"Ulkan dunyo haqidagi hikoya" deb ataluvchi tarixiy asar imperator Godaygoning syogun hokimiyatini ag`darish yo`lidagi urinishlariga bag`ishlangan.
XIII-XV asrlarda Yaponiyada uch turdagi maktab rivojlandi. Bular diniy, dunyoviy va harbiy maktablar edi.
1397-yilda Yaponiya me'morchiligining eng nodir yodgorliklaridan biri "Oltin pavilon" bunyod etildi. U diniy marosimlarni bajarish joyi boiib xizmat qilgan.
1483-yilda „Kumush pavilon" ham bunyod etilgan. Shuningdek, Yaponiyada tasviriy san'at, musiqa ham rivojlangan.
Atamalar mazmunini bilib oling
Diktator - yakka hukmdor.
Ensiklopediya - tizimlashtirilgan bilimlar to`plami.
Iyeroglif - suratli yozuv.
Kamikadze - ilohiy shamol.
Samuray (yaponcha "xizmat qilmoq") - harbiy xizmatni kasb qilib olgan harbiy tabaqa.
Syogun - hukmdor, zodagon, harbiy sarkarda.
39-§. XI-XV asrlarda Hindiston
Tayanch tushunchalar: Dehli sultonligi. Ijtimoiy hayot. Sultonlikning keyingi taqdiri.
Dehli sultonligining tashkil topishi. XI asrda Shimoliy Hindiston G’aznaviylar davlatiga bo`ysundirilgan. Shu tariqa Shimoliy Hindiston G’aznaviylar davlatining bir viloyatiga aylangan.
1206- yilda G’aznaviylar noibi Qutbiddin Oybek Shimoliy Hindistonni mustaqil deb e'lon qilgan. Bu yangi davlat Dehli sultonligi deb atalgan. Dehli shahri sultonlik poytaxti etib belgilangan.
XIII asr oxiri - XIV asr boshlarida Dehli sultonligi yanada kengaygan. Bu ulkan davlat viloyatlarga bo`lib boshqarilgan.
Sultonlikdagi ijtimoiy hayot. Dehli sultonligida ham barcha yerlar davlatning mulki hisoblangan. Yerlarning ma'lumqismini sulton iqto` sifatida in'om etgan. Iqto` yerlar musulmon zodagonlariga harbiy xizmatlari uchun berilgan. Iqto`dor boyligining asosiy qismini iqto` yerlarida yashovchi aholidan olinadigan soliq tashkil etgan. Shuningdek, xolisa yerlar ham bo`lib, u sultonga qarashli bo`lgan. Undan yig`ilgan soliq sultonlik xazinasiga tushgan.
Ayni paytda mahalliy knyazliklar saqlanib qolingan. Rojalar ularni amalda mustaqil idora etganlar. Ularning Dehli sultonligiga qaramligi belgilangan soliqni to`lab turishdan iborat bo`lgan.
O`rta va mayda hind yer egalari o`zlarining meros yerlarida, shuningdek, harbiy xizmatlari evaziga hukmdordan in'om sifatida olgan yerlarida xo`jalik ishlarini yuritganlar.
Har ikki diniy tashkilot (islom va hinduiylik) katta-katta yerlarga egalik qilgan. Bu yerlar vaqf yerlari deb atalgan. Bundan tashqari, Hindistonda jamoachi dehqon xo`jaligiga qarashli yerlar ham mavjud bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |