Kirish,,0'rta asrlar tarixi haqida



Download 448 Kb.
bet75/97
Sana06.02.2023
Hajmi448 Kb.
#908550
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97
Bog'liq
Kirish,,0\'rta asrlar tarixi haqida

Kulikovo jangi. Moskva knyazligining tobora kuchayishi, Rusning shu knyazlik qo`l ostida yagona davlatga birlasha borishi Oltin o`rdani tashvishga sola boshladi. Oltin o`rda Rusda o`z hukmronligining zaiflashishiga aslo toqat qila olmas edi. Oltin o`rda xoni Mamay 1380-yilda avvalgi hukmronlikni qayta tiklash uchun Rusga qarshi katta qo`shin surdi. Oltin o`rda va Moskva knyazligi o`rtasidagi hal qiluvchi jang 1380- yilning 8-sentabr kuni bo`lib o`tdi. Bu jang Don daryosi bo`yidagi Kulikovo deb ataluvchi maydonda bo`lib o`tganligi uchun tarixga „Kulikovo jangi" nomi bilan kirdi. Rus qo`shiniga Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich (Ivan Kalitaning nabirasi) boshchilik qildi.
Jangni Mamayning otliq askarlari boshladi. Ular ruslarning oldingi qismiga hujum qildi. Shafqatsiz olishuvda bu qism halok bo`ldi. Knyaz Dmitriy Ivanovich knyazlik anjomlarini oddiy askar kiyimiga almashtirib, dushman bilan olishdi. Bir necha soat davom etgan jangda o`rdaliklar rus qismlarini siqib qo`ydi.
Jangning hal qiluvchi pallasida pistirmadagi qism jangga kirdi. Rus otliq askarlari hujum qilayotgan dushmanning orqa tomonidagi o`rmon ortidan chiqib qo`qqisdan zarba berdi. Shuncha yerlarni qolga kiritgan va shu qadar ko`p xalqlarni asoratga solgan mo`g`ul-tatar xonlari birinchi marta qaqshatqich mag`lubiyatga uchradi. Buyuk knyaz Dmitriy Ivanovich jangda og`ir yaralandi. Bu g`alaba sharafiga u Dmitriy Donskoy deb ataladigan bo`ldi.
Oltin o`rdaning mag`lubiyati Moskva knyazligi obro`-e'tiborini oshirdi. Moskva knyazligining Rusni mo`g`ullar istibdodidan ozod etish uchun kurash markazi sifatidagi o`rni yanada oshdi va mustahkamlandi.
Rusning ozod bo`lishida Amir Temurning o`rni. Kulikovo jangi qanchalik ahamiyatli bo`lmasin, u Rusni Oltin o`rda istibdodidan xalos etgan emas. 1382- yilda Oltin o`rdaning yangi xoni To`xtamishxon (1380 - 1395) Rus yeriga bostirib kirdi va Moskvani ishg`ol etdi. Rus yana o`lpon to`lashga majbur etildi. Oltin o`rda To`xtamishxon hukmronligi davrida Amir Temur imperiyasiga ham tahdid sola boshladi. Oxir-oqibatda Amir Temur unga qarshi yurish qilishga majbur bo`ldi.
1395- yilgi yurishda To`xtamishxon qo`shini butunlay tor-mor etildi. Amir Temur Oltin o`rdaga o`nglanmas zarba berdi. Bu zarbadan so`ng Oltin o`rda o`z harbiy qudratini qayta tiklay olmadi. Amir Temurning g`alabasi Rusning taqdirida katta tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. Bu g`alaba Rusning mo`g`ullar istibdodidan ozod bo`lish onlarini yaqinlashtirdi. Bu inkor etib bo`lmaydigan tarixiy haqiqat edi.
Oqing va mulohaza yuriting
Rus tarixchisi va harbiy mutaxassisi M. Ivankin bunday deb yozgan edi: „Muhammad payg`ambarni chin yurakdan e'zozlovchi Amir Temur Oltin o`rdaning butkul kuchsizlanishi va yiqilishining asosiy sababchisi bo`ldi va bu bilan Rossiyani uning zulmidan xalos bo`lishini...tezlashtirdi". („Ikki buyuk sarkarda" asari).
Oqing va mulohaza yuriting
Rus tarixchi olimlari B.Grekov va A.Yakubovskiylar esa bunday deb yozgan edilar: „1395-yilda Temurning To`xtamish ustidan qozongan g`alabasi...Rus uchun ham juda katta ahamiyatga egabo`ldi. To`xtamishni yengish bilan Rus yeriga obyektiv suratda katta xizmatko 'rsatgan ". („Oltin O 'rda va uning qulashi" asari).
Nihoyat, 1480- yilda Rus Oltin o`rdaga o`lpon to`lashdan bosh tortdi. Shu tariqa Rusning mo`g`ullarga qariyb ikki yarim asrlik qaramligi barham topdi. Endi Moskva knyazligi Rusni Rossiya deb atalmish yagona davlatga birlashtirishdek tarixiy vazifani nihoyasiga yetkazish uchun barcha shart-sharoitga ega bo`ldi.

Download 448 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish