim rol o`ynagan. Yaponiya shaharlari Osiyoning boshqa davlatlari shaharlari kabi mustaqil, o`z-o`zini boshqarish huquqiga ega emas edi. Shunday bo`lsa-da, eng yirik port shahari Sakai alohida mavqega ega bo`lgan. Shaharni 36 kishidan iborat Shahar kengashi boshqargan. Bu shahar „Sharqning Venetsiyasi" deb atalgan.
Yaponiya madaniyati.Yaponiya madaniyatiga Xitoy madaniyati katta ta'sir ko`rsatgan.
VIII - IX asrlar Yaponiyaning Xitoy va Koreya bilan madaniy aloqalari rivojida alohida davr hisoblanadi.
VIII asrda Yaponiyada dastlabki yozuv paydo bo`ldi.
IX asrdan boshlab yapon iyeroglif alifbosi keng tarqala boshladi.
Alifbe va yozuvning paydo bo`lishida monaxlar muhim rol o`ynashgan. Chunonchi, monaxlar Kibi Makibi va Kukaylar yapon alifbesining asoschilari hisoblanishadi. Dastlabki yozma yodgorlik namunasi „Qadimgi ishlar yilnomasi" deb ataladi.
Yaponiyada VIII asrdan boshlab boshlang`ich, o`rta va markaziy deb ataluvchi maktablar faoliyat ko`rsata boshlagan. Dorishunoslik ilmining rivojlanganligi ham diqqatga sazovordir. Chunonchi, choy bargi va boshqa dorivor o`simliklardan dorilar tayyorlangan.
X asr boshlariga kelib, tabiatshunoslikga oid dastlabki ensiklopediya nashr etilgan. Uning muallifi saroy dorishunosi Fukae Sukexito bo`lgan.
Dehqonchilikning rivojlanishi astronomiya va meteorologiyaga oid bilimlarga bo’lgan ehtiyojni oshirgan.
Ayni paytda yapon xaritashunosligi ham vujudga kelgan va rivojlangan.
Ruhoniy Gyogu Bosasu Yaponiyaning birinchi xaritasini yaratgan. XII - Xni asrlarda kitob nashr etishda katta muvaffaqiyatlarga erishilgan.
XIV asrdan Xitoy noshirlari Yaponiyaga kela boshlaganlar. Bu hodisa xususiy nashrlarning paydo bo`hshiga xizmat qilgan.
XII - XIII asrlarda Yaponiya adabiyotida ikki yo`nalish vujudga keldi. Ulardan biri „Urushlar haqidagi qaydnomalar"da o`z ifodasini topgan, o`zaro ichki urushlarda g`olib chiqqan xonadonlar kayfiyatini aks ettiruvchi adabiyot boisa, ikkinchisi magiublar kayfiyatini aks ettiruvchi adabiyot edi. Bu davrda muhim tarixiy asarlar ham yaratildi.
Ana shulardan biri „Sharq ko`zgusi" asari bo’lib, u Yaponiyaning 1180-yildan 1266- yilgacha boigan tarixini aks ettiradi.
XIV asrda yozilgan "Ilohiy monarxlik vorisligining haqqoniy tarixi"asarida xonadonlarning toj-taxt uchun kurashi o`z ifodasini topgan. Muallif imperatorni birdan-bir qonuniy monarx deb hisoblaydi.