Berkaxon hukmdorligi davrida Oltin o`rda. Botuxon 1255-yilda 48 yoshida vafot etgan. o`g`illarining qisqa vaqt hukm-ronliklaridan so`ng Oltin o`rda taxtini Botuxonning ukasi Berkaxon egallagan (1257-1266). Berkaxon tez orada yangi poytaxt - Saroy Berka shahrini qurdirgan.
Berkaxon davrida Oltin o`rda to`la mustaqil davlatga aylangan.
Berkaxon Misr sultonligi bilan qizg`in aloqalar o`rnatgan. Misr xon uchun boshqa chingiziylarga qarshi kurashda zarur edi. Ayni paytda Xuloku Eronining Suriya va Iroqni ishg`ol etganligi Misr sultoni Beybarsni tashvishga solib qo`ygan. Eron Misr sultonligiga ham tahdid sola boshlangan. Binobarin, har ikki hukmdor yaqinlashishdan manfaatdor edi.
Berkaxon islom dinini qabul qilgan.
U 1257- yilda Rusda umumiy aholini ro`yxatga olish tadbirini o`tkazgan. Bundan ko`zlangan maqsad - o`lpon to`lovchilarning sonini aniq bilish edi. Berkaxon Xulokuga qarshi Kavkazga yurish qilgan vaqtida 1266- yilda vafot etdi. U Saroy Botu shahriga dafn etilgan.
Imperiyada ziddiyatlarning kuchayishi.Buyuk xon Munke vafot etgach, (1259- y.) imperiyada ichki kurash yanada avj oldi. Bundan foydalangan Chig`atoy va o`qtoy xonadonlari o`z uluslarini yana qaytarib olishga erishganlar. Oltin o`rdaning Movarounnahrga ta'siri butunlay barham topgan.
XIV asrda o`rdarimg gullab-yashnashi o`zbekxon (1312 - 1342) nomi bilan bog`liq. U Oltin o`rda taraqqiyotiga xizmat qilishi mumkin boigan barcha ishlarni amalga oshirgan. Saroy Berka shahrini obod qildirib, poytaxtni shu shaharga ko`chirgan.
Oltin o`rdada ijtimoiy munosabatlar.Mo`g`ullarning o`zi aholi tarkibida ko`pchilikni tashkil etmagan. Ular nihoyatda oz bo`lganliklari sababli hatto bora-bora o`z tillarini ham yo`qotganlar. Aholi tarkibida turkiy xalqlar ko`pchilikni tashkil etgan.
Shahzodalar eng katta yer-mulk egalari edi. Beklar va noyonl&r ham katta yer egalari boigan. Yaylovlar aslzodalar o`rtasida qatiy taqsimlab qo`yilgan. Davlat rahbarlari amaldorlar, shahzodalar va no-yonlardan shakllantirilgan.
Oltin o`rdada ayl xo`jaligi deb ataluvchi xo`jalik ham boigan. Bu o`z xo`jaligini yakka tartibda olib boruvchi ko`chmanchi oila xo`jaligi edi.
Ayl shahzodalar, beklar, noyonlar, tumanboshi, mingboshi, yuzboshi kabi yirik mulkdorlar tomonidan ajratib berilgan yaylovlarda ko`chib yurgan. Buning evaziga turli majburiyatlarni ado etgan.
Shahzodalar, beklar va noyonlarning ko`pchiligi sug`orma dehqonchilik yerlarida tarxon yorliqlariga ega boiganlar. Boshqa tabaqa vakillari ham davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun tarxon yorliqlarini olishgan.
Xon qo`shinining qo`mondonlari yuqori tabaqa vakillari -shahzodalar, beklar, noyonlar va tarxonlardm tayinlangan.
Erkak kishi qo`shin safiga chaqirilganida xo`jalik va oila ishlarida uning o`rnini ayoli egallagan. Oltin o`rdada dehqonlar sabonchi deb atalgan. Ular qishloq jamoasining oddiy a'zolari boiganlar.
Yerni ijaraga olib ishlovchi dehqonlar ham boiib, ular o`troqchi deb atalgan. Aholidan kalon va qopchur deb ataluvchi soliqlar olingan.